Zarralarning o’lchamiga bog’liq cho’kindi jinslarni nomi
Zarraning o„lchami
Cho„kindi jinslar
Granullashgan yoki katta (zarraning
o„lchami 2-4 mm yoki katta)
Konglomerat
Qum
Qumtosh
Chang yoki gil
Alevrolit va argellit
Donali sementlashgan gruntlar. Qattiq kristallizatsion bog„langan donador
tog„ jinslarining guruhi keng tarqalgan bo„lib, konglomeratdan argillitgacha
bo„lgan har xil granulometrik tarkibli mahsulotlarni qamrab oladi. Ularning
muhandis-geologik xossalari avvalambor sementlashtiruvchi moddaga, sement
miqdoriga va uning turiga bog„liq. Eng keng tarqalgan sementlar tarkibiga kvarsli,
temirli, karbonatli va gillilar kiradilar. Tabiatda kvarsli va temirli sementlashgan
jinslar nisbatan kam uchraydi. Odatda ularning mustahkamligi va turg„unligi
171
sementlashadigan donalarning mustahkamligidan kam bo„lmaydi, ayrim hollarda
ulardan yuqori bo„lishi ham mumkin. Karbonatli sement ham yuqori
mustahkamlikka ega, lekin ular suvda eriydi. Sementlashgan jinslarning fizik-
mexanik xossalarini baholashda sulfatli va galoidli sementlarning yuqori
eruvchanligini alohida hisobga olish kerak. Gilli sement kam mustahkamlikka ega.
Faqat kuchli katagenezga uchragan gilli moddalar qayta kristallashuvi natijasida
tog„ jinslarining mustahkamligi oshishi mumkin.
Cho„kindi mahsulotlarda qattiq strukturali bog„liqlik dispers cho„kindilarga
yuqori bosim, harorat, yer osti suvlari va g„ovaklik eritmalari ta‟siri natijasida
katagenez jarayonida shakllanadi. Katagenez jarayonida jinslar zichlashishi,
suvning siqib chiqarilishi yuz beradi, fizik-kimyoviy sharoiti o„zgaradi, karbonatli,
kremniyli va boshqa moddalar cho„kindiga o„tiradi, mineral tarkibi o„zgaradi.
Katagenez – cho„kindi jinslar petrografiyasida va gruntshunoslikda katta
ahamiyatga ega bo„lgan murakkab geologik jarayondir. Muhandis geologik nuqtai
nazardan: katagenez natijasida cho„kindi jinslar zichligining oshishi, ularning
g„ovakligining kamayishi, suv o„tkazuvchanlik tavsifining o„zgarishi, fizik-
mexanik xossalari ko„rsatkichlarining oshishini ta‟kidlash kerak. Nihoyatda
natijada, cho„kindi tog„ jinslari yangi sifatga ega bo„ladi – qoya tog„ jinsiga
aylanadi.
Katagenez jarayonida cho„kindi tog„ jinslarining fizik-mexanik xossalari
shakllanishida gravitatsion zichlashish va u bilan birga kechadigan jarayon
degidrotatsiya muhim ahamiyatga ega. Degidrotatsiya natijasida g„ovaklik
suvlaridan sementlashgan moddalar (kremnezyom, karbonat kalsiy va b.) ajralib
chiqadi. Tektonik jarayonlar juda muhim ahamiyatga ega, ular natijasida jinslar bir
tomonlama yuqori bosim ta‟siriga uchraydi va yangi xossaga ega bo„ladi.
Katagenezda cho„kindi jinslarning o„zgarishi bir necha bosqichda olib
boriladi. Ularning har birida jinslar strukturasi, tarkibi va xossalarining o„zgarishi
tavsiflidir.
Donali jinslar asos zarralarini o„lchamiga qarab yirik donalilarga
(konglamerat, gravelit, brekchiya), mayda donali (har xil qumlar), changli va gilli
172
(alevrolit va argellit) bo„linishi mumkin. Yirik donali sementlashgan jinslar orasida
eng mashhurlari konglomeratlar bo„lib, qalin qatlami tog„ hosil bo„lish jarayonida
yuzaga keladi. Ular erta paleozoy davridan boshlab hamma stratigrafik tizimdagi
yotqiziqlarda ma‟lum. Konglameratlar Yuqori Amur havzasida va O„rta Osiyoda
gidrotexnik qurilish munosabati bilan ko„proq o„rganilganlari.
Norin daryosi havzasidagi to„rtlamchi davr konglameratlari har xil sementga
(ohaktoshli, ohaktoshli-gilli, ohaktoshli-temirli) ega, shuning uchun ularning
vaqtinchalik siqilishga qarshiligi keng miqdorda (3 dan 25 MPa gacha) o„zgaradi.
Konglomeratlar sovuqqa chidamsiz. Uch siklli muzlash va erishdan so„ng nam
shimgan namunalardagi sement buzilgan. Quruq konglomeratlar qurilish
kotlovanini qurishda turg„un vertikal qiyalikni saqlagan.
Qumtoshlar yer qobig„ida eng ko„p tarqalgan donador tog„ jinsi tarkibiga
kiradi, ular tarkibi, strukturasi va teksturasi bo„yicha xilma xildir. Dengiz
platformali yotqiziqlar orasida mineral tarkibi bo„yicha kvarsli qumtoshlar eng
ko„p tarqalgan hisoblanadilar. Geosinklinal va orogenli mahsulotlar uchun yomon
ajratilgan, bo„sh silliqlangan donali polimineral tarkibli qumtoshlar tavsiflidir.
Donasining o„lchami va fraksiyalari nisbati bo„yicha qumtoshlar quyidagilarga
farqlanadi: bir xil (yirik-, o„rtacha-, mayda- va nozik zarrali) va har xil turdagilar.
Qumtoshlar sementini (kvarsli, karbonatli, temirli va b.) tarkibi bo„yicha ham har
xil bo„lishi mumkin. Bu hamma omillar qumtoshlarning fizik-mexanik xossalariga
ta‟sir qiladi va ularning miqdorlarida katta farq bo„lishiga olib keladi.
Regeneratsiya turidagi kremniyli va temirli sementlashgan kvarsli
qumtoshlar eng katta mustahkamlikka ega. Ularning siqilishgi qarshiliga odatda
150-200 MPa dan oshadi, kvarslashgan qumtoshlarniki g„ovaklik 2% dan kam
bo„lganda 300 MPa ga yetadi. Eng kam mustahkamlikka ega bo„lgan qumtoshlarga
gilli sementlar bilan sementlashganlar kiradi. Ularning g„ovakligi 40% ga yetishi
va, siqilishga qarshiligi bir MPa ga ham teng bo„lishi mumkin.
Sementlashgan changli va gilli gruntlarning tarkibiga alevrolit va argillitlar
kiradi. Alevrolit va argillitlar qumtosh-changli (4.3-rasm) va gilli dispers
173
jinslarning zichlashishi, degidratatsiyasi, kolloidlarining kristallashuvi natijasida
hosil bo„ladi. Ular platformali va egilmali viloyatlarda ko„proq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |