Topshiriq:Berilgan matnlarni o‘qing va “Nima uchun?” sxemasini to‘ldiring.
Kitob haqida afsona
Naql qilishlaricha o‘tgan zamonda bir hukmdor vaziru ulamolarini chaqirib:
“Dunyoda eng zo‘r, kerakli, hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa nima?” – deb savol
beribdi.
Birov “Dunyoda eng zo‘r narsa – qilich” desa, ikkinchisi, “Eng keraklisi – non”,
debdi. Hamma narsadan xabar beruvchi narsa – “Oynai jahon”, deguvchilar ham topilibdi.
– Uch kun muhlat beraman, – debdi podsho hech kimning javobi yoqmaganligidan
darg‘azab bo‘lib.
Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashayotganidan vazirning
xabari bor ekan. Vazir:
“Podshohning savollariga shu donishmanddan boshqa hech bir kishi javob topa
olmaydi”, – deb o‘ylabdi-da, uni izlab topib podshohning oldiga olib kelibdi.
– Dunyoda eng kerakli narsa nima? – deb so‘rabdi
donishmanddan podsho.
– Kitob! – debdi donishmand hech ikkilanmay.
– Kitob?! – ajablanibdi hukmdor.
– Ha, dunyoda eng kerakli narsa kitob, – takrorlabdi so‘zini donishmand. – Inson uchun
hayotda ikki narsa eng mo‘tabar va aziz. Bu – non bilan kitob. Shu boisdan ham non
qanchalik mo‘tabar sanalsa, kitob ham shunchalik aziz. Non – rizq-ro‘z, dasturxon ko‘rki,
hayot barakasi. O‘tmishdan hikoya qiluvchi tarix, bugunni aks ettiruvchi ko‘zgu, ertangi
kunni aytib beruvchi mo‘jiza esa kitobdir. Poklanish, iymon butunligi, ruhiy boylik ham
kitobdandir. Kitob insonning maslahatgo‘yi, doimiy hamrohidir. “Kitob ko‘rmagan odam
nodondir, kitob kirmagan uy qorong‘u zimistondir”, – deydi donishmandlar.
– Shahanshoh, donishmand bu savolingizga ham to‘g‘ri javob qildi, – deyishibdi saroy
ahli.
– Suvu quruqlikdagi hamma joylar, dunyodagi ezgu elatlar haqida xabar beruvchi
ham, seningcha, kitobmi? – achchiqlanibdi hukmdor.
– Ha, kitob, – dadil javob beribdi donishmand. – Dunyoni shundoqqina ko‘z
oldingizga keltirib qo‘yadigan ham, hech ko‘rmagan va bir umr ko‘rolmaydigan kishilar
hamda joylar bilan tanishtiradigan ham shu kitobdir. Mana meni olib ko‘ring. Men tug‘ilib
o‘sgan qishlog‘imdan boshqa hech bir joyda bo‘lmaganman. Ammo Marvdan Mashriqqacha,
Yamandan Yasargacha yaxshi bilaman, desam maqtanmagan bo‘laman. yer yuzida jamiki
odamzod bor – ularning hayoti, odatlari, rasm- rusumlaridan ozmi-ko‘pmi xabardorman.
Men kitob
o‘qishni
yoqtiraman,
chunki -
102
Bunga ana shu kitob orqali erishganman. Qur'oni Karim, Hadisi sharifning mo‘jizasini
aytmay qo‘ya qolaylik.
Donishmandning bergan javobidan qoniqqan podsho:
“Saroyimda qolib, bosh maslahatgo‘yim bo‘l”, – deb qanchalik yalinmasin,
donishmand ko‘nmabdi, undan olgan oltinlarga esa bozordan kitob xarid qilib, qishlog‘iga
qaytibdi...
Kitob bilan bog‘liq udumlardan namunalar.
Kitobni oyoq bilan bosish qat'iyan ma’n etilgan, qattiqgunoh hisoblangan. Zeroki,
kitobda ilm bor. Ilm esa favqulodda kuch-qudratga ega mo‘jiza.
Do'stlaringiz bilan baham: |