Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

3.Bozor muvozanati 
Yuqorida  turli  omillar  ta‘sirida  talab  va  taklif  miqdorining  o‗zgarib  turishi  ko‗rildi. 
Lekin  talab  bilan  taklif  miqdorlari  bir-birlari  bilan  doimo  ma‘lum  nisbatda  bo‗ladi,  bu 
nisbatlar o‗zgarib turadi. Ba‘zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‗tarilsa, 
ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, baho pasayib qoladi. Talab miqdori 
bilan taklif miqdori o‗rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‗lgan rolat bozor muvozanati deyiladi. 
Bozor  muvozanati  vujudga  kelgan  holda  shakllangan  narx  bozor  narxi  deyiladi.  Ba‘zan  uni 
muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim 
mavjud  bo‗lib  turmaydi,  ularga  ta‘sir  qiluvchi  ko‗plab  omillar  muvozanatlikning  buzilishiga 
sabab bo‗ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‗ladi. 


 
 
42 
 
«Talab  va  taklif»  tushunchalari  tahlili,  bizga  sotuvshi  va  xaridorlar  manfaatlari  mos 
kelishini  qarab  chiqishga  o‗tish  imkonini  beradi.  Mos  kelishlik  o‗z  ifodasini  muvozanatli 
narxda topadi.  
Talab va taklif egri shiziqlraini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini 
hosil qilamiz:   
Tb  =  Tf  =  Bm  =  qm,  bu  yerda:  Tb-  talab,  Tf-  taklif,  Bm  –muvozanatli  baho,  qm  – 
tovarning muvozanatli miqdori. 
Grafikda  K  nuqatga  muvozanatli  baho  (Bm)  va  mahsulotning  muozanatli  miqdori 
(qm)  mos  keladi.  Muvozanatli  nuqta  (K)  yoki  muvozanatli  narx  (Bm)ga  7-chizmada 
tasvirlanganidek sotuvshi va xaridorlar manfaatlraining spiral bo‗yicha xarakati natijasida bir-
biriga  yaqinlashish  yo‗l  bilan  erishiladi.  Xususan,  bizning  misolda,  narx 50 so‗m  bo‗lganda, 
xaridor  mazkur  tovar  (un)  dan  10  kg  sotib  olishga,  sotuvshi  esa  60  kg  bozorga  chiqarishiga 
tayyor  bo‗ladi.  10  so‗mlik  narxda  sotuvchi  va  xaridorlar  arvoli  butunlay  qahama-qarshi 
tomonga o‗zgaradi: sotuvshi faqat 5 kg un chiqarishga, xaridor esa 80 kg sotib olishga tayyor 
bo‗ladi va rakozo. 
Talab  va  taklifning  o‗zgarishi  spiral  bo‗yicha  har  bir  xarakatda  ularning  manfaati 
muvozanatli  nuqtaga  erishilguncha  bir-biriga  yaqinlashib  boradi  va  muvozanatli  nuqta  ular 
talab va taklifi tengligini ko‗rsatadi.  
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Shu 
sababli  bozordagi  bir  zumlik,  qisqa  davrli  va  uzoq  davrli  muvozanatlik  holatni  farqalash 
zarur. 
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‗zgarmas  yoki doimiy 
miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan 
bog‗liq. 
Qisqa  davrli  muvozanatlikni,  ishlab  chiqarish  va  taklifni  vaqtinchalik  amal  qiluvchi 
omillardan foydalanish asosida ko‗paytirish imkoniyatini taqazo qiladi.   
Bunday  vaqtinchalik  omillarga  ish  vaqtidan  tashqari,  dam  olish  va  barham  kunlari 
ishlash, ish sxemasini ko‗paytirishlar kiradi. 
Uzoq davrli muvozanatlik o‗zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni 
taqozo  qiladi.  Bunda  ishlab  chiqarishni  qayta  qurollantirish,  yangilash  va  qo‗shimcha 
quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‗liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi 
korxonalarni  qurish  hamda  mazkur  bozorda  yangi  korxonalarning  paydo  bo‗lishi  ham 
mumkin bo‗ladi. 
Iste‘molchining  tovar  narxlarining  o‗zgarishiga  sezgirlik  darajasini  aniqlashda  narxli 
egiluvchanlik  tushunchasidan  foydalaniladi.  Ayrim  mahsulotlar  narxidagi  uncha  sezilarli 
bo‗lmagan o‗zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o‗zgarishlar bo‗lishiga olib 
kelishi  mumkin.  Bunday  mahsulotlarga  talab  nisbatan  egiluvchan,  deyiladi.  Boshqa  xil 
mahsulotlar narxidagi sezilarli o‗zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‗lmagan o‗zgarishlarga 
olib kelishi mumkin. 
Talab  hajmiga  ta‘sir  qiluvchi  boshqa  omillar  o‗zgarmay  qolganda,  narx  1% 
o‗zgarganda  talab  necha  foizga  o‗zgarishini  ko‗rsatuvchi  ko‗rsatkich  talabning  narxli 
egiluvchanligi  ko‗rsatkichi  deyiladi.  Bu  ko‗rsatkich  ko‗pincha  oddiy  qilib  talabning 
egiluvchanligi, deb ataladi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish