4.4-rasm. Yozish uchun ishlatiladigan bo‘rning mikrotuzilishi (x5000).
Sun’iy tog‘ gruntlari. Tog„ gruntlari tabiiy sharoitda har doim yoriqliklarga
ega bo„ladilar. Yoriqliklar gruntlarning mustahkamligini kamaytiradi,
deformatsiyasini va suv o„tkazishini oshiradi. Yoriqli gruntlarga monolit holatni
berish, yuk ko„tarish qobiliyatini oshirish va suv o„tkazishni kamaytirish uchun
jinsdagi g„ovakliklar va yoriqliklarni to„ldiradigan moddalardan foydalaniladi. Bu
maqsad uchun ko„pincha sementli va sement-gruntli eritmalar ishlatiladi,
yoriqliklarni bitumlash maqsadida yoriqli tog„ jinsi tamponaj qilinadi; ayrim
murakkab yoriqliklar suyuq shisha bilan tamponaj qilinadi (gruntlar
silikatizatsiyasi). Mustahkamlashni tanlashda qanday masala yechilayotganiga
(masalan, faqat suv o„tkazuvchanlikni pasaytirish yoki bir vaqtni o„zida
mustahkamligini oshirish), shuningdek mustahkamlanayotgan gruntning tarkibi va
tuzilishiga e‟tibor beriladi.
Qurilishda gruntlarni sementlash texnologiyasi oson bo„lgani va ishonchli
natija bergani uchun, eng ko„p qo„llaniladigan usul hisoblanadi. Amalda hamma
holatlarda, qoya tog„ gruntlarida to„g„onlar quriladigan bo„lsa, asosan
semenlashgan himoya qatlami quriladi. Bunda suv o„tkazuvchanlik 0,02-0,03 l/min
ga kamaytiriladi (boshlang„ich qiymati 2-3 l/min dan katta bo„lganda) va
jinslarning modul deformatsiyasi 1,5-2 marotaba oshadi.
Bitumlash usulini, ya‟ni gruntga skvajina orqali qaynoq bitumni purkash bir
qancha yaxshi va yomon tomoni mavjud. Bitumlar suvning faol ta‟siridan
176
qo„rqmaydi, u suv oqimining tezligi katta bo„lsa ham yoriqliklardan chiqib
ketmaydi, lekin glinali-sementli eritmalar chiqib ketishi mumkin; bitumlash
ayniqsa karslashgan karbonatli jinslarni mustahkamlashda alohida samara beradi.
Ammo bu usulni yupqa yoriqliklari bor, filtratsiya koeffitsiyenti 60 m/sut dan
kichik bo„lgan jinslarda qo„llash mumkin emas. Undan tashqari, issiq bitumni
qo„llash ishlab chiqarishda qiyinchilik tug„diradi va texnologik jarayonlarni
qimmatlashtiradi. Shuningdek eslatib o„tish kerakki, bitum plastik bo„lgani uchun
yuk uzoq vaqt ta‟sir qilganda yoriqliklardan chiqib ketishi mumkin.
Suv o„tkazuvchanligi kam bo„lgan yoriqli alevrolit, mergel va boshqalar
kabi gruntlarni mustahkamlash uchun silikatizatsiya – yoriqliklarga kimyoviy gel
hosil qiluvchi eritma (suyuq shisha) va boshqa har xil qotuvchilar quyish usuli
qo„llaniladi. Shu asosida hosil bo„lgan tamponaj eritmalari yuqori suv
o„tkazuvchanlikka ega bo„ladi, shuningdek qotgan gellar yer osti suvlarining faol
ta‟siriga mustahkam bo„ladi. Silikatizatsiya usulini texnologik jarayonlari bo„yicha
sodda, hamma qo„llaniladigan moddaning narhi yuqori bo„lgani uchun ulardan
foydalanish chegaralangan bo„ladi.
Dispers gruntlarni mustahkamlash usullari ularni mineral va granulometrik
tarkibiga, g„ovaklik o„lchamiga bog„liq bo„ladi. Yirik donali gruntlar kimyoviy
inert va katta g„ovaklikka ega bo„lib, sementli eritma bilan yaxshi
mustahkamlanadi.
Qumli
gruntlarni
mustahkamlash
uchun
ohaklash,
silikatizatsiya, karbamid smolasi va boshqalar ishlatiladi. Qovushqoq moddani
lyossimon va gilli gruntlarga kiritish juda qiyin, chunki kichik g„ovaklidagi
gruntlar amalda eritma o„tkazmaydigan bo„ladi. Bunday gruntlarni tabiiy sharoitda
mustahkamlash uchun suyuq shisha, furfurolanilinli smola, akrilit va boshqa
polimerlardan foydalaniladi.
Agar
kimyoviy
reagentalarni
gruntlarning
qandaydir
xususiyatiga
(almashinuv ionlari tarkibi, rN va boshqalar) asosan kiritib bo„lmasa, gruntga har
xil fizik maydonlarning ta‟sir qilishiga asosalangan, birinchi galda elektrik va
haroratli usullar qo„llaniladi. Birinchi usulda mustahkamlash elektrkimyo usuli
bilan bo„ladi, ikkinchi galda amaldagi vazifaga bog„liq bo„lib, grunt yoki
177
kuydiriladi, yoki muzlatiladi. Xususan muzlatish usuli, suv shimgan qumlar va
oquvchan qumlarda shaxtali stvollarni va tonellarni qurishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |