Microsoft Word qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/200
Sana03.07.2021
Hajmi0,98 Mb.
#107795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Bog'liq
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

bu 
barqaror 
va 
muvozanatlashtirilgan  o‘sish  sur’atlarini,  iqtisodiyotni  tarkibiy  o‘zgartirish 
va  modernizatsiya  qilishni,  uning  eng  muhim  tarmoqlarini  texnik  va 
texnologik  jihatdan  yangilashni,  soliq  siyosatini  yanada  erkinlashtirishni 
ta’minlash
3
.  
Respublikamizda  barqaror  va  muvozanatlashtirilgan  o‘sish  sur’atlarini 
ta’minlashda qurilish tarmog‘i  muhim o‘rin tutadi. Chunonchi,  ushbu tarmoq xalq 
xo‘jaligining  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  sohalariga  kiritishga 
mo‘ljallangan    investitsiyalarni  haqiqatda  ro‘yobga  chiqarishda  bevosita  ishtirok 
etadi.  Qurilish  tarmog‘ining  o‘rni  ishlab  chiqarish  va  takror  ishlab  chiqarishning 
moddiy  texnika  bazasini  yaxshilashda,  modernizatsiya  qilishda,  texnik  va 
texnologik  jihatdan  yangilashda  beqiyosdir.  Shu  bois  ham  bozor  munosabatlari 
talablaridan  kelib  chiqib,  mamlakatimizda  qurilish  tarmog‘ini  ravnaq  toptirish, 
uning  moddiy-texnika  bazasini  tubdan  yaxshilash,  ushbu  tarmoq  sub’ektlariga 
yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, o‘z navbatida, o‘ta dolzarb vazifalardan 
biri hisoblanadi.  
Qurilish  tarmog‘i  xalq  xo‘jaligining  boshqa  tarmoq  va  sohalaridan  turli 
jihatlari bo‘yicha farq qiladi. Ushbu farqli jihatlar ularni boshqarish uchun kerakli 
bo‘lgan  axborotlarni  yig‘ish,  qayd  etish,  guruhlash,  jamlash  va  uzatish  vositasi 
bo‘lgan buxgalteriya hisobiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy hol. Aynan shular 
qurilish  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobining  xususiyatlarini    «Boshqa 
                                                
1
 Қаранг: Статистическое обозрение Республики Узбекистан – Ташкент, 2006. 
2
  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  И.А.Каримовнинг  2006  йилда  мамлакатни  ижтимоий-
иқтисодий  ривожлантириш  якунлари  ва  2007  йилда  иқтисодий  ислоҳотларни  чуқурлаштиришнинг  энг 
муҳим  устувор  йўналишларига  бағишланган  Вазирлар  Маҳкамаси  мажлисидаги  маърузаси.  //Халқ  сўзи, 
2007 йил, 13 февраль, № 31 (4184). 
3
 Шу ерда. 


tarmoqlarda  buxgalteriya  hisobining  xususiyatlari»  fanining  tarkibida  maxsus 
bo‘lim sifatida chuqur o‘rganishni taqozo etadi.  
E’tiborlaringizga  havola  etilayotgan  ushbu  ma’ruza  matnlarida  qurilish 
tarmog‘iga  tegishli  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatining  tashkiliy-huquqiy 
asoslari, ularning texnik, texnologik, iqtisodiy  va boshqa jihatdan mavjud bo‘lgan 
xususiyatlari,  ushbu  xususiyatlarning  buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilishga  ta’siri 
ko‘rsatib  berilgan.  Alohida  e’tibor  qurilish  tashkilotlarida  maxsus  qurilish 
mashinalari  va  uskunalari,  ularning  ish  faoliyati,  saqlanishi  va  ekspluatatsiya 
qilinishi, qurilish materiallari harakati, bajarilgan qurilish ishlariga ketgan bevosita 
material  va  mehnat  harajatlari,  yordamchi  ishlab chiqarish  va boshqa  umumishlab 
chiqarish  ustama  harajatlari  hisobi,  shuningdek  qurilish  ishlari  tannarxini 
kalkulyatsiya  qilish  xususiyatlariga  qaratilgan.  Qurilish  tarmog‘iga    tegishli 
xo‘jalik  sub’ektlarida  bajarilgan  ishlardan  olingan  daromadlar,  buyurtmachilar 
bilan  hisoblashishlar,  pudratchi  va  subrudratchilar  o‘rtasidagi  munosabatlar,  turli 
boshqa  daromad  va  harajatlar,  soliqlar  va  majburiy  to‘lovlar,  yakuniy  moliyaviy 
natijalarning  shakllantirilishi,  ularning  hisob  va  hisobotda  aks  ettirilishi  bevosita 
tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqilgan holda ochib berilgan. 
To‘plamga  kiritilgan  har  bir  mavzu  oxirida  unga  doir  tayanch  atama  va 
iboralar,  o‘z  o‘zini  nazorat  qilish  maqsadida  testlar,  situatsion  masalalar  berilgan, 
shuningdek  mavzu  savollarini  chuqur  o‘zlashtirishga  ko‘maklashadigan  me’yoriy 
hujjatlar, davriy adabiyotlar va boshqa manbalar ro‘yxati keltirilgan. 
To‘plamdan  joy  olgan  ayrim  mavzular  respublikamizda  buxgalteriya  hisobi 
bo‘yicha  chop  etilgan    darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarida  yetarlicha  o‘z  aksini 
topmagan.  Ishda  ushbu  mavzular  respublikamizda  oxirgi  yillarda  qabul  qilingan 
me’yoriy  hujjatlarga  hamda  muallifning  amaliyotchi  buxgalter  va  auditorlik 
tajribasiga asoslanib talabalarga tushunarli tilda yetkazib berishga harakat qilingan. 
Muallif  taqrizchilarga,    shuningdek  uni  yanada  boyitish  bo‘yicha  o‘z  taklif  va 
tavsiyalarini beruvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi. 
    

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish