Topshiriqlar:
1. Matndagi ayrim so‘z va so‘z shakllarining me’yoriy variantlarini aniqlang. Qavs ichida
berilgan til belgilarining asosiy ma’no komponentlariga ko‘ra variant ekanligini asoslang.
2. Qavs ichida berilgan so‘z variantlarining ma’no farqlanuvchi ottenkalari bor-yo‘qligiga e’tibor
bering. Agar ular qandaydir jihatidan farqlanadigan ottenkalarga ega bo‘lsalar, ularni
ko‘rsatuvchi matn tuzing va izohlang.
Me’yoriy variantlarining kelib chiqish (boshqa tildan o‘tganmi, shu til shevalaridan
kirganmi yoki shaklning o‘zi yangi ma’no kasb etganmi) yo‘llarini ko‘rsating.
1- variant
Iyul kunlarining birida ertalab choydan so‘ng (nonushtadan so‘ng) Saidiy o‘zining ish
stoli yonida
o‘qishga erinib (hushi kelmay) kitob varaqlab o‘tirar edi. Kimdir hansiragan tovush (ovoz) bilan
derazadan «Rahimjon» deb chaqirdi-da, to‘xtamay darvoza tomonga o‘tib ketdi. Saidiy irg‘ib
(sapchib)
turdi va pardani ko‘tarib qaradi. Chaqirgan kishi (kimsa) darvozadan kirdi. Saidiy uni orqasidan
ko‘rib qoldi va shu ondayoq (shu lahzada) bu odam (kishi) unutayozgan do‘sti — Ehson ekanini
bildi-da, negadir hammayog‘i uvishib (jimirlab) ketdi. U Ehsonning hozir kelishini sira (hech)
xohlamas (istamas) edi. Ehsonning kelishi unga universitet (dorilfunun) binosiga rabfak zalidan
o‘tishdan ham malolliroq bo‘ldi. Hayal (zum) o‘tmay Ehson eshikni ochib kirdi va talay (ancha)
vaqtgacha Saidiyni quchog‘idan qo‘yib yubormadi. Saidiy Ehsonning kelganiga benihoya
(nihoyatda, nihoyasiz) shod ekanini ko‘rsatish uchun aytgan hamma gapi, har bir harakati
uquvsiz artist (san'atkor) tomonidan birinchi (ilk) martaba birinchi repetitsiyada (mashqda)
bajarilgan rolday yasama chiqdi.
(A. Qahhordan)
2- variant
Xabaringiz bor (sizga ma’lumki), kamina (men) ko‘p yillar ilmiy ish bilan shug‘ullangan
bir olim
sifatida ilm-fan, falsafa (filosofiya) va, ayniqsa, adabiyot va san'atga oid kichikroq bir kutubxona
(biblioteka) yig‘ishga muyassar bo‘lganman. Salkam o‘n ming jilddan (tomdan) iborat bu
kutubxonamni jamoa xo‘jaligiga qarashli o‘rta maktabga in'om (hadya) etganimdan boxabarsiz
(xabardorsiz). Bu maktubni (xatni) yo‘llash (jo‘natish)dan birinchi tilagim maqsadim) shukim,
umrim davomnda (bo‘yi) yiqqan bu kitobxonam duch kelgan odamga emas, kitobning qadrini
bilgan, fan va adabiyotga tashna (chanqoq) bir kishiga topshirilsakim (berilsakim), toki bu nodir
(kamyob) asarlardan o‘sib kelayotgan (o‘spirin) yosh avlod bahramand bo‘lsa.
( 0. Yoqubovdan)
3 - variant
Hammaning diqqati (e’tibori) xatda edi. Ergash konvertga ko‘z yugurtirdi (tashladi)-da,
pastki labni tishlab, xatni darrov (tezda, birdan) cho‘ntagiga (kissasiga) solib qo‘ydi. Tikilib
(qarab, termulib,
ko‘z tikib) turganlarga nima deyishini bilmay, quloqlari qizarib ketdi. Soya qaytganda
quruvchilar dam olishga (hordiqqa) chiqdilar, yarim kunda titkilab, qiyofasi (ko‘rinishi) o‘zgarib
ketgan katta (ulkan) maydon tepasida (ustida) chang (to‘zon) bosildi, quruvchilar shovqinsuron
(g‘ala-g‘ovur) bilan chekkaga chiqib ariq bo‘ylariga (yoqalariga), daraxt tagi, soya-salqin
joylarga yopiriladilar. Ergash qurilish boshqarmasiga ketdi.
247
(A. Muxtordan)
Yo‘q, birdan (to‘satdan) o‘zgardi hammasi (barchasi), birdan! Go‘yo u talay (ancha)
muddat— bir yilmi,besh yilmi g‘aflat uyqusida yotdi-yu, uyg‘onsa (ko‘z ochsa )— mana shu
ahvol! Go‘yo uning bir yilmi, besh yilmi ko‘zi ko‘rmay, qulog‘i eshitmay qoldi-yu, bir kuni
tuzalsa (sog‘aysa)— hammasi boshqacha (o‘zgacha)! Odamlar (Kishilar) qandaydir (allaqanday)
o‘zgarib
(boshqacha bo‘lib) qolgan, lafzu liboslari antiqa, dunyolari antiqa— tanib (anglab) bo‘lsa, o‘lay
agar,
mana jon.
(Erkin A’zamovdan)
4 - variant
Tut pishig‘i. Ariq bo‘yida (labida, yoqasida) burgutday qanot yoygan (yozgan) balx tut
(marvarid tut), boshini yeyman, deydi. Shapaloqdek yaproqlar (barglar) orasida pilladek-pilladek
mevalar tovlanadi ,Ota bahavoroq deb ana shu tut tagiga (ostiga), shohsupaga joy qildirdi.
Supaning yarmi (nisbi) hoziroq (allaqachon) odamga to‘lgan... Gulmat ota to‘rda o‘tiribdi.
Egnida (ustida, yelkasida) ko‘k movut (sherst) yaktak, boshida nosrang (moshrang) taqiya
do‘ppi. Sarg‘imtil tishlarini yiltiratib, mo‘ylovidan (murtidan) kuladi. Goho «qozon qaynadimi»
deganday, o‘choq tarafga (tomonga) qarab ma’noli yo‘talib qo‘yadi. O‘choq atrofida kelini
Nazokatxon qo‘shni (hamsoya) juvonlar pildirab yurishibdi. Xola Gulmat otaga qaradi, choliga
ko‘zi tushgach, qo‘lini chulg‘ab (to‘lg‘ab) chaqirdi. Gulmat ota qushday sakrab (irg‘ib) turdi-yu,
to‘nining (choponining) barini (etagini) hilpiratib, kampiriga ro‘para (to‘g‘ri) bo‘ldi.
(S. Siyoyevdan)
Do'stlaringiz bilan baham: |