Mayda donali (qumli) gruntlar. Qumli gruntlar monomineral tarkibli
o„lchami 0,05-2 mm bo„lgan ko„p miqdordagi zarralardan iborat bo„ladi. Ularda gil
zarralari miqdoi 5% dan oshmaydi. Quruq holatda ular odatda sochiluvchan, nam
holatda uncha katta bo„lmagan bog„liqlikka ega bo„ladi. Qumli gruntlarning ayrim
suvga to„yingan turlari oquvchan xossaga ega bo„ladi.
Qumli gruntlarning muhandis-geologik xususiyati (xususan, suv o„tkazish va
surilishga qarshilik qiymatlari) ularda graviy-galechnikli va changli zarralarning
bor yoki yo„qligiga qarab kuchli o„zgaradi, shuningdek qum zarralari yirikligiga
bog„liq bo„ladi. Shuning uchun qumli gruntlarning tarkibini tavsiflaydigan
xususiyatlarini ularni turlarga bo„lish uchun asos qilib, graviyli, toza va changli
qumlar uchun olingan. Bundan tashqari, qumli gruntlar guruhiga yengil supeslar
ham kiritilgan, bunda qumli gruntlar asosiysi hisoblanadi, ularda gil firaksiyalarini
miqdori 3-5% dan oshmaydi.
Qumlarni granulometrik tarkibi kerakli darajada xilma xildir. Uning
xususiyati joyning tektonik holati va tartibi keng tarqalgan jinslar tarkibi, iqlim
sharoiti va qumli yotqiziq genezis bilan aniqlanadi. Tog„-buramali tumanlarda, har
xil genezisli (allyuvial, prolyuvial, gravitatsion, suv-muzli va b.) yotqiziqlar
kesimida graviyli, yirik va o„rta yiriklikdagi qumlar ko„p tarqalgan. Shuningdek
ular harakatchan platformalar (masalan, G„arbiy-Yevropa platformasining Boltiq
shiti) atrofida keng tarqalgan. Bu tumanlarda qumlar tarkibining ko„proq qismi
flyuvioglasial, dengiz va allyuvial yotqiziqlarining yuvilishi natijasida hosil
bo„lgan. Bu turdagi qumlar allyuvial yotqiziqlarning qatlamli kesimning eng
quyida yotadilar (perlyuviy fatsiyasi), ularning yuqorisida kerakli darajada bir xil
182
bo„lgan o„rtacha, mayda va changli qumlar (o„zanli, ayrim hollarda qayirli fatsiya)
yotadi.
Qumlar granulometrik tarkibining genezisiga bog„liqligi akkumulyatsiya va
chiqib ketish hududi bitta bo„lgan tumanlarda yaxshi ko„riladi. Masalan, ko„pchilik
tumanlarda, to„rtlamchi davrda qitani muz bosishida, eng yirigi flyuvioglasialli
qumlar hosil bo„lgan. Yosh jihatdan kichik bo„lgan allyuvial qumlar, qadimgiroq
flyuviolgilatsion yotqiziqlarning yuvilishi va daryolar bilan qayta yotqizilishi
natijasida hosil bo„ladi. Ularning tarkibi odatda ko„proq bir xil va dispersli bo„ladi.
Dengiz qirg„oqlari va daryolarning dengiz havzasiga quyiladigan joylaridagi
qumlar ko„proq dispers tarkibli bo„ladi.
Qumlarning mineral tarkibi ham har xil bo„ladi. Ularning tarkibida juda
ko„p minerallar uchraydi, ammo ulardan 25-30 tasi amalda ahamiyatga ega bo„lgan
miqdorda bo„ladi. Groutning ma‟lumotiga asosan, qumli gruntlarning o„rtacha
mineral tarkibi quyidagicha: kvars – 70%, dala shpati – 8, kalsit – 7, dolomit – 3,
xlorit – 1, qolgan minerallar – 11% bo„ladi. Bu ma‟lumotlar qum tarkibida kvars
va dala shpati asosiy ahamiyatga ega ekanligini ko„rsatadi.
MDHning ko„pchilik tumanlaridagi qumli gruntlar sho„rlanmagan
hisoblanadi. Ularda yengil- va o„rta eriydigan tuzlarning miqdori foizning yuzdan
bir ulushiga teng. Ammo O„zbekistonda tarkibida yengil eruvchi tuzlar miqdori
0,3% dan ko„p bo„lgan qumlar ham uchraydi. Ular kontinental yoki dengiz yo„li
bilan hosil bo„lgan bo„lishi mumkin. Ularda sho„rlanish genezisi xilma xildir.
Dengiz qumlarining qatlamlarida singenetik qumli tuzlar rivojlangan, ular arid
sharoitda (bunday qumlar Kaspiy dengizi qirg„oqlarida) diagenezning erta
bosqichida rivojlanganlar. Alyuvial, prolyuvial va boshqa turdagi qumlar
qatlamida tuz miqdorining ko„p bo„lishi, odatda, kontinental sho„rlanishli, yer osti
suvlari sathining tabiiy yoki antropogen sabablar bilan oshishiga bog„liq.
Qumlarning alyuvial, prolyuvial va boshqa turidagi qatlam-laridagi tuzlarning katta
miqdori hosil bo„lishi, odatda, tabiiy yoki antropogen ta‟sirlar natijasida yer osti
suvlari ko„tarilishi bilan bog„liq.
183
Qumlarning namligi 1-2 dan 5-35% gacha o„zgaradi. Kesimning yuqori
qismida (kapillyar sathi tepasida) qumlarda uncha katta bo„lmagan – 1-5% namlik
bo„ladi. Kapillyar namlanish hududida qumlarning namligi qonuniy o„zgaradi va
grunt suvlari sathida maksimum qiymatga yetadi. Suvga to„yingan hududda
namlik, odatda 25-30%ni tashkil qiladi. Qumlar va yengil supeslardagi suvlar fizik
holati bo„yicha kapillyar va gravitatsion turlarga taalluqlidir. Ko„pchilik
tumanlarda qumlar g„ovaklikdagi namlikda uncha ko„p bo„lmagan tuzni saqlaydi.
Ammo, aridli tumanlarda g„ovaklik suvlari kuchli minerallashgan (nomokopgacha)
bo„ladi. Yuqori minerallashuv dengiz qirg„oqlarida rivojlangan qumlardagi yer osti
suvlari uchun ham tavsiflidir.
Yengil eruvchi tuzlar va organik moddalari bo„lmagan, kvarsli yoki dala
shpatili-kvarsli tarkibli eng keng tarqalgan qumli gruntning qattiq zarrasining
zichligi ko„pincha 2,65-2,66 g/sm
3
ga teng bo„ladi. Yengil eriydigan tuzlarni,
shuningdek alohida organik moddalarning bo„lishi bu ko„rsatkich qiymatini
kamaytirib yuboradi (2,55-2,66 g/sm
3
gacha, ayrim hollarda undan kam).
Qumli gruntlarning skeleti zichligi keng diapazonda o„zgaradi: 1,45-1,50
dan 1,80-1,85 g/sm
3
gacha va ayrim hollarda undan yuqori. Ko„p miqdorda
organik moddalari bo„lgan qumlarda zichlik miqdori 1,20-1,35 g/sm
3
gacha
kamayadi. Hamma turdagi qumlar kesimida bu ko„rsatkich miqdori 1,55-1,75
g/sm
3
ni tashkil qiladi. Bir xil bo„lmagan har xil tarkibli qumlarda skelet zichligi
odatda yuqori bo„ladi.
Qumlarning umumiy g„ovakligi 25-30 dan 50-55% gacha o„zgaradi.
Ko„pincha uning miqdori 35-45% atrofida bo„ladi. G„ovaklik qiymati, odatda,
qumli gruntlarning dispersligi oshishi bilan oshadi. Masalan, yirik qumlarning
g„ovakligining o„rta arifmetik qiymati hozirgi Nadim daryosi kesimida (G„arbiy-
Sibir plitasining shimoli) 39%, o„rta yiriklikdagi qumlarda - 41, mayda donalida –
42, changlida – 45, yengil supeslarda – 50% (bunday qonuniyat allyuviyalli
terrasalar poymasiga ham xosdir)ni tashkil qiladi. Qumli gruntlarda g„ovaklikning
o„lchami, aksincha ularning dispersligi oshishi bilan oshadi:
Mio„er
tekisligidagi
allyuvialli o„rtadonali qumlarning o„rtacha o„lchami, P.I.Fadeev bo„yicha 88 mkm
184
ni tashkil qiladi, yengil supeslarda – 48 mkm. Qumlarning bir xil bo„lmaslik
darajasining oshishi g„ovaklik o„lchamining kamayishiga olib keladi.
Qumli gruntlarning o„ziga xos xususiyati – ularning nisbatan yuqori suv
o„kazuv-chanligidir. Changli qumlarning filtratsiya koeffitsiyenti odatda 1 m/sut
dan oshmaydi. Mayda va o„rta zarrali qumlarda mos ravishda u 1-5 va 5-25 m/sut
ga teng. Yirik donali qumlarda uning qiymati 40-50 m/sut ga yetishi mumkin. Eng
katta filtratsiya koeffitsiyenti – 80-100 m/sut graviyli qumlar uchun tavsiflidir,
ayrim hollarda undan katta bo„lishi mumkin.
Qumlarda kapillyar ko„tarilish 3-12, o„rta donalilarda – 15-35, mayda
donalilarda – 35-100 sm ga yetishi mumkin. Supeslarda kapillyar ko„tarilish
balandligi 1-1,5 m ga teng bo„ladi. Ta‟kidlash joizki, bir xil granulometrik tarkibli
va tuzilishli, har xil genezisli qumlarda kapillyar ko„tarilish balandligi orasidagi
farq uncha katta emas.
Qumli gruntlarning siqilishi strukturasi bog„langan gruntlarga nisbatan kam
bo„ladi. Statik kuch ta‟sirida ular juda bo„sh zichlashadilar. Dinamik yuk ta‟siri
qumli gruntlarda jadal tebranma zichlashishga olib keladi, ayniqsa bo„sh va o„rta
zichlikdagi qumlar uchun bu tavsiflidir.
Qumli gruntarning deformatsiya moduli 10 dan 45-50 MPa gacha o„zgaradi.
U qonuniy ravishda qumlarning dispersligi oshishi va uning zichligi kamayishi
bilan kamayadi.
Qumli gruntlarning surilishga qarshiligi gilli va lyossli gruntlarga nisbatan
sezilarli yuqori bo„ladi. U qonuniy ravishda disperslikning kamayishi va qumning
zichligi ortishi bilan ortadi. Suv filtratsiyasi bo„ladigan qumli yon bag„irlarda
mustahkamlik 15-30% ga kamayadi. Buning asosiy sababi zarralarni yon bag„ir
bo„yicha pastga suruvchi gidrodinamik bosim ta‟siri hisoblanadi.
Qumli gruntlarning o„ziga xosligi – tog„ kovlanmalarini ochishda
oquvchanligi yoki suvga to„yingan qumlarning va supeslarning qovushqoq holatga
o„tishidir. Bu hodisa ko„pincha filtratsiyali oqimning gidrodinamik bosimi ta‟sirida
ro„y beradi. Qumlarning qovushqoqligiga va ularning harakatchang holatga
o„tishiga sabab qumli-kalloidli teksotropli gruntlar ta‟siri hisoblanadi. Bunday
185
ta‟sir kerakli darajada allyuvial yotqiziqlar orasida, ayniqsa eski, delta, leguna va
ko„lli qumlarda ko„p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |