1. Shoirning hayoti va ijodi haqida gapirib bering.
3. Uning Vatan, tabiat va bolalar o‘yinlari haqidagi asarlarining
227
CHEÒ EL BOLALAR ADABIYOÒI
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas
bir bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har
tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining o‘rni, ahamiyati
katta. Negaki, tarjima asarlarini o‘qigan har bir yosh kitob-
xonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‘sha xalqning
yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari
bilan oshna bo‘ladilar.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o‘tib,
dillarni yashnatib yurgan „Qizil Shapkacha“(Sh. Perro), „Ro-
binzon Kruzo“ (D. Defo), „Gulliverning sayohatlari“ (J. Svift),
„Dyumchaxon“ (H. Andersen), „Oltin baliq“ (A. S. Pushkin),
„Òom Soyyerning boshidan kechirganlari“, „Shahzoda va gado“
(M. Òven), „Kapitan Grant bolalari“, „Ostin-ustin“
(S. J. Vern),
„Don Kixot“ (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olam-
ga nisbatan qiziqishlarini jo‘sh urdirib yuboradi.
XX asrda bunyod etilgan „Maugli“ (R. Kipling), „Kichkina
Shahzoda“ (A. De Sent — Ekzyuperi), „Katta va kichik Karlson“
(A. Lindgren), „Òoshkent — non shahri“ (A. Neverov), „Vinni
Pux“ (A. Miln), „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“ (S. Marshak),
„Uch baqaloq“ (Y. Olesha), „Quvnoq japbaqlar“ (B. Kerboboyev),
„Doktor Aybolit“ (K. Chukovskiy), „Òemur va uning komandasi“
(A. Gaydar), „Chi pollinoning sarguzashtlari“
(J. Rodari), „Styopa
amaki“ (S. Mixalkov), „Kim bo‘lsam ekan?“ (V. Mayakovskiy),
„Bilmasvoy quyosh shahrida“ (N. Nosov) singari olam kezib yur-
gan asarlar o‘zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir
o‘rgatadi, nimagadir da’vat etadi. Bu asarlarning ko‘pchiligida ona-
Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish
(„Uch baqaloq“), noshukur bo‘lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga
quloq solish („
Ahmoq sichqoncha haqida ertak“),
tabiatga buyuk
mehr („
Maugli“), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish
(„ Doktor Aybolit“), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam
ko‘rsatish („Òemur va uning komandasi“), o‘ziga pishiq-puxta
bo‘lish, ichki sirlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik („Qizil
Shapkacha“), namunali o‘qish, kasb-hunar egasi bo‘lish („
Kim
bo‘lsam ekan?“), sergak, tadbirkor bo‘lish hamda quvnoqlikka
intilish („Quvnoq japbaqlar“)dek oliyjanob g‘oyalarning yotishi
bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo‘lgan qiziqish va
ishtiyoqlarini o‘stiradi.
228
Bir misol. Italiyaning butun jahon bolalari taniydigan J. Ro-
dari (1920 — 1980) degan yozuvchisi bor. Uning „Chi pollino-
ning sarguzashtlari“ degan ajoyib asarini bolalar huzur qilib
o‘qiydilar. Qarang, Chiðollino Chiðolonining o‘g‘li edi. Uning
yettita akalari ham bor edi. Chi pollotto, Chiðollochcho, Chi-
ðolluchcho va boshqa piyoz xonadonining Chiðolotto o‘g‘illari
shular jumlasiga kiradi. Ayonki, qayerda piyoz bo‘lsa, o‘sha yerda
ko‘zlarda nam bo‘ladi. Chiðollinolar uncha keng bo‘lmagan bir
yashikning ustidagi joyda istiqomat qilar edilar. Mabodo,
bularning uylarining oldilaridan olifta zodagonlar o‘tib qoladigan
bo‘lsalar, darhol dastro‘mollari bilan burunlarini berkitib, ko‘zla-
ridan yosh oqizib o‘tib ketar edilar. Negaki, ular piyozning
achchiq hidiga chiday olmas edilar-da!
Ana shunday quvnoq kuychi J. Rodarining „Hunarning hidi
qanaqa?“ degan bir she’ri bog‘chalarimiz dasturidan uzoq yillar-
dan beri joy olib keladi. She’r quvnoq misralar asosiga qurilgan.
Har qanday o‘quvchini bir o‘qishda, tinglashda o‘ziga rom etib
oladi. Boshda kitobxon: „Iya, hunarning ham hidi bo‘ladimi?“ —
deydi. Lekin she’rni o‘qigach, tinglagach, Rodariga ishonadi, qoyil
qoladi, xulosa chiqaradi. Keling, eng yaxshisi „Hunarning hidi
qanaqa?“ni hammamiz yana bir bor qayta boshdan o‘qib qo‘ya
qolaylik:
Har hunarning o‘zicha
Bordir hidi — belgisi.
Novvoyxonadan kelar
Xamirturushning isi.
Ustaxona yonidan
O‘tib qolsang-chi agar, —
Yangi taxta, payraha
Hidi dimoqqa tegar.
Bo‘yoqchida bo‘yoqning
Hidi bo‘ladi har xil.
Oyna quchog‘idan ham
Zamaska hidi anqir.
Shofyorning kurtkasida
Benzin hidi bor doim.
Ishchining kiyimidan
Kelar mashina moyi.
Bunday asarlarni yosh kitobxon qancha ko‘p o‘qisa, shuncha
ko‘p ma’naviy oziqa oladi.
Qandolatchidan esa
Mag‘izning hidi kelar.
Doktorning xalatidan
Anqir xushbo‘y dorilar.
Omoch ortidan asta
Dalada yurar dehqon.
Òuproq va o‘tloq hidi
Bo‘lar unda har qachon.
Baliqchining egnidan
Dengiz hidi chiqqanday.
Faqat bekorchilarning
Hidi bo‘lmas hech qanday.
Ishyoqmas boy qanchalik —
Atir sepsin, behuda!
Bolalar! Uning hidi
Qo‘lansa bo‘lar juda!