Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy o„sishning omillari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

2.Iqtisodiy o„sishning omillari 
Iqtisodiy  o‗sishga  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  omillarni  shartli  ravishda  ikki  guruhga  ajratish 
mumkin.  Birinchi  guruh  omillar  iqtisodiyotning    jismoniy  o‗sish  layoqatini  belgilab  beradi, 
ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar: 
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;  2) Mehnat resurslari miqdori va sifati; 
3)  asosiy  kapital  (asosiy  fondlar)  ning  hajmi;    4)  texnologiya  va  fan-texnika 
taraqqiyoti. 
Respublikamizda  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  davrida  amalga  oshirilayotgan  «tarkibiy 
o‗zgarishlar iqtisodiy o‗sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda». 
Iqtisodiy o‗sishga taqsimlash omillari ham ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish potensialidan 
maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‗liq jalb qilingan 
bo‗lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‗sib boruvchi hajmidan real 
foydalanish  va  ularni  kerakli  mahsulotning  mutloq  miqdorini  oladigan  qilib  taqsimlash  ham 
zarur bo‗ladi.Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvshi, taklif va taqsimlash omillari o‗zaro bog‗liq 
va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‗sishi va sifatining yaxshilanishi, 
texnologiyani  takomillashtirish  iqtisodiy  o‗sish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  To‗liq  bandlik  va 
resurslarni  samarali  taqsimlash  bunday  o‗sishni  ro‗yobga  chiqaradi.  Iqtisodiy  o‗sishda 
resurslarni  taqsimlash  omillari  ham  o‗z  o‗rniga  ega  bo‗lsa-da,  bu  muammoni  tahlil  qilishda 
asosiy  e‘tibor  taklif  omillariga  qaratilishi  zarur.    Mehnat  unumdorligining  o‗sishiga  olib 
keluvshi  omillarni  to‗laroq  qarab  chiqamiz.  Fan-texnika  taraqqiyoti  Mehnat  unumdorligi  va 
iqtisodiy  o‗sishni  ta‘minlovshi  muhim  omil  hisoblanadi.  Texnika  taraqqiyoti  o‗z  ishiga 
nafaqat ishlab chiqarishning butunlay  yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni 
tashkil  qilishning  yangi  shakllarini  ham  oladi.  Umuman  aytganda  fan  –  texnika  taraqqiyoti 
deyilganda provard mahsulot chiqarishni ko‗paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangisha 
uyg‗unlashtirishni  taqozo  qiluvchi  yangi  usullarning  topilishi  ham  tuchuniladi.  Amaliyotda 
texnika taraqqiyoti va kapital qo‗yilmalar (indestitsiyalar) mustarkam o‗zaro bog‗liq, texnika 
taraqqiyoti  ko‗pinsha  yangi  mashina  va  uskunalarga  investitsiyalar  qo‗yishga  olib  keladi. 
Masalan,  atom  energiyasidan  foydalanish  bo‗yicha  texnologiyani  qo‗llash  uchun  atom 
elektrostansiyalarini  qurish  zarur  bo‗ladi.  Birinchi  qarashda  texnika  taraqqiyoti  tarixiy  va 
shiddatli ro‗y berish xarakteriga ega bo‗ladi. Gaz va yoqilg‗i dvigatellari, konvyer va yig‗ma 
liniyalar bizning hayotga o‗tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi. 
chizma. Real mahsulot o„sishini aniqlab beruvchi omillari 
1.Band bo‗lganlar soni 
2.Ishlagan kishi soatlarining 
o‗rtacha miqdori. 
 
mehnat 
sarflari 
 
 
 
Ishlab 
chiqarishning 
real hajmi 
 
Texnika taraqkiyoti. 
Kapital qo‗yilmalar hajmi. 
3. Ta‘lim va malaka tayyor-garlik. 
4. Resurslarning joylash-tirish 
samaradorligi. 
5. Boshqa omillar. 
 
 
mehnat 
unumdorligi 
 
 
 
 
 
Bu chizma ko‗rsatadiki, real mahsulot ikki asosiy usulda ko‗paytirilishi mumkin: 
1) resurslarning ko‗proq hajmini jalb etilishi; 


 
 
80 
 
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‗li bilan. 
Respublika  oldida  texnika  taraqqiyoti  sohasidagi  asosiy  vazifa,  ishlab  chiqarishga 
yangi  texnika  va  texnologiyani  qo‗llash,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  va  boshqarishning 
yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi. 
Mehnat  unumdorligining  o‗sishini  aniqlab  beruvshi  asosiy  omil  har  bir  ishlovshiga 
to‗g‗ri  keluvshi  asosiy  kapital  hajmi  hisoblanadi.  Ma‘lum  vaqt  ishida,  kapitalning  hajmi 
mutloq  ko‗payishi  mumkin,  ammo  ishchi  kuchi  soni  tezroq  o‗ssa,  Mehnat  unumdorligi 
pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi. 
Ta‘lim  va  malakali  tayyorgarlik,  mehnat  unumdorligini  oshiradi  va  natijada  ancha 
yuqori  ish  haqiga  ega  bo‗lish  imkoniyatini  beradi.  Inson  kapitaliga  investitsiyalar  qo‗yish 
Mehnat unumdorligini  oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‗z  - o‗zidan  aniqki, ishchi 
kuchi  sifatining  eng  oddiy  ko‗rsatkichi  ta‘lim  darajasi  hisoblanadi.  Xozirgi  davrda 
respublikamiz  xalq  xo‗jaligida  band  bo‗lganlarning  30%ga  yaqini  oliy  va  o‗rta  maxsus 
ta‘limga  ega.  Lekin  oliy  va  yoki  o‗rta  maxsus  ta‘limga  ega  bo‗lganlar,  aniq  sohalardagi 
bilimlari darajasi bo‗yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va 
ko‗pchiligi  ta‘lim  olgan  soxasi  bo‗yicha  faoliyat  turida  band  emas.  Shu  sababli  keyingi 
yillarda  respublikamizda  maktab,  oliy  va  o‗rta  maxsus  bilim  yurtlarida  ta‘lim  berishning 
progressiv (test va reyting) tizimlari joriy qilinmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida 
qo‗yilgan vazifalarni amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.  
Amaliy  hayotda  iqtisodiy  o‗sishni  to‗xtatib  turuvchi  omillar  ham  mavjud  bo‗ladiki, 
ular  Mehnat  murofazasi,  atrof  muritning  ifloslanishi  va  shu  kabi  rolatlar  natijasida  kelib 
chiqadi.  Keyingi  yillarda  Respublikada  davlat  tomonidan  atrof  murit  ifloslanishining  oldini 
olish, xodimlar Mehnat sharoitini yaxshilash va sog‗lig‗ini murofaza qilishni tartibga solishda 
muhim  tadbirlar  amalga  oshirildi.  Bu  o‗z  navbatida  iqtisodiy  o‗sish  sur‘atiga  salbiy,  ta‘sir 
ko‗rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu 
orqali  Mehnat  unumdorligini  oshirish  uchun  zarur  bo‗lgan  mablag‗lari  boshqa  tomonga  jalb 
qilinadi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish