25-mavzu. USTOZ MAKTABI
Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning
ma’nosini izohlash. Matnni ijodiy so‘zlash. Ustozlarga bag‘ishlangan she’r yod olish.
Yozma nutq: Kasbiy faoliyatda ustoz va shogird an’analari to‘g‘risida matn tuzish.
Ustozlar haqida esse yozish. Ustoz haqidagi rivoyatlardan namunalar yozish.
Grammatika: Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Tayanch so‘z va iboralar: ustoz maktabi, ustoz va shogird, kimyogar olimlar, monologik matn,
dialog, polilog, gap sintaksisi, gap bo‘laklari, bosh bo‘laklari, ikkinchi darajali bo‘laklari.
Dunyoda shunday insonlar bo‘ladiki, ular har doim el ardog‘ida, hurmat e’tiborida
bo‘lishadi. Bu kabi insonlar kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga mas’uldirlar. Shuningdek,
yoshlarning kamoloti, barkamol inson bo‘lib voyaga etishlarida ularning mehnatlari tahsinga
loyiqdir. Biz so‘z yuritayotgan kasb egasiga berilgan ta’rifdan anglagan bo‘lsangiz kerak. Ha
ular ustozlarimizdir. Xalqimiz o‘rtasida “Ustoz otangdek ulug‘”, – deya ta’rif beriladi.
Inson
yashar ekan, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak
insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan
ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.
Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yganimizda qo‘limizga qalam tutqazib, alifboni
o‘rgatgan birinchi ustozimiz siymosini, bu ulug‘ zotning fidokorona mehnatini doimo chuqur
entikish bilan eslaymiz va qalbimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom hissini tuyamiz.
Haqiqatda ustozlarimiz ota-onalarimizdek aziz va jonkuyar, mehribon va sevimlidirlar.
Biror kasb egasi yo‘q-ki, ularning tarbiyasida bo‘lmagan, mehr bulog‘idan suv ichmagan. Dono
xalqimiz bejizga “Ustoz ko‘rmagan, har maqomga yo‘rg‘alar”,- deya ta’kidlaydi. Shu bois,
barcha kasb egalari borki, ustozlar ta’lim-tarbiyasini olgan va ulkan cho‘qqilarni zabt etishgan.
Topshiriqlar:
1.
Matnni o‘qib chiqing.
2.
Matndagi kimyoviy atamalarni ko‘chirib yozing.
3.
Mashhur kimyogarlar haqida „Klaster“ tuzing.
Lug‘at
ilmiy - научный
munosib - достойный
xossalar – свойства
murakkab - трудно
aylantirish - превращать
hissa - вклад
aniqlandi - обнаружен
sanoat - промышленность
o‘g‘itlar - удобрения
qurilma – устройства
206
Vazifa: 1. Ustozlar haqida esse yozing.
2.Ustoz haqidagi rivoyatlardan namunalar yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |