Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

Asosiy savollar 
1.  Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. 
2.  Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. 
3.  Bozor turlari va tuzilishi. 
4.  Bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗llari, ularning farqlari va umumiy tomonlari. 
5.  O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tishning asosiy xususiyatlari 
1.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy 
belgilari 
Bozor  iqtisodiyotining  asl,  lo‗nda  ma‘nosi  -  iqtisodiyotni  tashqaridan  tartibga  solish 
tajribasidan voz kechib, o‗zini o‗zi boshqaradigan mexanizm yaratishdir. Ana shu o‗zini o‗zi 
tartibga  solib,  yo‗naltirib,  barqaror  o‗sish  sur‘atlarini  ta‘minlab  turadigan  yangi  bozor 
mexanizmi  markazida  inson  turadi,  inson  omili  yotadi.  Hozirgi  zamon  iqtisodiyoti  bozor 
iqtisodiyotidir. yer yuzidagi ko‗pgina mamlakatlar har xil darajada va o‗ziga xos xususiyatlar 
bilan rivojlanib bormoqda. 
Hozirgi  dunyoda,  ayniqsa,  G‗arb  mamlakatlarida  iqtisodiyot  haqida  gap  ketganda 
faqat bozor iqtisodiyoti tushuniladi. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda 
iqtisodiy  xatti­harakatlarning  erkin,  mustaqil  ravishda  yuz  berishi  va  ularning  bozor 
mexanizmi  orqali  bir­biriga  bog‗lanib  muvofiqlashuvi  tuchuniladi.  Bozor  iqtisodiyoti  g‗oyat 
ko‗p  qirhali  va  murakkab  iqtisodiyotdir.  Uning  mohiyatini  anglash  uchun  unga  xos  tub 
belgilarni yaxlitlikda olib qarash kerak. Bu belgilar shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga 
aylangan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  vujudga  keladi,  bu  esa  hozirgi  eng  rivojlangan 
mamlakatlarda aniq ko‗rinadi. 
Bozor iqtisodiyotining quyidagi sub‘ektlari mavjud: 
a)  iqtisodiy  mustaqil  mulk  egasi  yoxud 
iste‘molchi  bo‗lgan  ayrim  kishilar  yoki 
guruhlar. 
b) 
firma, 
korxona, 
xo‗jaliklar,  ularda  band 
bo‗lgan tadbirkorlar. 
v) davlat, aniqrog‗i, davlatning 
barcha 
markama-idora 
tashkilotlari. 
Bularga 
odatda 
yollanib 
ishlovshilar, 
yer 
egalari, 
kapital 
soriblari, 
ishlab 
chiqarish 
vositasi 
egalari  kiradi.  Ular  tadbirkorlik  qilmay, 
o‗z  mulkidan  daromad  topadi  yoki 
yollanib ishlaydi 
Ular  foyda  olish 
yo‗lida 
mustaqil 
ish 
yuritadilar, 
ishlab 
chiqarish  omillarini  ishga 
soladilar 
Ular 
ham 
ishlab 
chiqarish,  ham  iste‘mol  bilan 
shug‗ullanadilar, 
bozor 
va 
unda  qatnashuvshilar  faoliyati 
ustidan nazorat qiladilar 
Bozor 
iqtisodiyoti 
erkin 
tovar­pul 
munosabatlariga 
asoslangan, 
iqtisodiy 
monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo‗ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‗nalishiga 
ega bo‗lgan va boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir. O‗ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy 
yo‗nalishlari  va  tartiblanib  turish  usullari  jihatidan  bu  tizim  kapitalistik  iqtisodiyotdan  va 
tarixda mavjud bo‗lgan sobiq sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi.  
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o‗zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, yer, kapital va  
boshqa  vosita  egalari  ularni  korxona,  firmalarga  sotadi.  Ular  o‗z  navbatida  ishlab  chiqarish 
omillaridan foydalanib, tovar va xizmatlar yaratadilar, ularni taklif etadilar. 
Bozor  iqtisodiyotining  eng  muhim  belgisi-iqtisodiy  plyuhalizm  hisoblanadi,  ya‘ni 
mulk  shakllari  va  xo‗jalik  yuritish  usullarining  turli­tuman  bo‗lishidir.  Turli  shakllardagi 


 
 
33 
 
mulklar  erkin,  yonma­yon,  rech  bir  chegaralanmagan  holda  rivojlanadi.  Turli  mulklar 
muvozanatda  bo‗lib,  ayrim    mulk  shaklining  hukumronligiga  yo‗l  berilmaydi.  Xo‗jalik 
yuritish  usullari  ham  har  xil  bo‗ladi.  Yakka  tartibda,  jamoa­uyushmaga  birikkan  holda, 
sherikchilik­paychilik  yoxud  aksionerlik  asosida,  o‗z  mablag‗iga  yoki  qarzga  olingan 
mablag‗ga tayanib xo‗jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar 
birgalikda boradi.  
Bozor iqtisodiyoti to‗g‗risidagi 
ushbu fikrlarni o‗zingizning 
kuzatishlaringiz asosida 
rivojlantiring. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
erkin 
iqtisodiyotdir. 
Iqtisodiy 
faoliyat 
erkinligining  asosi  ishlab  chiqarish  omillari  yoki  yaratilgan 
tovarlarning 
mulk 
ob‘ekti 
bo‗lishi,  mulkdorlarning 
esa 
mustaqillikka  ega  bo‗lishidir.  Ishlab  chiqaruvchi  yoki  iste‘molchi 
o‗z tovarini yoki pulini o‗zi bilganisha ishlatadi. Bozor iqtisodiyoti 
erkin bo‗lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. 
Iqtisodiy  monopolizm  -  korxona,  tashkilot    yoxud  davlatning 
umuman iqtisodiyotda yoki uning biror sohasida tango hukumronlik 
qilishi.  Iqtisodiyotdagi  monopolizm  ishlab  chiqarishning  o‗zida, 
savdo­sotiqda, kredit­bank tizimida yoki iste‘mol doirasida mavjud 
bo‗ladi.  Iqtisodiyotdagi  monopolizmning  tayanshi  muayyan  mulk 
shaklining  tango  hukumronligidir.  Bunday  mavqe  esa  siyosiy 
xokimiyat va g‗oyaviy sohadagi monopolizmni yuzaga chiqaradi. 
Iqtisodiy  taraqqiyotga  yo‗l  o‗shish    uchun  iqtisodiyotdagi  monopolizmni  tugatish 
zarur,  chunki  monopoliya  o‗z  tabiatiga  ko‗ra  ishlab  chiqarishda  turg‗unlik  paydo  qiladi, 
hukumron  mavqega  tayanib,  sarflarni  kamaytirmay,  foyda  ko‗rishi  mumkin,  raqobatning 
yo‗qligi  yoki  zaifligidan  foydalanib,    bozorda  o‗z  izmini  o‗tkazishi  mumkin.  Monopoliya 
turg‗unlikni  yuzaga  chiqaradi,  tashabbusni  chegaralaydi.  Shu  sababli  bozor  iqtisodiyoti  u 
bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jihatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‗nalishga ega. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o‗zaro  munosabatlar  manfaatlarni  ko‗zlagan  holda 
o‗rnatiladi.  Ish  yuzasidan  bo‗lgan  munosabatlar  (sheriklik)  erkin  shakllanadi.  Turli  ishlab 
chiqaruvchilar bir­biri  bilan  manfaatli aloqa  o‗rnatadilar.  Bozorda  esa  xaridor bilan  sotuvshi 
bir­birini  erkin  tanlaydi.  Bozor  iqtisodiyotida  tovar  taqchilligi  bo‗lmaydi,  shu  sababdan 
bozorda  ishlab  chiqaruvchi  emas,  balki  iste‘molchi  (xaridor)  o‗z  izmini  o‗tkazadi,  tovar  va 
xizmatlarning sifatiga va narxiga qarab tanlab olish imkoniga ega bo‗ladi. 
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi narxlarning liberallashuvi, ya‘ni narx­navoning 
erkin  tashkil  topishidir.  Tovarlar  narxini  davlat  yuqoridan  belgilamaydi,  narx  ayrim  ishlab 
chiqaruvchi  yoki  iste‘molchi  tazyiqi  ostida  shakllanmaydi.  Narx  bozordagi  talab  va  taklifga 
qarab, xaridor bilan sotuvshining savdolashuviga binoan yuzaga keladi. 
Bozor iqtisodiyoti moslashuvshan  iqtisodiy tizimdir. U sharoit o‗zgarishlariga darhol 
javob  beradi,  nima  yetishmasa,  shuni  darhol  ishlab  chiqarishni  ta‘minlaydi.  Uning  muhim 
belgilaridan  yana  biri  innovatsiyaga  moyillikdir.  U  fan­texnika  yangiliklarini  darhol  qabul 
qiladi,  yangi  tovarlarni,  yangi  texnologiyani  va  ishlab chiqarishni  boshqarish  usullarini  joriy 
etishni  ta‘minlaydi,  chunki  bu  raqobatda  yutqazmaslik,  yaxshi  foyda  ko‗rish,  obro‗­e‘tibor 
orttirish  sharti  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Bozor  iqtisodiyoti  tovarlar  va  xizmatlar  to‗kinshiligini 
yuzaga keltiradi, ko‗pshilik tovarlardan eng yaxshisini tanlab olgan holda ehtiyojni qondirish 
imkonini beradi. 
Ammo  bozor  iqtisodiyotini    hamma  dardga  davo  deb, uni haddan  tashqari olqishlash 
unga xolisona baho berishdan yiroq. Uning o‗ziga xos muammolari, zaif tomonlari ham yo‗q 
emas.  Bozor  iqtisodiyoti  millionlab  ishlab  chiqaruvchi  va  iste‘molchilarning  faoliyati 
bo‗lganidan  unga  tarqoqlik  va  xudbinlik  (egoizm)  ham  xos.  U  o‗z­o‗zidan  davlat  va 
jamoatshilik  ishtirokisiz  tabiatni  murofaza  etish,  ekologik  muvozanatni  ta‘minlashni  yuzaga 
shiqarmaydi.  Jamiyat  uchun  zarur  bo‗lgan,  lekin  xarajatlar  qaytimi  sekin  bo‗ladigan,  katta 
mablag‗ talab qiladigan inshootlar va binolarning  qurilishi rag‗batlantirmaydi. Darhol foyda 
keltirmaydigan,  lekin  ilm­ma‘rifat  kelajagi  uchun  muhim  bo‗lgan  nazariy  izlanishlarni  ham 
rag‗batlantirmaydi.  Bozor  iqtisodiyoti  ham  sakrab-sakrab,  siklli  ravishda    rivojlanadi, 
iqtisodiy yuksalishlar bilan birga inqiroz va tanglik ham paydo bo‗ladi. Bozor iqtisodiyotining 


 
 
34 
 
ham,  har  qanday  iqtisodiyot  kabi,  o‗z  rivojlanish  qonunlari  mavjud.  Unga  xos  qonunlar 
tizimini ikki guruhga bo‗lish mumkin: 
a)  umumiqtisodiy,  lekin  bozor  iqtisodiyotida  ham  amal  qilishda  davom  etgan 
qonunlar; 
b) faqat bozor iqtisodiyotining o‗ziga xos bo‗lgan qonunlar.  Bozor iqtisodiyotiga xos 
bo‗lgan  tub  belgilar  sekin­asta  shakllanib,  pirovard  natijada  yaxlit  iqtisodiy  tizimni  hosil 
etadi.  Bu  jarayon  murakkab  bo‗lganidan,  uzoq  davom  etadi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  XX 
asrga  xos  bo‗lgan  umumbashariy,  ya‘ni  umumjahon  voqeligidir.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish 
kishilarning xorish irodasi emas, balki, ob‘ektiv zaruratdir. Insoniyat tajribasi ko‗rsatganidek, 
hozirgi  zamon    bozor  munosabatlari  zaminidagina  ishlab  chiqarishni  barqaror  rivojlantirish, 
ko‗plab va sifatli tovarlar yaratish, ularga bo‗lgan talabni qondirish, tejamli xo‗jalik yuritish, 
to‗kinshilik  yaratib,  xalqni  farovon  turmush  sari  yo‗llash,  ralol  va  samarali  Mehnatni 
qadrlash,  adolatni  o‗rnatish  mumkin.  Bozor  munosabatlari  tizimida  shunday  rag‗bat  kuchi 
jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o‗sish va ijtimoiy rivojlanishni ta‘minlaydi. Xalqaro tajriba 
ko‗rsatganidek,  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tishning  ikki  shakli  yoki  modeli  mavjud.  1)  G‗arbiy 
yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‗li; 2) mustamlakashilikdan ozod 
bo‗lib,  mustaqil  taraqqiyot  yo‗liga  o‗tib  rivojlanayotgan  Osiyo,  Afrika  va  Lotin  Amerikasi 
mamlakatlari yo‗li. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish