53-MAVZU
LINZALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Yorug‘likning ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishini ko‘rdik.
Amaliyotda sferik yuzalardan yorug‘likning sinishidan keng foyda -
laniladi.
Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof
jismga linza deyiladi. Odatda, linzalarni shishadan yasaladi. O‘rta
qismi chetki qismiga nisbatan qalin bo‘lgan linzalarni
qavariq,
yupqa bo‘lganlarini
botiq linzalar deyiladi. Sferik sirtlarning O
1
va O
2
markazlaridan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq linzaning bosh optik o‘qi
deyiladi (115-rasm). Optik o‘qda yotgan linza markazidagi nuqta
linzaning optik markazi deyiladi. Qavariq va botiq linzalardan nurning
o‘tishi turlicha bo‘ladi. Qavariq linzani olib, uni Quyosh nurlariga tik
holda tutaylik. Linzadan o‘tgan nurni daftar varag‘iga tushiraylik.
Linzani yuqoriga yoki pastga siljitsak, daftar yuzasidagi yorug‘ dog‘
kichrayib, nuqtaga aylanadi va undan tutun chiqadi. Demak, linzadan
o‘tgan nurlar bir nuqtada to‘planadi (116-rasm). Bu nuqtaga
Do'stlaringiz bilan baham: |