Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

3.Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. 
Investitsiyalar  sarflarning  ikkinchi  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Investitsiyalar  darajasi 
jamiyat  milliy  daromadi  hajmiga  sezilarli  ta‘sir  ko‗rsatadi;  milliy  iqtisodiyotdagi  ko‗plab 
mutanosibliklar  uning  o‗sish  sur‘atiga  bog‗liq  bo‗ladi.  Investitsiyalar  mamlakat  miqyosida 
kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  ob‘ektlari  qurish,  stanok,  uskuna  va  shu  kabi  uzoq 
muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog‗liq sarflarni 
bildiradi. 
Investitsiyalar  –  asosiy  va  aylanma  kapitalni  ko‗paytirishga,  ishlab  chiqarish 
quvvatlarini  kengaytirishga  pul  shaklidagi  qo‗yilmadir.  U  pul  mablag‗lari,  bank  kreditlari, 
aksiya  va  boshqa  qYAIMatli  qog‗ozlar  ko‗rinishida  amalga  oshiriladi.  Investitsiyalarni 
ro‗yobga chiqarish bo‗yicha amaliy xarakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga 
oshiruvshi shaxs - investor deyiladi. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga 
oshirilishi mumkin: 
-  investorlarning  o‗z  moliyaviy  resurslari  (foyda,  amortizatsiya  ajratmalari,  pul 
jamg‗armalari va h.k.); 
- qarz olingan moliyaviy mablag‗lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); 
-  jalb  qilingan  moliyaviy  mablag‗lar  (aksiyalarni  sotishdan  olingan  mablag‗lar, 
jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‗lovlari); 
- byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish. 
2000  yilda  O‗zbekistonda  investitsion  qo‗yilmalarning  26,4%    korxonalarning  o‗z 
moliyaviy mablag‗lari hisobiga, 30,3% byudjet mablag‗lari hisobiga amalga oshirilgan1. 
Investitsiyalarning  manbalaridan  biri  aholi  keng  qatlamlari  (ishchilar,  o‗qituvshilar, 
vrashlar  va  boshqalar)  jamg‗armasi  hisoblanadi.  Muammo  shundan  iboratki,  jamg‗arma 
xo‗jalik  yurituvshi  bir  guruh  tomonidan  amalga  oshiriladi,  investitsiyalar  esa  shaxslar  yoki 
xo‗jalik  yurituvshi  sub‘ektlarning  butunlay  boshqa  guruhi  tomonidan  amalga  oshirilishi 
mumkin.  O‗z-o‗zidan  aniqki,  investitsiyalar  manbai  bo‗lib  iqtisodiyotda  faoliyat  qiluvchi 
sanoat,  qishloq  xo‗jalik  va  boshqa  korxonalar  foydasi  ham  hisoblanadi.  Bu  yerda 
―jamg‗aruvchi‖ va ―investor‖ bir-biriga to‗g‗ri keladi. 
O‗zbekistonda kapital quyilmalarda nodavlat sektorining ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 
2000 yil 34,7% ga yetgan.  Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 


 
 
76 
 
1)  Tadbirkorlar  investitsiyalarga  sarflardan  olish  ko‗zda    tutilgan,  kutilayotgan  sof  foyda  
normasi va 2) foiz stavkasi. 
I. Investitsiyalarga  qilinadigan  sarflarning  xarakatlantiruvchi  motivi  foyda  hisoblanadi. 
Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‗lsa, sotib oladi. 
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz 
stavkasi  bu  -  real  asosiy  kapitalni  sotib  olish  uchun  zarur  bo‗lgan  band  qilingan  pul  kapitaliga 
korxona to‗lash zarur bo‗lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (10 %) 
foiz  stavkasi  (7  %)  dan  ortiq  bo‗lsa  investitsiyani  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiq  bo‗ladi. 
Aksincha  foiz  stavkasi  (aytalik,  12%)  kutilayotgan  sof  foyda  normasidan  (10%)  ortiq  bo‗lsa, 
investitsiyalash  samarasiz  hisoblanadi.  Investitsiya  darajasiga  kutilayotgan  sof  foyda  normasi  va 
foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta‘sir ko‗rsatadi.  
1.Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‗rsatish xarajatlari.  
2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori. 
3. Texnologik o‗zgarishlar.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish