Termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/210
Sana02.07.2021
Hajmi3,15 Mb.
#106900
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   210
Bog'liq
maktabgacha pedagogika

 
Nazorat savollar 
1.  Bolalarningqurishmateriallaribilano‘ynaydigano‘yinlarigarahbarlikusullari 
qanday? 
2.  Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi? 
3.  Qurilish  materiallari  bilan  o‘ynaladigan  o‘yinlar  geometrik  jisimlarning 
xususiyatlar qanday? 
 
 
 
 
25-Mavzu:Bolani intelektual zukko bo‘lishini ta’minlash. 
Reja: 
1.  Bolaning  intellectual  qobiliyatini  o’stirishda  amalga  oshiriladigan 
mashg’ulotlar 
2.  Тarbiyalanuvchilarning intellectual qobilatinin aniqlash usullari  
 
Tayanch so‘zlar: Bolalar,rivojlanish,tarbiya,ta’lim,mashg‘ulot 


101 
 
Bolalarga  ta’lim  berishdan  maqsad  ularni  aqliy  tomondan 
rivojlantirish  bo‘lganligi  sababli  yuqoridagi  metodlardan  shunday 
foydalanish  lozimki,  ular  bolalarda  mustaqil  fikrlash,  tanqidiy  xulosalar 
chiqarishga  imkon  bersin.  Me-todlar  ta’limning  mazmuniga  qarab 
tanlanadi. Agar ta’lim berish metodini mashg‘ulotning ma’lum bir qismiga 
yoki ayrim mashg‘ulotga qo‘llanilsa, unda metod qismlarga bo‘linib, usulga 
aylanib ketadi. 
Usul—bu metodning bir qismi. Usul mustaqil vazifani hal etmaydi. Metod 
bajaradigan  vazifaga  bo‘ysunadi.  Shuning  uchun  bitta  usulni  har  xil  metodda 
qo‘llash mumkin yoki har xil tarbiyachilar bitta metodga har xil usul qo‘shishlari 
mumkin.Metodlarning  har  bir  guruhi  tarbiyachi  va  bolalar  fao-liyatining  o‘ziga 
xosligini belgilab beradi. 
Kuzatish  metodi  bolalarni  tevarak-atrofdagi  hayot  bilan  tanishtirish 
imkonini beradi, bunda bolalar ko‘rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni 
egallash imkoniga ega bo‘ladilar. Bu asosan yangi bilim berishda qo‘llaniladi. 
Kuzatish  —  bolaning  narsa,  buyum  va  voqealarni  ma’lum  maqsad  bilan 
rejali  ravishda  idrok  etishidir;  bunda  idrok,  tafakkur,  nuth  bir-biriga  faol  ta’sir 
etadi.  Kuzatish  metodi  orqali  tarbiyachi  bolalarni  narsa  va  buyumlarni  taqqos-
lashga,  sabab-oqibat  bog‘lanishlarini  farqlashga,  narsa-buyumlar  o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni  ularning  o‘ziga  xos  belgi  va  sifatlarini    ajrata    bilishga 
o‘rgatadi.Kuzatish  metodi  ma’lum  maqsadga  qaratilgan  sayr,  ekskursiyalarda, 
jonli  obyektlarni  (hayvonlar,  o‘simliklarni)  kuzatishda  yetakchi  o‘rin  egallaydi. 
Kuzatishni  bolalarning  faol  ishtirok  etishi  bilan  bog‘lab  olib  borish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Kuzatishda  solishtirish  usulidan  foydalanish  ham  yaxshi  natija  beradi. 
Agar  kuzatish  bolalarningamaliy  faoliyat-lari  bilan  qo‘shib  olib  borilsa,  yanada 
yaxshi bo‘ladi: bular tasviriy faoliyat, qurish-yasash, og‘zaki nutq, ya’ni kuzatgan 
narsalarni amalda qo‘llay bilishdir. 
Namoyish  etish  metodi.   Bu      metodda      tarbiyachi      bolalarga  narsaning 
o‘zini  yoki tasvirini ko‘rsatadi. 
Bolalarga      bilim      berishda      ta’lim      metodlari    va    ularni  tanlash 
materialning  mazmuniga,  bolalarning  yoshiga  va  tayyorgarlik  darajasiga  bog‘liq. 
Agar  tarbiyachining  oldida  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarni  buyumlar, 
hayvonlar,  qushlar      bilan      tanishtirish          vazifasi          tursa,      ularni      ko‘zdan 
kechirish,      kuzatish    yoki      tegishli      suratlar,      diafilmlardan  foydalanish  eng  
maqsadga        muvofiq        metodlardan        biridir;  agar  bolalar  hayvonni  bilsalar-u, 
lekin  uning  haqidagi  tasavvurlarini    aniqlash  talab      etilganda      suratdan   
foydalanish  maqsadga        muvofiqdir;        agar        hayvonlarning      xatti-harakati 
to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirish zarur bo‘lsa, badiiy asarlardan foydalanish 


102 
 
mumkin.  Bolalarning  yoshi  yoki  tayyorgarlik  darajasiga  qarab  tarbiyachi 
ta’limning  turli  xil  metod  va    uyeullarini    qo‘llaydi:    masalan,    kichik  guruhda  
hikoya  qilishga    o‘rgatish    uchun    suratlar      yoki      o‘yinchoqlarni      ko‘zdan 
kechirish,  o‘rta  guruhda  —  kichikroq  ertak  yoki  hikoyalarni  qaytadan  gapirib 
berish,  suratga  qarab  hikoya  qilish,  katta  va  maktabga  tayyorlov  guruhlarida  — 
reja bo‘yicha, boshlab berish bo‘yicha, xotira bo‘yicha ijodiy hikoyalar tuzish va 
hokazolar  maqsadga  muvofiqdir.  Bolalarning  ko‘nikma  va  malakalarni  egallab 
borishiga  qarab  ta’lim  metodlari  ham  o‘zgaradi:  rasm  chizishga  o‘rgatishda 
dastlab  kichkintoylar  taqlid  qilishi  ke-rak  bo‘lgan  namuna    beriladi,  keyin  esa  
bolalarning tasvir xilini o‘zgartira olishlari uchun ularga bir nechta namuna tak-lif 
qilinishi  mumkin  va,  nihoyat,  zarur  ko‘nikma  va  malaka-lar  paydo  bo‘lgandan 
keyin o‘zlari o‘ylab rasm chizishlari tak-lif qilinadi. 
Har  bir  mashg‘ulotda  tarbiyachi  usullar  birikmasidan  foydalanadi. 
masalan,  «qo‘g‘irchoqqa  uycha  quramiz»  mavzusidagi  mashg‘ulotni  o‘tkazish 
uchun  kichik  guruhda  shunday  usullar  qo‘l-laniladi:  kutilmagan  o‘yin  usuli 
(«eshikni kimdir taqillat-yapti»), buyumlarni (dastlab qo‘g‘irchoqni, keyin uning 
mebel-larini  ko‘rsatish),  ko‘rsatilganlarga  tushuntirish,  bolalarga  savol  berish 
(«stol  nima  uchun  kerak?»)  va  didaktik  o‘yin  (.o‘yin  vaqtida  bolalar  xonasini 
mebel bilan jihozlaydilar). 
Bolaning  oldida  kattalarning  obro‘si  juda  yuqori  bo‘ladi.  Bola  bilmagan 
narsasini  bilish  uchun  tarbiyachi  va  ota-onalarga  ishonch  bilan  murojaat  qiladi. 
Mana  shunda  kattalar  bolaning  savoliga,  uni  qiziqtirgan  narsa  to‘g‘risida  javob 
berishdan bosh tortsalar, bola boshqa manbalardan javob qidirishga urinadi, bular 
aksariyat ishonchsiz manbalar bo‘ladi. 
Bu bilan kattalar bolaning aqliy rivojlanishiga to‘sqin-lik qiladilar, uning 
ma’naviy o‘sishiga yordam bermaydilar. Bolani qiziqtirgan savollarga kattalar har 
doim  ham  batafsil  javob  berishlari  shart  emas,  agar  shu  savolga  bolaning  o‘zida 
yetarli bilim borligi sezilsa, u holda bolani mustaqil fikrlashga undan lozim (ya’ni 
«Qani, o‘zing o‘ylab ko‘r-chi, bu qanday narsa ekan?»). Bolaning savollari uning 
bilim  dara-jasiga  mos  bo‘ladi.  Avvaliga  unga  narsa  va  buyumlarning  nomini, 
nimaligini («Bu nima?», «Nomi nima?») aniqlovchi savollar beriladi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish