Kardiostimulyator
Yurak kasalligidan azob chekayotgan millionlab insonlar hayotini saqlab qoluvchi bu
uskuna ham tasodifan yaratilgan. 1941-yili muhandis Jon Xopps harbiy-dengiz flotining
buyurtmasiga ko‘ra gipotermiya sohasida tadqiqot o‘tkazishni boshlaydi. Uning oldiga uzoq
vaqt sovuq havo yoki sovuq suvda qolib ketgan odamni iloji boricha tezroq isitish yo‘lini
topish vazifasi qo‘yilgandi. Xopps odamni isitish uchun yuqori chastotali radionurlanishdan
foydalanishga urinib ko‘radi va tasodifan muzlab qolish oqibatida to‘xtab qolgan yurak elektr
ta’sirida yana ishlab ketishini aniqlaydi. 1950 yilda Xoppsning kashfiyoti asosida ilk
kardiostimulyator yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |