Tayanch so‘z va iboralar: muammo, global muammo, odam savdosi, maqola, ilmiy
maqola, ilmiy-ommabop maqola.
Davrimizning global muammolari
Odam savdosi – asr muammosi
Bugungi kunda odam savdosi asrimizning jiddiy muammosiga aylangan. Unga qarshi
kurash xalqaro, mintaqaviy, ko‘p tomonlama munosabatlarni talab etmoqda. Hozirga qadar
jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan
Millatlar Tashkilotining bir qator xalqaro hujjatlari qabul qilingan. Ular asosida ushbu xavfga
qarshi dunyo miqyosida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Odam savdosiga qarshi kurashish uchun davlatlararo hamkorlik qilinmovda. Bu borada
2005 yili MDH doirasida "Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirish
to‘g‘risida"gi kelishuv, 2006 yilda "Odam savdosiga qarshi kurashning 2007–2010 yillarga
mo‘ljallangan dasturi" qabul qilingan.
Afsuski, dunyo bo‘ylab shuncha keng qamrovli faoliyat, tegishli targ‘ibot-tashviqot olib
borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar "zamonaviy qullik", ya’ni odam savdosi
qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi achinarli.
Ushbu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo‘layotgan asosiy omillardan biri odamlarning chet elga
borish va ishga joylashish haqida yetarli ma’lumotga ega emasligidir. Achinarlisi, o‘zga davlat,
begona bir muhitga tushib qolganlar mo‘may daromad ilinjida og‘ir jismoniy mehnatga
yollanmoqda, ayollar esa tuban va yomon ishlarga majbur etilmoqda.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 ming kishi odam
savdosining qurboniga aylanmoqda. Odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayol va
160
bolalardir. Har yili dunyo bo‘yicha 600–800 ming nafar ayol va bolalar aldov yo‘li bilan xorijiy
mamlakatlarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.
Bu jinoyatlarning asosiy sababi ma’naviy qashshoqlik, ochko‘zlik, dunyoga haddan
tashqari hirs qo‘yish va nafsiga qul bo‘lishdir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar natijasida
fuqarolarimizning turmush sharoiti uzluksiz yuksalib bormoqda, qulay ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy shart-sharoitlar yuzaga kelmoqda. Bularning barchasi shaxs erki, uning hayoti,
salomatligi va shaxsiy huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirmoqda.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 13-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasida
demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Bugungi kunda aholi migratsiyasi, shu jumladan, mamlakat tashqarisiga mehnat faoliyati
bilan shug‘ullanish maqsadidagi chiqib ketish bir qatorda salbiy oqibatlarni ham keltirib
chiqarmoqda. Bu salbiy hodisa global jarayon sifatida bizning mamlakatimizni ham chetlab
o‘tmayapti. Afsuski, fuqarolarimiz ham odam savdosi qurbonlariga aylanmoqda. Bularning
barchasi davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ushbu illatga qarshi qat'iy choralar ko‘rishni,
odam savdosiga jalb etilgan va undan jabr ko‘rgan hamyurtlarimizni muhofaza etishni dolzarb
vazifa qilib qo‘ymoqda.
Xulosa qilib aytganda, odam savdosining har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish xalqaro
va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv va o‘zaro hamkorlikka asoslansagina yaxshi samara
berishi mumkin.
Lug‘at
Global muammo – глобальная проблема
maqola – статья
xalqaro – международный
mintaqaviy – региональный
МDХ – СНГ
БМТ – ООН
yondashuv – подход
tavsif – характеристика
samara – продуктивность
bog‘liqlik – связь
Do'stlaringiz bilan baham: |