Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

Asosiy savollar 
1.Talab  tushunchasi,  talab  qonuni.  Talabning  hajmiga  va  miqdoriga  ta‘sir  etuvchi 
omillar. 
2.Taklif tushunchasi, taklif qonuni. Taklifning hajmiga ta‘sir etuvchi omillar. 
3. Bozor muvozanati. 
1.Talab tushunchasi, talab qonuni.  
Talabning hajmiga va miqdoriga ta‟sir etuvchi omillar 
Ehtiyoj  tushunchasi  kishilarning  hayotiy  vositalariga  bo‗lgan  zaruriyatini  ifodalovchi 
ilmiy  kategoriya  sifatida  taraqqiyotning  hamma  bosqichlari  uchun  umumiy  va  doimiydir. 
Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‗rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan 
farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. 
Ehtiyojning  faqat  pul  bilan  ta‘minlangan  qismi  talabga  aylanadi.  Demak,  talab  –  bu 
pul  bilan  ta‘minlangan  ehtiyojdir.  Ehtiyoj  zarur  miqdordagi  pul  bilan  ta‘minlanmasa,  u 
«xohish»,  «istak» bo‗lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‗ladi, 
chunki  narx  o‗zgarishi  bilan  tovarning  sotib  olinadigan  miqdori  ham  o‗zgaradi.  Shu 
bog‗liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. 
Tovar  va  xizmatlarning  ma‘lum  turlarini  iste‘molchi  ma‘lum  vaqtda  narxlarning 
mavjud darajasida sotib olishga qodir bo‗lgan ehtiyoji talab deyiladi. 
Talablar  har  xil  bo‗lib,  bir  xil  tovar  yoki  xizmatlarga  bo‗lgan  talabning  ikki  turi  farq 
qilinadi:  yakka  talab  va  bozor  talabi.  Har  bir  iste‘molchining,  ya‘ni  alohida  shaxs,  oila, 
korxona,  firmaning  tovarning  shu  turiga  bo‗lgan  talabi  yakka  talab  deyiladi.  Bir  qancha 
(ko‗pchilik)  iste‘molchilarning  shu  turdagi  tovar  yoki  xizmatga  bo‗lgan  talablari  yig‗indisi 
bozor  talabi  deyiladi.Individual,  ya‘ni  yakka  talab  ham,  bozor  talabi  ham  miqdor  jihatdan 
aniqlanadi.  Lekin  bu  miqdor  har  doim  ham  bir  xil  bo‗lib  turmaydi,  balki  o‗zgaruvshan 
bo‗ladi. Talab  miqdorining  o‗zgarishiga  bir  qancha  omillar  ta‘sir  qiladi.  Ularning  ichida  eng 
ko‗p ta‘sir qiladigan omil narx omilidir. 
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‗rtasidagi bo‗ladigan bog‗liqlikni quyidagi 
jadval ma‘lumotlari asosida qarab chiqamiz. 
Iste‘molchilar ma‘lum bir tovarni uning narxi past bo‗sa, ko‗poq sotib ola boshlaydi. 
Iste‘molchi  uchun  narx  sotib  olishga  xalaqit  qiluvchi  to‗siq  sifatida  namoyon  bo‗ladi.  Bu 
to‗siq  qancha  yuqori  bo‗lsa,  u  shuncha  kam  tovar  sotib  oladi.  Boshqacha  aytganda,  yuqori 
narx iste‘molchining xarid qilish istagini so‗ndiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi.  
Real iqtisodiy hayotda ba‘zan narxlar o‗ssada ayrim tovarlarga talabning ortishiga olib 
kelishi mumkin bo‗lgan holatlar ham uchraydi. Bu vaziyat Giffen samarasi deb ataladi (ingliz 
iqtisodchisi  R.Giffen  nomi  bilan).  Giffen  kambag‗al  ishchi  oilalari  kartoshka 
qimmatlashishiga qaramasdan uni iste‘mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab 
ko‗rsatgan.  Tuchuntirish  shunga  asoslanadiki,  kartoshka  kambag‗al  oila  ovqatida 
mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o‗sishi ro‗y bersa, bunda 
kambag‗al  oila  go‗sht  sotib  olishdan  umuman  voz  keshishga  majbur  bo‗ladi,  o‗zining  ko‗p 
bo‗lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi.  
Demak,  bunday  vaziyatda  narxlarning  oshishi  zarur  tovarlarga  talabning 
kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin. 
Bahodan  boshqa  talab  miqdoriga  ta‘sir  qiluvchi  omillar.  Talab  hajmining  o‗zgarishi 
faqat  tovar  narxiga  emas,  balki  boshqa  bir  qator  omillarga  ham  bog‗liq  bo‗ladi.  Bu  omillar 
talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. 


 
 
40 
 
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta‘sir ko‗rsatadi: 1) Iste‘molchining 
didi; 2) Bozordagi iste‘molchilar soni; 3) Iste‘molchining daromadlari; 4) Bir –biriga bog‗liq 
tovarlarning narxi; 5) Kelajakda narx va daromadlarning o‗zgarishi ehtimoli. 
Bu  omillarning  o‗zgarishi  talab  hajmining  o‗zgarishiga  qanday  ta‘sir  ko‗rsatishini 
qarab chiqamiz. 
1.  
Biror mahsulotga iste‘molchi dididagi ijobiy o‗zgarish ro‗y bersa, narxning tegishli 
darajasida  unga  bo‗lgan  talab  ortadi.  Iste‘molchi  didiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadigan  holatlar 
talabning qisqarishiga olib keladi.  
2.  
O‗z-o‗zidan  aniqki,  bozorda  iste‘molchilar  soni  ko‗paysa,  talab  ortadi, 
iste‘molchilarning  soni  kamaysa,  talab  qisqaradi.  Masalan,  aloqa  vositalarining 
takomillashuvi  xalqaro  moliyaviy  bozor  doirasini  mislsiz  kengaytiradi  hamda  aksiya  va 
obligatsiya  kabi  moliyaviy  aktivlarga  blgan  talabning  o‗sishiga  olib  keladi.  Tug‗ilish 
darajasining pasayishi bolalar bog‗shasi va maktabga bo‗lgan talabni kamaytiradi. 
3.  
Pul  daromadi  o‗zgarishining  talab  hajmiga  ta‘siri  boshqa  omillarga  qaraganda 
ancha  murakkab.  Pul  daromadining  ortishi  juda  ko‗p  tovarlarga  talabni  nisbatan  oshiradi, 
daromadning  kamayishi  esa  bunday  tovarlarga  talabni  kamaytiradi.  Daromad    ochsa,  uning 
o‗sishiga  qarab  iste‘molchilar  narxi  yuqori  bo‗lsada,  ko‗proq  sifatli  tovarlarni  xarid  qiladi, 
bunda ular kamroq non, kartoshka, kaham sotib olishi mumkin  ortiqsha daromad unga ancha 
yuqori oqsil tarkibiga ega bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlari masalan, go‗sht va sut mahsulotlari 
xarid  qilish  imkonini  beradi.  Daromadning  o‗zgarishi  bilan  talab  to‗g‗ri  mutanosiblikda 
o‗zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.  
4.  
  Daromadlar  kamayganda  talab  oshadigan  tovarlar  past  toifali  tovarlar  deyiladi 
(masalan, kartoshka).  
5.  
O‗zaro  bog‗liq  tovarlarga  talabning  ortishi  yoki  kamayishi,  ularning  bir-birining 
o‗rnini  bosish  darajasi  bilan  belgilanadi.  Shu  sababli  sariyog‗  narxi  oshsa,  bu  margaringa 
bo‗lgan  talabning  ortishiga  olib  keladi.  Agar  sariyog‗  narxi  tushsa  bu  margaringa  bo‗lgan 
talabni  kamaytiradi.  Demak,  agar  ikki  tovar  o‗rnini  bosuvshi  tovarlar  hisoblansa,  ulardan 
birining  narxi  bilan  boshqasiga  bo‗lgan  talab  hajmi  o‗rtasida  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  bog‗liqlik 
mavjud  bo‗ladi.  Ikkita  tovar  bir-birini  to‗ldiruvshi  hisoblansa,  ularga  bir  vaqtda  talab  paydo 
bo‗ladi.  Masalan,  agar    benzin  narxi  pasaysa,  bu  motor  yog‗iga  bo‗lgan  talabni  qisqartiradi. 
Shunday qilib, benzin va motor yog‗iga talab o‗zaro bog‗liq bo‗lib, ular bir-birining narxi va 
boshqasiga bo‗lgan talab hajmi o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud bo‗ladi. 
6.  
Kelgusida  iste‘molchi  daromadlari,  tovar  narxi  o‗zgarishining  kutilishi  va 
tovarlarning  naqd  bo‗lishi  yoki  bo‗lmasligi  kabi  omillar  talab  hajmini  o‗zgartirishi  mumkin. 
Kelgusida  narxning  nisbatan  oshishining  kutilishi,  iste‘molchi  joriy  talabning  oshishiga  olib 
keladi.  Aksincha,  narxning  pasayishi  va  daromadning  ko‗payishining  kutilishi  tovarlarga 
bo‗lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‗ladi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish