17
NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING O‗ZARO BOG‗LIQLIGINI TA‘MINLASH – TA‘LIMNI
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH OMILI SIFATIDA
BARAKAEV M., TDPU., O‗RINOV H., Far DU.,
SHAXNOZA Q., ASHUROVA M., TDPU
Ta‘lim tizimida bilish nazariyasining asosiy masalalalaridan biri - nazariya
va amaliyotning birligi, ya‘ni
o‗zaro bog‗liqligi
hisoblanib, mazkur jarayonda qo‗llaniladigan barcha o‗quv darsliklari, qo‗llanmalari va vositalari shu
asosida shakllantirilishi talab etiladi. Chunki, nazariya va amaliyotning o‗zaro bog‗liqligi tamoyili umumdidaktikaning
muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ta‘lim jarayonin tashkil etishda mazkur tamoyil talablariga amal qilish –
bugungi kun ta‘lim tizimini tashkil etishdagi asosiy yondashuvlardan biri: kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil
etish imkoniyatlarini oshiradi.
Ma‘lumki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz ta‘lim tizimida ishlab chiqilgan Davlat ta‘lim standart (DTS)
larining asosiy maqsadi: bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat va xizmatlar bozoridagi raqobatga dosh bera oladigan
malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash va shu orqali mamalakatimiz hayotining barcha
jabhalarida rivojlangan
mamlakatlar darajasidagi yukasalishga erishishni ta‘minlashdan iboratdir.
Jumladan, kasb-xunar kollej (KHK)larida, ayniqsa, texnika yo‗nalishidagi KHK larda o‗qitiladigan barcha
fanlarni o‗qitish jarayonida nazariya bilan amaliyotning o‗zaro bog‗liqligiga erishish yuqorida keltirilgan maqsadlarga
erishishda muhim o‗rin tutadi.
Nazariya va amaliyotning birligi – dialektik birlik hisoblanib, bu birlikning dialektik xarakteri ham nazariya,
ham amaliyotning doimiy o‗zgarishi va rivojlanib borishi bilan bog‗liq xisoblanib, ayrim
holatlarda nazariya bilan
amaliyot o‗rtasida ma‘lum ziddiyatlar ham yuzaga keladi.
Ta‘lim jarayonini tashkil etishda: nazariya bilan amaliyotning o‗zaro bog‗liqligiga erishini ta‘minlash -
ko‗zlangan maqsadga erishishni oldindan kafolatlashda muhim hisoblanadi. Lekin nazariyaning amaliyotdagi va
amaliyotning nazariyadagi o‗rni bilan bog‗liq bo‗lgan nazariya bilan amaliyotning o‗zaro bog‗liqligi masalasi bugungi
fan va texnologiyalarning jadal sur‘atlar bilan rivojlanib va takomillashib borayotgan hozirgi sharoitda asosiy
muammolardan
biri hisoblanib, bunga erishishning asosiy shartlaridan biri: amaliy mashg‗ulotlar jarayonida doimiy
ravishda nazariyaga, xuddi shuningdek nazariy mashg‗ulotlarda amaliyotga murojaat qilishdir.
Tajriba va izlanishlar natijasi shuni ko‗rsatadiki, amaliyotning nazariyadan, shuningdek,
nazariyaning
amaliyotdan ajralib qolishi natijasida nazariya amaliyotning talablariga javob bera olmagan holda o‗zi ahamiyatini
yo‗qotadi. Bu esa o‗z navbatida nazariyadan butun boshli fanda va jamiyatda har tomonlama rivojlanishning
sekinlashishiga olib keladi. Ta‘lim jarayonida esa mazkur holat ko‗p hollarda nazariy tayyorgarlik yetarli darajada
bo‗lsada, kundalik amaliy faoliyatda bu bilimlarni yetarli darajada qo‗llay olinmasligida namoyon bo‗ladi.
Nazariya bilan amaliyotning o‗zaro bog‗liqligini bevosita ko‗rsatuvchi asosiy omillardan
biri - bu amaliyot
hisoblanib, u yagona ob‘ektiv mezon sifatida qaraladi va nazariyani harakatga keltiruvchi kuch bo‗lib xizmat qiladi.
Nazariya bilan amaliyotning o‗zaro bog‗liqligini ko‗rsatuvchi asosiy omillardan yana biri: nazariya - amaliyot
asosida o‗sadi, rivojlanadi va amaliyotni boyitadi hamda amaliyotning rivojlanishiga kuchli ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Moddiy dunyo va jamiyat ehtiyojlari amaliyotning ob‘ektlari hisoblanib, bunda amaliyot to‗xtovsiz o‗zgargan
holda mukammallashib boradi. Shuning uchun ham mazkur rivojlanish jarayonida amaliyot nazariyaning oldiga o‗z
yechimlarini topishi zarur bo‗lgan yangi muammo va vazifalarni qo‗ygan holda undan ilgarilab ketadi. Ammo, nazariya
amaliyotga qaraganda nisbiy ustunlikka ega hisoblanib, u moddiy borliqdagi voqea-hodisalar va shaxs amaliy
faoliyatning rivojlanishi kabi masalalar uchun ilmiy farazlarning asosiy manbasi bo‗lib xizmat qiladi.
Nazariya bilan amaliyotning o‗zaro bog‗liqligi tamoyilini falsafiy nuqtai nazardan ko‗rib
chiqish jarayonida
amaliyotning nazariyaga, nazariyaning amaliyotga ta‘sirini haqida gap borganda, ayrim hollarda amaliyotning
nazariyaga nisbatan ustuvorligi to‗g‗risida tasavvurlar mavjud.
Falsafada amaliyot - asos, bilish - natija deb qaraladi. Haqiqatan ham, amaliyot - nazariy bilish jarayonining
asosi hisoblanib, u nazariya va amaliyotning bevosita, qat‘iy, aniq munosabatlari doirasida to‗g‗ri bo‗ladi (odatda,
amaliyot hayotga mos bo‗lmagan nazariya, qarash va xulosalarni hamisha chetga surib tashlagan va tashlaydi ham).
Yuqoridagilardan ko‗rinadiki, ta‘lim jarayonini tashkil etishda yBilimning haqiqat ekanligini aniqlashda
amaliyotning nazariyaga nisbatan o‗zaro munosabatida amaliyot asos bo‗lib xizmat qiladi. Bu holatda amaliyot - butun
insoniyat bilish taraqqiyotining ob‘ektiv asosi sifatida gavdalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: