199
12-MAVZU: “KORXONALARDA XARAJATLARNI BOSHQARISH”
Reja
1. Xarajatlarni moliyaviy boshkarish moxiyati.
2. Tannarx tarkibiga kiruvchi xarajatlarni guruxlash.
3. TMZga tegishli xarajatlarni taxlil kilish.
4. Xarajatlarni optimallashtirishda leveridjni axamiyati.
Tayanch so`z va iboralar: xarjatlar, daromad, foyda, doimiy va o’zgaruvchan
xarajatlar, bevosita va bilvosita xarajatlar, tannarx, fifo, lifo, leveridj.
1.
Xarajatlarni moliyaviy boshqarish moxiyati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona to’lov qobiliyatini ta’minlash uning
raxbari uchun muxim vazifalardan biridir.Korxona uchun daromad bilan faoliyat
ko’rsatish kifoya emas, balki o’z majburiyatlari buyicha to’lov qobiliyatini saklash
ancha muximdir. Yaxshi faoliyat ko’rsatuvchi korxona o’z ishchilariga o’z vaqtida ish
xaki to’lashni, mol etkazib beruvchilar bilan xisoblashishni, soliqlarni o’z vaqtida
utkazishni, qarzlar buyicha foizlarni to’lashni, kelgusi faoliyatiga investitsiya qilishni
va aktsionerlarga daromadni ta’minlashi kerak.
Korxona uz daromadini maxsulot sotishdan oladi. Bunda turli maxsulotlarni
xissasi turlicha. Bu bozorga (qaysi narx bilan qancha sotish mumkin) va xarajatlarga
(qancha xarajat qilib qancha ishlab chiqarish mumkin) bog’liq.
Foyda bu daromad va xarajat o’rtasidagi farqdir. Korxonani foydasi maxsulotni
butun assortimentidan keladigan daromadga bog’liq.
Boshqaruv xisobi – bu xarajatlar xarakatini tushinish va ular ustidan nazorat
qilish vositasidir. Aktsionerlarni, banklarni, xodimlarni, davlat organlarini va boshqa
kizikuvchilarni xisobotlar orkali, korxona utgan davr mobaynida qanchalik effektiv
ish olib borganidan xabardor kiluvchi moliyaviy uchyotdan farqli ularok, korxona
boshqaruviga optimal qaror qabul qilish uchun axborot etkazib beruvchi boshqaruv
uchyoti tizimi ishlab chikiladi. Boshqaruv uchyotining asosi mantikdir.
Ushbu ukuv materiali tinglovchilarni korxonani O’zbekiston va dunyo bozorida
raqobatdosh va o’z urniga ega bo’lish uchun zarur vosita – boshqaruv uchyoti
(xarjatlar xarkati) bilan tanishtiradi. Ushbu materialni o’zlashtirgandan so’ng
menejerlar quyidagilarni amalga oshira oladilar:
xarjatlarni turli tuzuvchilarga bo’lish, xarajatlar xarakatini tushinish va
pirovard natijada maxsulot xar bir turi rentabelligi xaqida to’g’ri va aniq ma’lumotga
ega bo’lish;
maxsulot xar bir turining rentabelligi ta’minlanadigan minimal xajmni
va daromad maksimal bo’ladigan yagona baxo va xajm o’rtasidagi moslashuvni
topish;
maxsulot assortimentidagi tovarlar xissasini topish, baholash va uni
o’zgartirish xaqida xulosa qabul qilish, lozim bo’lsa maksimal daromadga olib
keluvchi assortimentni topish;
bitta maxsulot turini rentabelligini oshirish orkali boshqa maxsulot
turlarini rentabelliklarini tushirib yubormaslikni bilish;
200
zaxiralarni o’zgarishini taxlil qilish va oborot mablag’larini effektiv
ishlatish;
ma’lum bir komponentni ishlab chiqarish urniga uni sotib olish
ratsionalligini tushinish.
«Xarajatlarni boshqarish» nima degani? Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona
oldidagi asosiy masala bu foyda olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: