Antibiotiklar
1928-yilda olim Aleksandr Fleming tokcha ustida esidan chiqib qolib ketgan
stafilokokk bakteriyalari solingan idishni zamburug‘ qoplab olganligini ko‘radi. Mikroskop
ostida tekshirib ko‘rgan Fleming zamburug‘ bakteriyalarni yo‘q qilib tashlaganini aniqlaydi.
Flemingning bu kashfiyoti penitsillin ishlab chiqarilishiga turtki bo‘ladi. 1940-yildan boshlab
antibiotiklar ustida tadqiqotlar boshlab yuboriladi. Hozirda butun dunyoda sotiladigan barcha
dorilarning 15 foizini antibiotiklar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |