Hozirgi yoshlar mustaqillik davrida yashayapti, yurtimizda va jahonda yuz berayotgan
evrilishlar ularning hayotiy falsafasi va mo‘ljallariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Lekin davr
o‘zgarishlariga biror ma’no-mazmun yuklash yoshlarning ong-tafakkuri, dunyoqarashi, hayot
Yoshlikning hayotiy falsafasi va mo‘ljallari – ilm-fan sirlarini o‘rganish, biror-bir kasbni
puxta egallash, mamlakat oldida turgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib, o‘zining munosib
166
hissasini qo‘shish bilan xalqqa, Vatanga xizmat qilishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Buni
yoshlarimiz qancha erta anglab yetsa, unga erishish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.
Yoshlik – maqsadga erishishda muhim bosqich. Umumta’lim maktablarida, akademik
litsey va kasb-hunar kollejlari yoki oliy o‘quv yurtlarida bilim olayotgan yoshlarning hayotiy
falsafasi va mo‘ljallari to‘g‘ri shaklangan bo‘lishi mamlakat taraqqiyoti nuqtai nazaridan
strategik ahamiyatga ega. Buni har bir yosh aniq his etishi kerak.
Yoshlik – ilm-fan sirlarini bilish, kasb-hunar egallash davri. Buning uchun har bir yigit-
qiz o‘zining qiziqishi, bilim va salohiyatini hisobga olib keyingi mustaqil hayot yo‘lini
mas'uliyat bilan belgilab olishi kerak. Maqsadga erishish uchun xohish-istak, fidoyilik, sabr-
qanoat, qat'iyat, iroda ham zarur bo‘ladi.
Hayotiy mo‘ljal nima?
Yoshlar hayotiy mo‘ljallarini to‘g‘ri belgilab olishi nafaqat o‘zlarining, shuningdek, oilasi,
qarindosh-urug‘lari, mahalla-ko‘y... boringki, xalqi va Vatanining taqdirida hal qiluvchi
ahamiyatga ega.
Birinchidan, yoshlarning hayotiy falsafasi va mo‘ljallarining ilk yoshlik davridan to‘g‘ri
shakllanishi, ularning milliy-madaniy meros hamda davr o‘zgarishlari va demokratik tamoyillar
bilan mos bo‘lishi ta’lim-tarbiya sohasidagi ustuvor vazifadir.
Ikkinchidan, yoshlarning hayotiy falsafasi, mo‘ljallarining to‘g‘ri shakllanishi nafaqat
ularning o‘zlariga, ayni paytda, boshqa ko‘pgina shart-sharoit va omillarga bog‘liq.
Uchinchidan, yoshlarning hayotiy falsafasi va mo‘ljallarini to‘g‘ri belgilab olishi faqat
o‘zlarining kelajagi emas, ayni paytda, mamlakat kelajagiga ham daxldor masaladir.
To‘rtinchidan, hayotiy falsafa va mo‘ljallar ezgu maqsadlar, yuksak ma’naviyat, millatning
kelajagi, orzu-umidlari bilan hamohang bo‘lishi yoshlarga qanot bag‘ishlaydi.
Beshinchidan, yoshlar hayotiy falsafasini, mo‘ljallarini to‘g‘ri belgilab olishida yoshi
ulug‘lar, murabbiylar, har bir kishi mas'ul. Bu fuqarolik burchi va mas'uliyatining o‘zagidir.
Oltinchidan, yoshlikning hayotiy falsafasi va mo‘ljallari mazmun-mohiyatida ilm
o‘rganish, bilim olish, kasb-hunarni egallash mujassamlashadi. Shu orqali yoshlar ijtimoiy
hayotida o‘z o‘rni va mavqyeiga ega bo‘lib, mamlakat taraqqiyotida hal qiluvchi kuchga
aylanadi.
ELEKTRON VA AN'ANAVIY KITOB: mutolaada imkoniyatlar tafovuti.
Do'stlaringiz bilan baham: