83
xizmat qiladi. Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi,
iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy xarakatda va to‗xtovsiz rivojlanish holatida bo‗ladi.
Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor konyukturasi, bozor sub‘ektlari daromadlari va talabi tarkibida
o‗zgarishlar ro‗y berib turadi. Bularning hammasi muvozanatli rolatni turg‗un iqtisodiyotdagi
shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi.
Shunday qilib makro darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik-bu mamlakat butun
iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‗jaliklarning me‘yorida
rivojlanishini ta‘minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashshilari hamda barcha
bozordagi o‗zaro bog‗liq va bir-birini taqazo qiladigan muvozanatliklar tizimini o‗z ishiga
oladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o‗zaro bog‗liq usuldan
foydalaniladi: 1. YAlpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg‗arma va
investitsiyalarni taqqoslash usuli.
YAlpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy
hajmining miqdoriy ko‗rsatkishi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi
sarflar sifatida iste‘mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi olinadi.
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab
chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta‘minlaydi. Boshqacha
aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab shiqarilgan tovarlarning umumiy
miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga teng bo‗ladi.
To‗liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu
mos kelmaslik resession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. YAlpi sarflarning SMM
hajmidan kam bo‗lgan miqdori resession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqsha bo‗lgan
miqdori inflyatsion farq deyiladi. Jamg‗arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining
mohiyati shundaki, ishlab shiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad
hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste‘mol qilmasdan jamg‗arishga
qo‗yish mumkin. Jamg‗arish, sarflar — daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo‗yish
hisoblanadi. Bunda jamg‗armaga qo‗yilgan mablag‗ investitsiyalar bilan to‗liq qoplansa, yalpi
sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‗ladi.
Investitsion sarflarning ko‗payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining
o‗sishiga olib keladi. Bu o‗zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi
— bu sof milliy mahsulotdagi o‗zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o‗zgarishga
nisbati.
Multiplikator samarasi =
Реал СММ даги ґзгариш
Инвестицион сарфлардаги ґзгариш
SMM dagi o‗zgarish q multiplikator x Investitsiyalardagi o‗zgarish.
Agar investitsion sarflarning 5 mlrd. so‗mga ko‗payishi, sof milliy mahsulotning 20
mlrd. so‗mga ortishiga olib kelsa multiplikator samarasi 4 ga (20:5), SMMdagi o‗zgarish 20
mlrd. so‗mga (4x5) teng bo‗ladi.
Investitsion sarflardagi o‗zgarishdan tashqari iste‘mol, davlat xaridi yoki eksportdagi
o‗zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita rolatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub‘ekt
tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan,
daromaddagi har qanday o‗zgarish iste‘mol va jamg‗arishda xuddi shunday yo‗nalishda
o‗zgarish bo‗lishiga olib keladi. Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi
usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham
foydalaniladi. Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. «Xarajat va
natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori
olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: