ma’nosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining
muomala madaniyati haqida kasbiy o‘yin ssenariysini tuzish va uni inssenirovka qilish.
Nutq harakatdagi tildir. Nutq tilga tegishli birliklarni ma’lum vaqt bo‘lagida bir-biriga
qo‘shadi, harakatga keltiradi. Nutq so‘z shakllari, so‘z birikmalari, so‘z tartibi va gaplardan
tashkil topadi. Nutq odobi insonning ma’naviyatini-ma’rifatini belgilovchi asosiy mezondir.
Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi
deganda, aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga
mos holda adabiy normadagi ifodalar bilan etkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham
tinglovchiga beozor etkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi tilni, adabiy til normalarini
mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug‘at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli
kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna
244
o‘qituvchi nutqidir. Buni o‘qituvchi har doim o‘zida his etib turishi, o‘z nutqida hech vaqt odob-
axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.
Nutq odobi salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan
keyingi yaxshi suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovch ida yaxshi kayfiyat paydo qiladi.
Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: «Bitta salom bilan beshta
narsaga - o‘zini yengil sezish, shon - shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq
umr ko‘rishga erishiladi».
Xalq tilida salomlashish uchun ham, xayrlashish uchun ham alohida nutqiy vositalar
mavjud. O‘qituvchi ularni o‘z o‘rnida ishlatishda hamma uchun va o‘z shogirdlari uchun
o‘rnakdir.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rashni ham
bilishi lozim. O‘z aybi uchun uzr so‘rash o‘z g‘ururini erga urish emas, balki odoblilik,
xushmuomalalik alomatidir.
Yetuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashganda
ishlatiladigan «xayr sog‘ bo‘ling», «xayr, ko‘rishguncha», «xayr, omonlikda ko‘rishaylik» kabi
ta’sirchan iboralar mavjud.
Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan kishilarga o‘z vaqtida
minnatdorchilik bildirish odobini ham o‘rgatib borish lozim. Tilimizda rag‘batlantirishni,
minnatdorchilikni anglatadigan chiroyli ifodalar bor. Ularni kundalik muomalaga kiritish, o‘z
o‘rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi. O‘qituvchi topshiriqni yaxshi o‘tagan
o‘quvchilarni «ofarin», «barakalla», «rahmat», «tangizga rahmat», «minnatdorman» kabi so‘zlar
bilan rag‘batlantirishi mumkin. «Har bir kishining madaniylik darajasi, o‘qib qanchalik tarbiya
ko‘rganligi uning yozma va og‘zaki nutqidan bilinadi»
Til dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga etkazish, ruhiy
munosabatlarni aks ettirish, go‘zallik kategoriyalarini voqyelantirish kabi qator vazifalarni
bajarishiga qaramasdan, asosiy e’tibor uning kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir.
Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy
kamolotining muhim belgisidir. Tom ma’nodagi madaniy kamolotning muhim belgisidir.
Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining muhim jihatlaridan biridir.
Shuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy-marifiy islohotlar har qachongidan ham
dolzarblik kasb etadi.
Respublikamizning «Davlat tili haqida»gi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlarida, «Kadrlar
tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi» va boshqa juda ko‘plab hujjatlarida ma’naviy-ma’rifiy
tarbiyaga, til masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday
mutaxassis zamon bilan hamqadam bo‘lishi, eng avvalo, o‘z ona tilining sadoqatli sohibi
bo‘lmog‘i lozim. Til jamiyat bilan, uning ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati bilan
birgalikda yuksaladi.
Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam har qanday
kadr, eng avvalo, o‘z ona tilining sadoqatli sohibi bo‘lmog‘i lozim. Ona tiliga chinakam sohib
bo‘lmoqning bosh sharti esa uning tuganmas imkoniyatlarini tugal egallamoq, ya’ni fikrni
mustaqil, ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmoqdan iborat nutqiy madaniyat malakalarini
shakllantirmoqdir. Zotan, nutq madaniyati tildan bemalol va maqsadga o‘ta muvofiq tarzda
foydalana olishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.
Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining talablari quyidagicha sanaladi:
Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish.
Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir.
Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning nutqidir.
Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi.
So‘zlaganda dil va tilni bir tutish zarur.
So‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish kerak.
245
Xushmuomala, shirinso‘z bo‘lish.
Chin, to‘g‘ri so‘zlash, nutqda halol bo‘lish.
Ezgu so‘zli bo‘lish lozim.
Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak.
Ko‘p so‘z, ezma vaysaqi bo‘lmaslik.
So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshinni hisobga olish, beo‘rin so‘z aytmaslik.
Suhbat sirlarini saqlash, bo‘shog‘iz bo‘lmaslik.
Gapirganda qaytariqlardan qochish kerak, chunki ular fikrning ta’sirini susaytiradi.
Savollarga javob bering:
1. Til qanday hodisa?
2. A lisher Navoiy til va nutqni qanday ta’riflaydi?
3. Nutq odobi deganda nimani tushnasiz?
Vazifa: 1.Qadimgi Yunon va Rim notiqligi haqida nimalarni bilasiz?
2.Sharq notiqligi haqida nimalar bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: