4.3-rasm. Qumtosh va alevrolitlarning mustahkamlik va zichligi orasidagi
o‘zaro bog‘liqlik.
Ko„pchilik hollarda muhandis-geologik amaliyotda alevrolitlar va argillitlar
qumtoshga qaraganda yomon ko„rsatkichga ega bo„ladi deb qaraladi. Bu ularda
aniq ajralib turuvchi qatlamlar borligi bilan tushuntirilishi mumkin, shunga binoan
ular katta anizotrop xossasiga ega. Bazalt yuzasida alevrolit va argillitlar yengil
nuraydi, natijada ko„pincha tog„ yon bag„irlarida harakatchan ko„chkilar hosil
bo„ladi. Shu bilan birgalikda massivli alevrolitlarning mustahkamligi qattiq qum
toshlarnikiga tenglashadi, undan ham oshishi mumkin.
Kimyoviy cho„kindi va biokimyoviy (organogaenli) gruntlar. Kimyoviy va
orogen sementlashgan jinslar suvli havzalarda suvdan kimyoviy, biokimyoviy yoki
aralash yo„l bilan eritilgan moddalarning ajralib chiqishi bilan hosil bo„ladi.
Odatda ular qattiq kristallashgan strukturali bog„liqlikka ega bo„ladi va fizik-
mexanik xossalari bilan qoya tog„ jinsi sinfiga kiradi, ammo ularning xossalari
keng diapazonda litifikatsiya darajasiga bog„liq holda o„zgaradi. Ionli strukturali
bog„liqlikning bo„lishi natijasida, ularning eruvchanligi ortadi va jinsning suvga
mustahkamligini kamaytiradi. Shuning uchun muhim muhandis-geologik
ko„rsatkichlari bo„yicha gruntlar to„rtta turga bo„linadi: 1) amalda suvda
erimaydigan kremniyli; 2) suvda faol karbonat kislotalari bo„lganda eruvchanligi
174
litrda o„nlab va yuzlab milligramdan oshadigan karbonatlilar; 3) xlorli natriy
bo„lganda eruvchanligi litrda grammga yetadigan sulfatlilar; 4) litrda yuzlab gram
eruvchi galloidlar. Bu jinslarning eruvchanligi kimyoviy tarkibidan tashqari jins
strukturasi va teksturasiga, suv o„tkazuv-chanligiga; suvning tezligi va
harakatining tavsifiga, uning haroratiga va kimyoviy tarkibiga, shuningdek boshqa
omillarga bog„liq bo„ladi.
Kremniyli gruntlar. Kremniyli jinslar mel va paleogen yoshidagi yotqiziqlar
ichida keng tarqalgan. Ular dengiz havzalarining shelfli hududida, iliq iqlim
ta‟sirida, kimyoviy nurash faol kechganda, juda katta miqdorda dengizga kremniy
kislotasi olib chiqilganda hosil bo„lgan. Ularning asosiy qismi dengiz havzasiga
eritma holida qo„shilib, skelet qoldig„i kremniyli jinslar shakllanishi uchun asosiy
jins hosil qiluvchi material bo„lgan diatomlarning rivojlanishiga sababchi bo„ladi.
Kremnezemning ayrim qismlari sedimentatsiya suv havzasiga gel ko„rinishida
qo„shilib, diagenez bosqichining boshidan vaqt o„tishi bilan jinslarga strukturali
mustahkamlik bera boshlagan.
Karbonatli gruntlar yer qobig„ida keng tarqalgan. Ular har xil fizik-
geografik sharoitda va geologik-strukturali hududda hosil bo„lib, amalda hamma
stratigrafik sathda uchraydi.
Karbonatli jinslarni muhandis-geologik o„rganishga katta ahamiyat berilishi
faqat uning qurilishda ko„p ishlatilishi bo„lmasdan, ularning karstallashish
qobiliyati uchun hamdir. Kirstallashgan qatlamlarni mufassal o„rganish
gidrotexnik, yo„l, sanoat-shaharsozlik qurilishlari, foydali qazilma konlarini qazish
va yer osti inshootlarini qurish bilan bog„liqdir.
Karbonatli jinslar ichida eng keng tarqalgani ohaktoshlar va dolomitlar,
qisman kamroq bo„lsa ham, ayrim joylarda katta yotqiziqlar hosil qilib, bo„rlar
(4.4-rasm) tarqalgan. Ohaktoshning toza xilidan tashqari, ko„plab aralash turlari
bo„ladi.
Sulfatli va galoidli gruntlar. Sulfatli (gips, angidrit) va galoidlar (galit,
silvinit, karnallit) jinslar mustaqil yirik jismni hosil qiladi, ayrim hollarda linza va
qatlamcha ko„rinishida uchraydi.
175
Do'stlaringiz bilan baham: |