Supermarket aravachasi
Silvan Goldman ismli savdogar xarid aravachasini 1936 yilda yaratgan. U Oklaxoma-
Sitidagi kattagina magazinning egasi edi. Goldman ba’zi buyumlar og‘ir va ko‘tarishga
noqulayligi uchun xaridorlar ularni sotib olmayotganliklarini sezib qoladi. Kashfiyot tasodifan
yuz beradi: u bir xaridor qo‘lidagi og‘ir sumkani o‘g‘li yetaklab ketayotgan o‘yinchoq
mashina ustiga qo‘yganini ko‘radi. Savdogar avvaliga oddiy korzinaga kichkina
g‘ildirakchalar o‘rnatadi, keyinroq esa mexaniklar yordamida xarid aravachasini yasaydi.
1947 yildan savdo aravachalari ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlaydi. Aravachaning
yaratilishi magazinlarning yangi turi – supermarketlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |