Microsoft Word qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/200
Sana03.07.2021
Hajmi0,98 Mb.
#107795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   200
Bog'liq
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

Qurilish ishlari deganda yangi bino va inshoatlarni yaratilishi bilan bog‘liq 
jarayonlar  majmuasi  tushuniladi.  Yangi  bino  va  inshoatlarni  yaratilishi  o‘z  ichiga 
loyihalashtirish,  qurishga  tayyorgarlik,  ta’minot,  qurish,  foydalanishga  topshirish 
kabi  jarayonlarni  oladi.  Har  bir  jarayon  qurilishga  doir  ma’lum  ishlardan  tashkil 
topadi va o‘zining pirovard natijasiga ega bo‘ladi.  
Qurilishning  loyihalashtirish  jarayonida  yangi  bino  va  inshoatlarni 
qurishning  texnik,  texnologik,  geodezik,  topografik  va  barcha  boshqa  jihatlari 
o‘rganiladi,  ularning  aniq  parametrlari  va  o‘lchamlari  belgilanadi.  Qurilish 
loyihasi,  odatda,  maxsus  loyihalashtirish  muassasalari  (institutlar)  tomonidan 
buyurtmachi  bilan  tuzilgan  shartnomaga  asosan  ishlab  chiqiladi.  Ishlab  chiqilgan 
loyiha  quriladigan  ob’ekt  joylashgan    xududning  shaharsozlik  bosh  loyihasi 
talablariga zid bo‘lmasligi  lozim.  Shu  bois  ham  yangi ob’ektlarni qurishdan oldin 


ularning  loyihalari  O‘zbekiston  Respublikasi  «Davarxitektqurilish»  qo‘mitasining 
joylardagi boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi. 
Loyihalashtirish  jarayonining  natijasi  bo‘lib  yangi  quriladigan  ob’ektning  barcha 
texnik-iqtisodiy  parametrlarini  ifodalovchi  loyihasi  va  qurish  smetasi  hisoblanadi. 
Qurish  smetasida  ob’ektni  qurish  bilan  bog‘liq  barcha  ishlarning  hajmi,  ularning 
belgilangan  me’yor  va  tartiblarga  muvofiq  hisoblangan  qiymati  ko‘rsatiladi. 
Loyiha  qiymati  pudratchi  va  buyurtmachi  o‘rtasida  tuziladigan  shartnoma 
qiymatini belgilashga asos bo‘ladi. 
Qurishga tayyorgarlik va uning ta’minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi 
tomonidan  amalga    oshiriladigan  ma’lum  ishlardan  tashkil  topadi.  Bu  ishlarni 
bajarish  bo‘yicha  tomonlarning  majburiyatlari  tuzilgan  shartnomada  o‘z  aksini 
topadi.  Masalan,  buyurtmachi  bu  jarayonda  o‘z  zimmasiga  qurish  uchun  kerakli 
bo‘lgan  materiallarni  pudratchiga  yetkazib  berish,  oldindan  to‘lov  summasining 
kelishilgan  qiymatini  (loyiha  qiymatining  15  foizdan  kam  bo‘lmagan  qismini) 
quruvchi  tashkilotning  hisob  raqamiga  o‘tkazib  berish  kabilarni  oladi.  Pudratchi 
tashkilot  qurish  uchun  kerakli  texnika  va  jihozlarni  qurilish  maydonchasiga 
yetkazish,  ularni  qurish  ishlari  uchun  tayyorlash  va  shu  kabi  majburiyatlarni  o‘z 
zimmasiga oladi. 
Ob’ektni  qurish  jarayoni  qurilishning  titul  ro‘yxatida  ko‘rsatilgan  ishlarni 
bosqichma-bosqich  loyihani  bajarish  jadvaliga  (grafigiga)  muvofiq  amalga 
oshirishdan iborat bo‘ladi. Qurilish ob’ektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga 
hali  topshirilmagan  qismi  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  (qurilish  ishlari) 
hisoblanadi.  
Qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir. 
Bu  jarayon  qurilishga  doir  loyihadagi  barcha  ishlar  tugatilgach,    tuzilgan  maxsus 
komissiya  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  mos  ravishda  «Bajarilgan  ishlar 
(qilingan  harajatlar)  qiymati  to‘g‘risida  ma’lumotnoma  –  schyot-faktura»  bilan 
rasmiylashtiriladi.  Ushbu  hujjat  imzolangan  va  tasdiqlangandan  so‘ng  qurilgan 
ob’ekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi. 
Qurilish  ishlari  o‘z  ichiga  montaj  ishlarini  ham  oladi.  Shu  bois      birgalikda 
olib borilgan ushbu ishlar qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish