Obodonlashtirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga
ularda foydalanishda bo‘lgan yer maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, yer
osti o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turish joylarini tashkil
qilish, yer maydonchalarini temir panjaralar bilan o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish
kabi ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi
barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar
(qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida
topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish
ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |