Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/636
Sana02.07.2021
Hajmi7,27 Mb.
#107015
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   636
Bog'liq
9f271df388 1585767174

 

26-mavzu. KASBIM TARIXI. 

 

 

Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matnni reja asosida so‘zlab berish. 

Tanlangan kasb haqida rivoyat yoki hikoya so‘zlab berish.  

Yozma nutq: “Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusida matn tuzish. Kasb 

taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlardan xronologik jadval tuzish. Ish jarayonidagi muloqot 

vaziyatlarini aks ettiruvchi kasbiy o‘yin ssenariysini tuzish va uni inssenirovka qilish. 

Grammatika: Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.  

Tayanch so‘z va iboralar:kimyo sanoati tarixi, maktab yaratgan olimlar,  lug‘at,  soha 

lug‘atlari, termin, birikma, leksikografiya, lug‘atshunoslik.  

Kimyoning  fan  sifatida  shakllanishini  tadqiqotchilar  Misr  bilan  bog‘lashadi.  Savdo-

sotiq,  hunarmandchilik  va  ma’naviy  aloqalar  juda  rivojlangan  bu  mamlakatda  ilm,  falsafiy 

qarashlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi yaxshi rivoj topgan. Nil bo‘yidagi Iskandariya shahrida I 

asrda  yozilgan  ko‘pgina  kimyoviy  ma’lumotlar,  jumladan,  kimyoviy  jihozlarning  ko‘rinishlari, 

kuydirish,  pishirish,  toblash,  quruq  haydash,  eritish,  kristallanish,  ajratish  va  boshqa  usullar 

haqida ma’lumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish g‘oyasi ham ilgari 

surilgan  bo‘lib,  mavhum  bu  izlanish  fanning  rivojlanishiga  ma’lum  darajada  to‘sqinlik  qildi, 

olimlar  fikrini  boshqa  amalga  oshmaydigan  yo‘nalishga  burib  yubordi.  Iskandariya 

ma’lumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat 

kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar “al” 

qo‘shimchasini  qo‘shib  mashhur  “Alkimyo”  ga  asos  soldilar.  Natijada  ko‘pgina  ilmiy  asarlar, 

kitoblar,  maqolalar  va  tajribalar  ifodalari  paydo  bo‘ldi.  Keyinchalik  bu  so‘z  yevropa 



209 

 

mamlakatlarida "Kimyo" nomi bilan ommalashdi. Muqammad Xorazmiy X asrda "Kimyo" so‘zi 



arabcha "hamoyakmi", ya’ni "yashirmoq", "berkitmoq" ni anglatadi, deydi.  

          "Alkimyo" asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo bo‘lishidagi oltingugurt-simob 

nazariyasini olg‘a surgan, ya’ni yer qa’rida quruq bog‘lanishdan oltingugurt ("metallar otasi"), 

nam bug‘lanishdan esa simob ("metallar onasi") paydo bo‘ladi degan fikrni aytadi. Ularning turli 

xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qo‘rg‘oshin, shisha hosil bo‘ladi. 

Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga o‘tkazish haqida ma’lumotlar beriladi. "Element" 

tushunchasiga ko‘ra, oltingugurt -yonuvchanlik, simob - uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni 

bildiradi. Shunga ko‘ra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr bo‘ldi. Olimning 

izdoshlaridan bo‘lgan Abu Nasr Forobiy o‘zining "Ustodi Soniy" asarida alkimyo ilmining 

yo‘nalishini ma’qullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ar-Roziy "Sirlar kitobi"da alkimyo 

ma’lum bo‘lgan moddalarni o‘rganish, asbob-uskunalarni yig‘ish va foydalanish hamda 

tajribalar o‘tkazishni keltiradi. Abu Abdullo al-Xorazmiyning "Bilimlar kaliti" kitobida kimyoga 

alohida bo‘lim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar to‘g‘risida mukammal 

ma’lumotlar keltirilgan. 

Ingliz kimyogari R. Boyl kimyoni o‘rganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar 

yordamida olingan ma’lumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, kimyoning maqsadi jismlar 

tuzilishini aniqlash, shundan so‘ng uni elementlarga ajratib, tahlilga o‘tishdan iborat bo‘lishi 

kerak.  


XIX asr kimyo fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri bo‘ldi. Natijada atom - 

molekulyar ta’limot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803-yili moddaning atom tuzilishi 

haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar o‘tkazdi. 

         Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini 

aniqlab berdi. U moddaning kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi 

esa atom deb ta’rifladi. 

XIX asrda fandagi tarixiy kashfiyotlardan biri 1869 yil D. I.Mendeleev tomonidan 

ochilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi bo‘ldi. 



 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   636




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish