Microsoft Word qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/200
Sana03.07.2021
Hajmi0,98 Mb.
#107795
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   200
Bog'liq
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

Ta’mirlash  ishlari  deganda  pudrat  shartnomasiga  ko‘ra  buyurtmachilarga 
asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatishga  mo‘ljallangan  ob’ektlarni texnik-ishlab 
chiqarish  holatini  ishchi  holatda  ushlab  turish,  ularning texnik-iqtisodiy darajasini 
saqlash  maqsadlarida  bajarilgan  ishlar  tushiniladi.  Bu  ishlar,  odatda, 
buyurtmachilar  bino  va  inshoatlarining  miqdoriy  hajmini  kengaytirmaydi.  Biroq, 
ta’mirlash  ishlari  buyurtmachilarda  mehnat  sharoitlarini,  atrof  muhit  muhofazani  
yaxshilashga  imkon  beradi.  Ta’mirlash  ishlari  boshqa  ishlar  singari  shartnoma 
nazarda  tutilgan  barcha  ishlar  tugatilgach,    pudratchi  tomonidan  buyurtmachiga 
«Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-
faktura»  asosida  topshiriladi.  Ushbu  hujjat  imzolangan  va  tasdiqlangandan  so‘ng 
ta’mirlash ishlari  pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. 


Shunday  qilib,  qurilish  tashkilotlari  tomonidan  xalq  xo‘jaligining  barcha 
tarmoqlari  uchun  bajariladigan  qurilish  ishlari  tarkibi  juda  ham  turli-tumandir. 
Ularning asosiylariga
4
 quyidagilar kiradi: 
 qurilish  titul  ro‘yxatiga  kiritilgan  bino  va  inshootlarni  qurishga  doir  barcha 
ishlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan temir-beton metalllar, yog‘och va  boshqa qurilish 
konstruksiyalarini  o‘rnatish  va  montaj  ishlari,  minorali  va    boshqa  kranlar  uchun 
kran osti yo‘llari qurish va buzish ishlari; 
 gaz,  suv,  elektr  energiyasi,  issiqlik,  kanalizatsiya,  havoni  tozalash 
ta’minotiga doir  ishlar; 
 neft  va  gaz  quvurlarini  yotqizish,  elektr  quvvati  va  aloqa  liniyalari 
kabellarini yotqizish va o‘tkazish ishlari;  
 ko‘prik,  yo‘l, suv osti-texnik tonnellarini qurish va o‘tqazish ishlari; 
 sanitariya-gigiyena texnikasi va jihozlarini o‘rnatish ishlari; 
 bino, inshoat va uskunalarga asos (fundament) va tayanch konstruksiyalarini 
o‘rnatish, qozon pech va  boshqa agregatlar atrofiga qoplamalar yasash ishlari;  
 qurish uchun yer maydonlarini tayyorlash, tozalash, eski buta va daraxtlarni 
kesish va olib tashlash, kovlash, yerni quritish va loyihada belgilangan ko‘rinishga 
yetkazish ishlari; 
 shahar  va  qishloq  joylari  xududlarini  ko‘kalamzorlashtirish  hamda 
obodonlashtirishga doir qurilish ishlari; 
 suv chiqarish, ularni oqish quvurlarini o‘rnatish ishlari; 
 eroziya,  sel  ko‘chmalariga  qarshi  va  boshqa  tabiatni  muhofaza  qilish 
inshootlarini qurish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va botqoqlarni quritish ishlari;  
 qurilishiga  aloqador  parmalash,  shurflash,  suvni  tortib  olish  va  shu  kabi 
boshqa geologik va gidrogeologik ishlar. 
Qurilish  tashkilotlarining  asosiy  faoliyatiga  kiruvchi  ushbu  ishlar  ularning 
xususiyatlariga  ko‘ra  litsenziyalashtiriladigan  va  litsenziyalash-tirilmaydigan 
turlarga bo‘linadi. Masalan, mudofaa ob’ektlarini, ko‘prik va tonnellarni, magistral 
gaz  quvurlari,  neft  quvurlari  va  neft  mahsulotlari  quvurlarini,  balandliklarda 
joylashgan 
ob’ektlarni 
loyihalashtirish, 
qurish 
va 
ta’mirlash 
ishlari 
litsenziyalashtiriladigan  faoliyat  hisoblanadi.  Bunday  qurilish  ishlari  bilan 
shug‘ullanish  uchun  litsenziya  faqat  maxsus  ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  beriladi.  Maxsus 
loyihalashtirishni  talab  qilmaydigan  va  litsenziya  olish  lozim  bo‘lmagan  qurilish, 
qurilish-montaj,  obodonlashtirish,  kengaytirish,  rekonstruksiya  va  modernizatsiya 
qilish,  kapital  va  joriy  ta’mirlash  ishlari  bilan  barcha  turdagi  qurilish  tashkilotlari 
shug‘ullanishlari mumkin. 
Qurilish  tashkilotlari  va  buyurtmachilar  o‘rtasida  qurilish  ishlariga  doir 
pudrat  shartnomalarini  tuzishda  hozirgi  paytda  tender  (tanlov)  usuli  keng 
tarqalgan. 
Chunonchi, 
davlat 
byudjetidan 
markazlashtirilgan 
tarzda 
moliyalashtiriladigan  qurilish  ob’ektlari  (maktablar,  litseylar,  kollejlar,  harbiy 
qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish maxsus 
                                                
4
 Изоҳ: қурилиш ишларининг тўлиқ рўйхати қурилиш нормалари ва тартибига оид ҳужжатлар, 
шунингдек қурилишга  оид махсус адабиётларда келтирилган.  


«Yagona  buyurtmachi  xizmati»  injiniring  kompaniyalari  orqali  tanlov  savdolari 
asosida  amalga  oshirilmoqda.  Ushbu  tanlov  savdolarida  barcha  mulkiy  va 
tashkiliy-huquqiy  turdagi  qurilish  tashkilotlari  qatnashish  huquqiga  egadirlar. 
Buning  uchun  ular  injiniring  kompaniyalariga  tanlov  savdosida  qatnashish 
bo‘yicha ofertalar (takliflar)ni  kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim 
etishlari lozim.  Tanlov savdosida qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «Yagona 
buyurtmachi  xizmati»  injiniring  kompaniyalari  tomonidan  qo‘yilayotgan  quyidagi 
talablarga mos kelishlari lozim: 
 ishlar  (xizmatlar)ni  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  mehnat  resurslari  va 
mutaxassislarga ega bo‘lishlari; 
 tanlovga  qo‘yilgan  ob’ektga  o‘xshash  inshoatlarda  ishlash  tajribasi  va 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari; 
 shartnoma  tuzish  yuzasidan  fuqoralik-muomala,  huquqiy  layoqat  va 
vakolatlarga, o‘zaro ishonchga ega bo‘lishlari; 
 tanlovga 
qo‘yilgan 
ob’ekt 
qurilishini 
olib 
borish 
uchun 
markazlashtiriladigan mablag‘lardan tashqari o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishlari; 
 byudjet oldida boqimanda qarzlarga ega bo‘lmasligi; 
 joriy majmuriyatlar bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishligi va boshqalar. 
«Yagona  buyurtmachi  xizmati»  injiniring  kompaniyalari  orqali  tanlov 
savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari 
qurilish  ishlari  rejalariga  kiritilgan  hamda  ular  uchun  belgilangan  tartibda 
tasdiqlangan titul  ro‘yxatlariga muvofiq holda tuziladi. 
Bosh  pudratchi  qurilish  ishlarining  hajmi  va  xususiyatlariga  ko‘ra  injiniring 
kompaniyalari roziligi bilan alohida  ishlarni amalga oshirishlari  uchun o‘zlarining 
subpudratchilarini  belgilashlari  ham  mumkin.  Ushbu  holda  bosh  pudratchi  va 
subpudratchilar o‘rtasidagi  munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida 
belgilanadi. 
Quriladigan  ob’ektning  loyiha-smeta  hujjatlari  (titul    ro‘yxati,  uskuna, 
material  va  buyumlarni  yetkazib  berish  jadvali,  moliyalashtirish  grafigi  va 
boshqalar) tuzilgan pudrat shartnomasining tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi. 
Ushbu  hujjatlarga  amal  qilish  va  ularda  ko‘rsatilgan  shartlarni  bekamu-ko‘st 
bajarilishini  ta’minlash  buyurtmachilar  hamda  qurilish  tashkilotlarining  bevosita 
majburiyatlari hisoblanadi. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish