157
Vazifa: 1. “Tabiat va inson” mavzuida ilmiy nutq yozing.
2.
“Ekologik muammolar” bo‘yicha “Klaster” tuzing.
RAVISH
Qanday?, qancha?, qachon? singari so‘roqlarga javob bo‘lib, harakatning holati, daraja-
miqdorini bildirgan so‘zlar ravish sanaladi.
Ravish, asosan, fe’lga bog‘lanadi va gapda ko‘proq hol vazifasida keladi.
Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi
va qanday? qachon? qayer? qancha? singari so‘roqlarga javob bo‘luvchi so‘zlar ravish
deyiladi.
Mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlar ravishlar deb ataladi.
Ravishlar belgini, miqdor yoki holatni, o‘rin, payt ma’nolarini ifodalaydigan, lug‘aviy
shakllarga ega bo‘lmagan mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘zlardir. Ular ma’nosi bilan ot,
sifat, sonlarga yaqin turadi.
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga kеrakli ravishlarni qo‘yib, gaplarni ko‘chirib
yozing.
1. Tonggi shabada … esmoqda. 2. O‘qituvchimiz mavzuni …
tushuntirdi. 3. Olya o‘rtoqlari bilan … gaplashdi. 4. Volodya uni ko‘rgani
… kеlib turdi. 5. Ikkovlari suhbatlashib … jo‘nab kеtdilar.
Qo‘yish uchun so‘zlar: mayin, yaxshi, o‘zbеkcha, tеz-tеz, shoshmasdan.
2-mashq.
Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib, gaplarni yozing va rus tiliga og‘zaki
tarjima qiling.
1. … mеn o‘zbеk tilini bilmas edim. 2. … o‘zbеk tilini o‘rgana boshladim. 3. … sеn
yangi matnning mazmunini yaxshi tushundingmi? 4. … qiyin matnlarning mazmunini aytib
bеra olmayman. 5. … univеrsitеtimizda o‘zbеk tili to‘garagi ochildi. 6. … to‘garak
mashg‘uloti yaxshilanmoqda.
Qo‘yish uchun so‘zlar: hozir, kundan-kunga, ilgari, bugun, hozircha, yaqinda, o‘tgan yili.
3-mashq. So‘roqlar yordamida birinchi ustunga payt ravishlarini, ikkinchi ustunga o‘rin
ravishlarini ko‘chiring.
Erta, oldinda, ertaga, ichkari, ichkarida, tashqari, hozir, hozirdan, hali, yuqoriga, avval,
ilgari, past, o‘rtada, chapda, chapdan, ertalab.
4-mashq. So‘roqlar yordamida aniqlab, holat ravishlarini birinchi ustunga, daraja-
miqdori ravishlarini ikkinchi ustunga yozing.
Ko‘p, tеz, oz, ko‘plab, asta, darrov, bir, oz, mo‘l, birdan, piyoda, to‘la, qattiq, ancha,
to‘satdan, tеzdan, do‘stona, botirlarcha, eskicha.
TEST SAVOLLARI
1.
So‘zlashuv uslubiga xos so‘z qo‘llangan qatorni aniqlang.
A) Eshikdan ko‘zoynak taqqan Xayri xola ko‘rindi.
B) Bizni tabriklab qo‘ying, onajon, rahbar bo‘ldik.
C) Traktorni tomorqamga oborib ishlayapmanmi, olifta-quruq!
D) Ular boshlarini ko‘tarib, suyukli muallimni tabassum bilan qarshiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: