40
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta‘sir ko‗rsatadi: 1) Iste‘molchining
didi; 2) Bozordagi iste‘molchilar soni; 3) Iste‘molchining daromadlari; 4) Bir –biriga bog‗liq
tovarlarning narxi; 5) Kelajakda narx va daromadlarning o‗zgarishi ehtimoli.
Bu omillarning o‗zgarishi talab hajmining o‗zgarishiga qanday ta‘sir ko‗rsatishini
qarab chiqamiz.
1.
Biror mahsulotga iste‘molchi dididagi ijobiy o‗zgarish ro‗y bersa, narxning tegishli
darajasida unga bo‗lgan talab ortadi. Iste‘molchi didiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan holatlar
talabning qisqarishiga olib keladi.
2.
O‗z-o‗zidan aniqki, bozorda iste‘molchilar soni ko‗paysa, talab ortadi,
iste‘molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining
takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va
obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga blgan talabning o‗sishiga olib keladi. Tug‗ilish
darajasining pasayishi bolalar bog‗shasi va maktabga bo‗lgan talabni kamaytiradi.
3.
Pul daromadi o‗zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga qaraganda
ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‗p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi,
daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad ochsa, uning
o‗sishiga qarab iste‘molchilar narxi yuqori bo‗lsada, ko‗proq sifatli tovarlarni xarid qiladi,
bunda ular kamroq non, kartoshka, kaham sotib olishi mumkin ortiqsha daromad unga ancha
yuqori oqsil tarkibiga ega bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlari masalan, go‗sht va sut mahsulotlari
xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‗zgarishi bilan talab to‗g‗ri mutanosiblikda
o‗zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
4.
Daromadlar kamayganda talab oshadigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi
(masalan, kartoshka).
5.
O‗zaro bog‗liq tovarlarga talabning ortishi yoki kamayishi, ularning bir-birining
o‗rnini bosish darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli sariyog‗ narxi oshsa, bu margaringa
bo‗lgan talabning ortishiga olib keladi. Agar sariyog‗ narxi tushsa bu margaringa bo‗lgan
talabni kamaytiradi. Demak, agar ikki tovar o‗rnini bosuvshi tovarlar hisoblansa, ulardan
birining narxi bilan boshqasiga bo‗lgan talab hajmi o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqlik
mavjud bo‗ladi. Ikkita tovar bir-birini to‗ldiruvshi hisoblansa, ularga bir vaqtda talab paydo
bo‗ladi. Masalan, agar benzin narxi pasaysa, bu motor yog‗iga bo‗lgan talabni qisqartiradi.
Shunday qilib, benzin va motor yog‗iga talab o‗zaro bog‗liq bo‗lib, ular bir-birining narxi va
boshqasiga bo‗lgan talab hajmi o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud bo‗ladi.
6.
Kelgusida iste‘molchi daromadlari, tovar narxi o‗zgarishining kutilishi va
tovarlarning naqd bo‗lishi yoki bo‗lmasligi kabi omillar talab hajmini o‗zgartirishi mumkin.
Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste‘molchi joriy talabning oshishiga olib
keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‗payishining kutilishi tovarlarga
bo‗lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: