Mahkam Mahmud


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana30.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#105311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Darsni mustahkamlash uchun savollar

1. Hamza  Imonberdiyevning „Òarbiyachi“ asari qanday tarbiyaviy

ahamiyatga ega?

2. Shoirning quyi sinf yoshidagi o‘quvchi bolalarga bag‘ishlangan yana

qaysi she’rlarini bilasiz?

3. H. Imonberdiyevning „Adolat kaliti“ ertagidan siz o‘zingizga

qanday xulosa chiqardingiz?



208

Rustam Nazar

1

(1949 — 2011)

Bolalar ijodkorlaridan biri Rustam Nazar 1949-yilda Xorazm

viloyatining Hazorasp tumanida tug‘ilgan. Respublika rus tili va

adabiyoti institutini tugatgach, maktabda o‘qituvchilik qilgan.

Keyinchalik turli gazeta tahririyatlarida ishlagan.

„Men turli adabiy janrlarda kuchimni sinab ko‘rdim, lekin

o‘zimni aynan bolalar adabiyotida kashf etdim, — deb yozgan edi

shoir. — Bolalar uchun she’r mashq qila boshlaganimda yoshim

o‘ttizdan oshgandi... Ammo o‘sha davrda bolalar adabiyotining,

xususan, she’riyatining badiiy saviyasi yuqori emasdi. Bunga sho‘ro

mafkurasining ham ta’siri bor edi, albatta. Bolalar adabiyoti

deganda, asosan:

Oq paxta, oppoq paxta,

Biz senga inoq paxta! —

kabi deklamatsiya ruhidagi quruq she’rlar tushunilardi. Faqat

70—80-yillarda Anvar Obidjon, Òursunboy Adashboyev, Ab-

dusaid Ko‘chimov, Miraziz A’zam, Hamza Imonberdiyev, Kav-

sar Òurdiyeva kabi shoirlar mag‘zi to‘q, fikrlovchi she’riyat namu-

nalarini yaratib, bolalar adabiyoti oqimini yangi o‘zanga bu-

rishdi“.


Rustam Nazarning o‘zi ham shu o‘zanda oqdi, suzdi, quloch

otdi. Faol izlandi, intildi, kashf etdi. Aytish mumkinki, shoirning

deyarli har bir she’ri oxorli, yangi topilmadek. Misollarga muro-

jaat qilaylik.

„Sumalakjon, sumalak“ deb berilib, ich-ichidan suyunib,

kun bo‘yi qo‘shiq aytib yurgan qizchaning onasi qishloqdan

1

Bo‘lim bolalar shoiri Ò. Adashboyev bilan hamkorlikda yozilgan.




209

sumalak olib keladi. Akalari uni talashib, paqqos yeb qoyishadi.

Qizcha esa, bundan hayron bo‘lib qoladi:

Qizcha xomush, jim edi,

Bilmasdi ne deyishni.

Istamasdi qo‘shiqqa,

Non botirib yeyishni!..

She’rdagi kutilmagan xulosa kishini yoqimli seskantirib,

beixtiyor xushyor torttiradi. Yosh qizchaning soddaligi zamiridagi

beozorlik, beg‘uborlik va ulug‘likdan qattiq mutaassib bo‘ladi

kitobxon.

Shunda „Bolalar pokligi bilan ulug‘dir, Soddaligi bilan

kattadir bizdan“ degan shoir M. Kenjabekning iqroriga so‘zsiz

qo‘shilamiz.

Sevimli „qo‘shiqqa non botirib yeyishni“ istamagan qizcha

kattalarga ibrat bo‘lgulik emasmi?

V. Belinskiy „ ... bolalar uchun kitob yozish kerak, biroq

shunday yaxshi va foydali asarlar yozmoq zarurki, ular chinakam

badiiy asar sifatida hammaga mo‘ljallanganligi bilan qiziqtira

olsin,“ degan edi.

Xuddi shuni e’tirof etgandek, Rustam Nazar o‘zi haqida:

„Men bolalar she’riyatini jiddiylashtirishga, unga kattalar ada-

biyotiga xos unsurlarni olib kirishga harakat qildim“, deb yozadi.

Chindan, u yaratgan she’rlarning lirik qahramonlari muayyan

bir voqelik, narsa-hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatib, jiddiy

fikr-mulohaza yuritadigan aqlli, mustaqil fikrli bolalardir:

Qora nima, oq nima.

Fahmiga tez yetaman.

Boqib rangin olamga,

Sirlarin kashf etaman, —

deydi „Dunyo va men“ she’ri qahramoni. Bu lirik qahramon rangin

olamning turfa sir-sinoatlarini o‘z aql-u shuuri bilan anglab, his

etib, o‘ziga xos fikr-xulosalarni o‘rtaga tashlaydiki, u yosh

kitobxonni ham, kattalarni ham birdek o‘yga toldiradi.

Shoir „Rangli favvora“da ko‘zbo‘yamachi, yuzi yaltirog‘-u

ichi qaltiroq kimsalarning asl qiyofasini ko‘radi.

Òurfa chiroqlar yog‘dusida kamalakday tovlanib, o‘zini ko‘z-

ko‘z qilgan favvora chiroqlar o‘chgach, asl holiga qaytadi. Bu

holni kuzatgan lirik qahramon o‘z munosabatini shunday bil-

diradi:


14— M. Jumaboyev


210

Soxtalikdan naf yo‘q-da,

Xatosini anglarmi?

Ko‘z-ko‘z aylash lozimdir

O‘zingda bor ranglarni!..

„Boqib rangin olamga, sirlarin kashf etaman“ degan lirik

qahramon „Rangli favvora“da shu taxlit oq-qorani ajratadi.

Daraxtni ham, hayvonni ham odam deb ataydigan Dersu

Uzala haqidagi filmni ko‘rib esa, bu holdan hayron bo‘ladi:

Nega ba’zi odamlar

Yomonlikni ko‘zlashar —

Bir-birini to‘nka deb,

Kalamush, deb so‘zlashar?!

Har bir jonzotga odam deb qaraydigan („Odam kabi gaplashar,

hatto yo‘lbars bilan u“) film qahramoni va hayotda odam bo‘la

turib, bir-birini „to‘nka“, „kalamush“ deb ataydigan kimsalarni

qiyoslab, lirik qahramon chuqur o‘yga toladi. Uning savoli zami-

rida yomonlik, qabihlik kabi illatlardan qochish, bir-biriga mehr,

izzat ko‘rsatish orzusi bor.

„Olis urush yillari“dan „unsiz hikoya“ so‘ylayotgan mangu

olov yoniga bir chol gul qo‘yadi, „og‘riq kirib taniga“. Bu hol,

bu og‘riq sababi ma’lum — olis xotiralar qiynog‘i bu. Shu payt

„tantiq bir o‘smir“ ham „chopib keldi shoshilib“. Uni ham

shoshilmay kuzatib:

Yodgorlikka boqmadi,

Nigohida yo‘q ma’ni.

... Kun sovuq-da, kelibdi

Sal isinib olgani!

— deydi lirik qahramon va tantiq o‘smirning sovqotgan (aslida

sovuq, hissiz) qiyofasini („Nigohida yo‘q ma’ni“) chizar ekan,

o‘z munosabatini kesatish ohangida bildiradi. She’rdagi chol va

o‘smir qiyofasi faqat ikki avlod emas, ayni paytda, ikki xil olam

kishilari sifatida gavdalanadi: ezgulik, tinchlik uchun kurashgan

fidoyi (chol) va faqat o‘z tinchini, rohatini o‘ylaydigan xudbin

(o‘smir) kimsalar.

Bunday xudbinlar erta bir kun ulg‘aygach ham el-yurt uchun

biror-bir naf keltirishni aslo o‘ylamaydi. „Chig‘anoq“ she’ri-

ning lirik qahramoni shundaylardan nihoyatda dilzada. Chig‘a-

noqqa „quloq tutsangiz, xuddi dengiz shovullar“. Go‘yo shu mitti

xilqat ardoqlab „Dengiz — asl ma’vosin, Charchamas hech,

bezmas hech kuylashdan yurt navosin“. Lirik qahramon shu



211

kichik chig‘anoqdan katta ma’no tuyadi: u o‘z yurtiga sadoqatli,

ayriliqda ham Vatan yodi bilan yashovchi yurtparvar fidoyi

kabi. Lirik qahramon fikrlashda davom etadi:

Odamlar-chi? Ba’zilar

Subutsiz va ayyordir.

Gaplarida yurt uchun,

O‘lmoqqa tayyordir.

Lekin quloq tutsangiz

Qalblariga mabodo,

Eshitilar barala,

Ko‘p g‘alati bir sado, —

kabi satrlarda tili boshqa-yu, dili boshqa odamlarning qiyofasini

tasvirlar ekan, ularning aslida chig‘anoqdan ham maydalashib

ketganidan afsus chekadi, achinadi:

Uy-joy, ro‘zg‘or g‘amida

So‘nar dillar hovuri —

Ichlarida g‘uvullar

Bozor g‘ala-g‘ovuri.

Chig‘anoqdan dengiz shovullashi eshitilsa, ba’zilarning ichi-

da „bozor g‘ala-g‘ovuri“ „g‘uvillaydi“. Bu ikki so‘z — ulkan dengizga

xos o‘ktam ovoz (shovullash) va bozor „g‘ala-g‘ovuri“ning

g‘uvullashi ichki olami ikki xil bo‘lgan kishilar ma’naviy holatini

tasvirlaydi. Ichki olami g‘arib, faqat tirikchilik g‘amidagi „bozorbop“

kimsalarning siri ochilib, fosh etiladi.

Hatto chig‘anoqcha bo‘lolmagan ba’zi kimsalarning ayanchli

holati — tasviri bu. Umuman, Rustam Nazar she’rlarida, ko‘pin-

cha, hayotni yanada mukammal va go‘zal, insonni barkamol va

ulug‘vor ko‘rish orzusi barq urib turadi. Buning uchun inson

tinimsiz sa’y-harakat qilmog‘i, yuksalmog‘i, vaqt va umrning

qadriga yetmog‘i kerak! Òoshbaqa kabi imillash mumkin emas.

Òoshbaqa manzili olis bo‘lsa ham shoshilishiga hojat yo‘q,

chunki u 400 yil yashaydi. „Lekin sen-chi, bolakay, nega beg‘am

yotibsan, hamma ishing chala-yu, puch o‘ylarga botibsan?!“ deb

tanbeh beradi, kuyunadi. „Òoshbaqa“ she’ri lirik qahramonining

da’vati va talabi qat’iy:

Qadrla har fursatni,

Chaman yarat, qur qasr.

Imillagan har jonzot

Yashamaydi to‘rt asr!




212

Har lahzaning g‘animatligi „O‘lchovli vaqt“ she’ri lirik qahra-

moni tilidan ham obrazli, ta’sirchan tarzda ta’kidlanadi. Yugu-

rishda atigi bir daqiqa kechikkani bois g‘olib bo‘lolmagan Sobir-

ning iztirobi tasvirlanar ekan, musobaqa emas, hayotda ham har

daqiqaning qadriga yetish kerakligini uqtiradi:

Ko‘zingni och, ey jo‘ra,

Vaqt o‘lchovli, yetsa gal —

Atigi bir daqiqa

Òaqdiringni etgay hal!

Vaqtni, umrni ezgu va yaxshi ishlarga sarflashda ibrat bo‘lgan,

yetmishdan oshsa hamki kun bo‘yi og‘ir etik kiyib bog‘da ishlaydi-

gan otaxonga nevaralar hordiq olib, oyoq uzatib yotishni taklif

qilishadi. Shunda:

Buvam kular: „Òirik jon —

Lozim mehnat etmog‘i.

O‘zi qarib, zaminni

Yashartirib ketmog‘i“.

O‘zidan yaxshi nom qoldirish ko‘p aytilgan. Aslo eskirmas

ezgu aqidaning chol tilidan aytilishi unga o‘zgacha bir ruh baxsh

etmoqda. Bu she’rda „qarish“ va „yashartirish“ zidligi asosida

ma’no yanada ta’sirchan chiqqan. Shu ma’no-fikr, o‘git-nasihat

agar quruq „Mehnat qilish kerak, yerni yashnatish, gullatish

kerak“ tarzida aytilsa, yosh kitobxonning ensasini qotirishi

turgan gap edi.

„Dangasa“ she’rida, qalovini topsa qorni yondirish ham

mumkin bo‘lgani holda, loqaydlikka berilganlar shunday ayovsiz

tanqid qilinadi:

Jon koyitmas dangasa,

Izlash tugul qalovni,

O‘chiradi erinib

Yonib turgan olovni!

Lirik qahramon dangasalarni shunday chimdib-chimdib oladi.

Rustam Nazar she’rlari, asosan, aniq sujetga ega. Shoirning

mahorati shundaki, u muayyan bir voqelik, holat-manzarani

yorqin va rangin bo‘yoqlarda tasvirlaydi, ular asosida muayyan

bir fikr, g‘oyani ilgari suradi. Muhimi, hammaga ma’lum nar-

salar haqida ham mutlaqo yangi bir gap, ohorli fikr ayta oladi.

O‘z fikrini badiiy jihatdan puxta asoslaydi va ishontiradi. Masalan,

kuz „daraxtlarning ra’yiga qaramay“ hammasini sariq rangga




213

bo‘yaydi. Faqat archa har doim ko‘m-ko‘k. Shoir buni shunday

izohlaydi:

Jur’at etmas bo‘yashga,

Qo‘rqar ignalaridan!

G‘aroyib she’riy topilma! Hammaga ma’lum narsaning hech

kimning xayoliga kelmagan yangicha izohi va badiiy isboti: archa-

ning ignalaridan qo‘rqib, kuz uni sarg‘aytirishga botinolmaydi.

Yoki „Intizomli tramvay“ she’rini olaylik. Avvalo, tramvay

qanday qilib „intizomli“ bo‘lsin? Shoir esa buni badiiy asoslaydi:

Yurar doim bir yo‘ldan,

Izdan sira chiqmas u.

Avtobusday burnini

Har ko‘chaga tiqmas u.

Sodda, ravon va obrazli tasvir o‘quvchini rom etadi va shoir

so‘ziga ishontiradi.

Narsa-hodisalarning o‘ziga xos belgisi, shakli yoxud boshqa

bir jihatiga asoslanib, ulardan majoziy ma’no-mazmun anglata-

diki, bu badiiy topilmalar o‘quvchini so‘zsiz ishontiradi. Shu badiiy

asoslarga suyangan holda, muayyan bir poetik mazmun shakl-

lantirib, she’r so‘ngida ixcham va ta’sirchan fikr-xulosa bayon

etiladi. Bu kutilmaganlik va favquloddalik birdan kitobxonni

yoqimli larzalantiradi. Shoirning poetik maqsadini o‘quvchiga

tez va oson singdiradi.

Shoir she’rlari yosh kitobxonlarning fikr darajasi, dunyo-

qarashi, o‘sishiga, mulohaza layoqatining chuqurlashishiga

xizmat qiladi. Ularni hayotga ziyrak nigoh va tiyrak aql bilan

qarashga, ezgulikni qadrlashga undaydi. Qalblarini, ma’naviy

darajalarini yanada yuksaltiradi, ulg‘aytiradi. Zero, shoirnnig

o‘zi e’tirof etganidek:

Mashqlarimni sizga tutdim,

Dilingizga borib yetsin.

Bolalarni katta aylab,

Kattalarni bola etsin!




Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish