Mutolaa va mutolaa madaniyati
Mutolaa insonni bilimdonlik sari, suhbat topqirlik sari yetaklaydi.
Frensis Bekon
Mutolaa arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, diqqat bilan o‘qish,o‘rganish degan ma’noni
bildiradi.Tarixdan ma’lumki, inson taraqqiyoti yo‘lida erishgan darajasidan hech qachon
orqaga qaytgan emas. Qadim ajdodlarimiz hatto tasavvur qilolmagan g‘aroyibotlar hozir
ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lyapti. Demak, imkoniyatlarning cheki, orzu-umidlarning adog‘i
yo‘q.
Kitob mutolaasi haqida Gyote shunday fikr bildiradi:
a) nihoyatda mashaqqatli (darhaqiqat, kitob mutolaasi kishidan qunt va sabr, kuchli
xotira va yuksak fahm talab etadi);
b) beqiyos sharafli (kitob mutolaasi tufayli hayot qonuniyatlarini chuqur anglay borgan,
bilim doirasi kengayib, tushunchasi, dunyoqarashi o‘sgan, ma’naviy jihatdan yuksalgan);
v) huzurbaxsh (aks holda, kitob mutolaasi bilan muttasil shug‘ullanmagan bo‘lardi).
Kitobxonlik ijodiy ish va u doimiy shug‘ullanishni taqozo etadi, desam, ehtimol
ko‘pchilik ishonmas. Siz badiiy asar o‘qishga endigina kirishayotgan bo‘lsangiz, dastlabki
paytlarda voqyealar oqimini qiziqib kuzatasiz. Bu qiziqish esa asta-sekin o‘sha voqyea va
hodisalar tasviridan tegishli xulosa chiqarishga yo‘llaydi.Asarda tasvirlangan voqyelik bilan
hayot voqyeligini farqlash jonli muloqot natijasidir. Kitobxon ularni taqqoslash uchun bosh
qotiradi – o‘ylashga majbur bo‘ladi. Shu jarayonda asar voqyeligini hayolida qayta
jonlantiradi, qahramonlarning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘radi, muayyan xulosalar chiqaradi.
Ko‘rinadiki, u ham o‘ziga xos ijod qiladi.Kitobxonning ijodkorligi yozuvchi mahoratiga, yana
ham to‘g‘rirog‘i, badiiy asar saviyasiga bog‘liq.
Jamiyatda mutolaa madaniyatining tarkib topishi, shakllanishi va rivojlanishida ham
umumiy madaniyatning, ya’ni aholining yalpi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy tayyorgarlik
darajasining o‘rni va roli beqiyosdir. Shunday qilib, qayd etish joizki “mutolaa madaniyati
umumiy madaniyatning hosilaviy ko‘rinishidir”.
Mutolaa madaniyati esa, o‘z navbatida, kitobga qiziqish, odamlarning adabiyotlar bilan
kengroq tanishish rag‘bati, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo‘lishni,
shuningdek, axborot manbalaridan to‘liq foydalanishda ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni
taqozo etadi.Mutolaa madaniyati kishining manbani to‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq
olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi xususiyatlarga ega
bo‘lishini ta’minlaydi. Kitobni tanlash, uni o‘qish, avaylab saqlash, shaxsiy kutubxona tashkil
etish, o‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutolaa madaniyatiga kiradi.
Inson hayoti davomida turli manbalar – kitoblar (badiiy, ilmiy, o‘quv, ensiklopedik va
boshqa), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televidenie, radio va shu kabilar),
zamonaviy axborot texnologiyalari (Internet, elektron kitob, elektron gazeta, jurnal-qo‘llanma
100
va hokazolar), sub'ekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a’zolari, ish yoki
o‘qish joydagilar, qo‘ni-qo‘shnilar va boshqa insonlar) orqali ega bo‘linadigan turli yo‘nalish
va shakldagi umumiy ma’lumotlarni bir-biridan farqlash lozim bo‘ladi.Har qaysi davrda
mutolaa madaniyatini shakllantirish birinchi o‘rinda oilada o‘z aksini topish lozim bo‘lgan va
hozir ham ana shuni taqozo qilmoqda. Jumladan, oilada shaxsiy kutubxona tashkil etish, uni
yangi nashrlar bilan to‘ldirib borish birinchi omil sanaladi. Kimdir shaxsiy kutubxonasi
fondini boyitishni vaundan foydalanishni afzal bilsa, kimdir kitob mutolaa qilish uchun
kutubxonani tanlaydi. To‘g‘risini aytganda, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaa qilish, kitobga
bo‘lgan qiziqish biroz susaygandek go‘yo. Biroq zamon bilan hamnafas bo‘lish, shiddat
bilan kechayotgan taraqqiyot jarayoni bu muammoni o‘z-o‘zidan bartaraf etdi, desak
mubolag‘a bo‘lmas.
Kitob o‘qish, kitob bilan so‘zlasha bilish, biron-bir muammo ustida bosh qotirganda
minglab kitoblardan to‘g‘ri foydalana bilish kerak. Darhaqiqat, kitobni saralab o‘qish va
uning mag‘zini uqa bilish, kutubxonalar bilan muntazam aloqada bo‘lish, umuman, kitobni
o‘z faoliyati va ijodi bilan bog‘lay olish kabi fazilatlar har bir kishi uchun barqaror odatga
aylanishi kerak. O‘zbek xalq an'anaviy pandnomasi, buyuk mutafakkirlarning kitob haqidagi
o‘gitlari hozirgi kunda ham kishilarda xususan, yoshlarda kitobga muhabbat tuyg‘usini
tarbiyalashda, mustaqil mutolaa va fikrlashni
o‘rgatish va shu singarilarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kitob madaniyati. Ko‘pchilik yuqoridagi bu jumladan ajablanishi mumkin. Nahotki,
“Kitob madaniyati” bo‘lsa!?” Ha,bor!
Hozirgi zamon kishisi kitob asrida yashamoqda. Chunki jahonda har kuni yarim
milliondan ziyod kitob bosilib chiqadi. Buning ustiga, benihoyat ko‘p jurnallar, almanaxlar,
to‘plamlar, gazetalar… Kino, teatr, radio, televizor va boshqa xilma-xil vositalar, istasang-
istamasang, axborot berib turadi. Chor-atrofni o‘rab turgan muhit ham katta axborot
vositasidir. Mana shularning orasidan inson o‘ziga kerakligini ajratib olmog‘i lozim, bu esa
mutolaa-o‘qish madaniyati qanday va qay darajada tarbiyalanganiga bog‘liq. Shu boisdan
ham, kitob o‘qish madaniyati xususida xalq an'anaviy pandnomasining ming yillik tajribasi va
talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ayrim mulohazalarimizni umumiy planda o‘rtaga
tashlab, o‘rtoqlashishni ma’qul ko‘rdik. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kitob o‘qish
madaniyati xalqan'anaviy tarbiya usullariga ko‘ra juda keng tushuncha va bag‘oyat murakkab
muammo bo‘lib, taxminan quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi.
1) kitob tanlay olish;
2) kitobni qanday o‘qishni bilish;
3) kitob o‘qiganda nimalarga e’tibor berish va nimalarni esda saqlab qolish;
4) kerakli ma’lumotlarni qaerdan, qanday, qaysi vositalardan topish;
5) olingan bilimni yoki xabarni qanday yetkazib berish;
6) qayta o‘qish – kitobxonlik ko‘nikmasiga odatlantirish;
7) kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilish;
8) kitobni tez va sekin o‘qishni farqlay olish;
9) kitobni o‘qib, uning fusunkor olamiga kira bilish;
10) kitobni mustaqil o‘qiy bilish;
11) kitobni targ‘ib-tashviq qila bilish.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |