ynalishda mutaxassislik yoki kasb-hunar maTumotini berish
va ularda bu boradagi amaliy ko'nikma va malakalarni shakl-
lantirishdan iboratdir. O'quvchilar to'qqiz yillik umumiy-maj-
buriy ta'limni tugatganlaridan so'ng yana uch yil o'rta max
sus yoki kasb-hunar ta’limini ixtiyoriy tarzda o'zlashtiradilar.
O'rta maxsus kasb-hunar ta'Iimi akademik litsey va kasb-hu-
nar kollejlarida olib boriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-
hunar bo'yicha ishlash huquqini beradigan, shuningdek, ixti-
soslik faoliyati yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom et-
tirish uchun asos bo'luvchi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini
beradi.
Akademik litsey o'quvchilarning aqliy qobiliyatlarini jadal
o'stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va muayyan mu-
taxassislikka yo'naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi. Aka
demik litsey o'rta maxsus uch yillik o'quv yurti hisoblana
di. Ushbu o'quv yurtida o'quvchilar o'zlari tanlagan yo'nalish
bo'yicha bilimlarni oshirish va muayyan fanlar asoslarini
chuqur, mukammal o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Akademik litseylar asosan oliy o'quv yurtlari qoshida tashkil
etiladi.
Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisob
lanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi-
yotini belgilaydigan omillardir. Shunday o'quvchilar borki, ular
o'rta ta'lim jarayonida ma'lum yo'nalish bo'yicha o'zlarining
iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan
oqilona foydalanish, uni to'g'ri yo'naltirish katta ahamiyat
kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga
oshirishga iqtidorli, iste'dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat
qiladi.
Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning muayyan kasb-hunarga
moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tan-
langan kasb-hunar yo'nalishi bo'yicha bir yoki bir necha ixti-
soslik ma'lumotini olishni ta'minlovchi hamda uch yil davo
mida tashkil etiluvchi kasb-hunar ta'limini yo'lga qo'yadigan
o'quv yurtidir.
59
O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida"gi Qonuniga
ko'ra akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi teng-
dir. Mazkur turdagi o'quv yurtlarida tahsil olgan o'quvchilar
oliy o'quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo'nalish bo'yicha
faoliyat ko'rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlaridan foy-
dalanishda teng huquqlidir. Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari yuqorida qayd etilganidek, o'z oldilariga qo'ygan
maqsadlari bilangina bir-biridan ma'lum ma’noda farq qiladi.
Kasb-hunar kollejlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari va boshqa
ta'lim muassasalari turli yo'nalishlarda tashkil etiladi. Shuni
alohida qayd etish joizki, yangidan tashkil etilayotgan kasb-
hunar kollejlari ayni vaqtda ishlab turgan bilim yurtlaridan
ham mazmunan, ham shaklan tubdan farq qiladi. Bu farqlar ni-
malarda ko'rinadi?
Yangi tipdagi kasb-hunar kollejlarining faoliyati, o'quv ja
rayonini samarali texnika va texnologiya yutuqlari yordami
da tashkil etilib, yuksak malakali usta, kichik mutaxassis tay-
yorlashdan iboratdir. Ta'lim jarayoni jahon talablariga javob
beruvchi, istiqbolni ko'zlab chiqilgan o'quv rejasi va dasturlari
asosida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari uchun ishlab chi
qilgan o'quv dasturlari o'zidan oldingi ta'lim bosqichi umumiy
o'rta ta'lim maktablarini o'zidan keyingi bosqichda turgan oliy
o'quv yurtlarining o'quv dasturlari bilan o'zaro bog'liqlikda
bo'lib, ta'limning uzluksiz va izchillik tamoyiliga to'la mos ke
ladi.
Navbatdagi farq, kasb-hunar kollejlari pedagoglarining sa-
viyasi yuqoriligi va ta'lim jarayoniga pedagogik texnologiya
ning tatbiq etilganligidadir.
Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy asbob-uskunalar, o'quv-
uslubiy qurollar, ko'rgazmali vositalar, axborot texnologiya-
lar va kompyuterlar bilan jihozlanishi ham tubdan farq qila
di. O'quv binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib
turadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, kasb-hunar kollejlarida
ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxas-
sislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi bunday o'quv yurtlarida
60
har hududning o'ziga xos jug'rofiy va demografik shart-sha-
roitlari va mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlari hisobga olingan
holda kadrlar tayyorlanadi.
Kollejlarda kadrlar tayyorlash jarayoni ikki yoqlama tizim
asosida amalga oshiriladi. O'quvchilarga beriladigan ishlab
chiqarish ta'limi o'quv muassasasining ustaxonalarida va ish
lab chiqarish korxonalaridagi amaliyot bilan uzviy bog'liq hol
da olib boriladi.
Umumiy o'rta maktablarning to'qqizinchi sinfini tugatgan-
lar yakuniy davlat attestatsiyasi natijasini, o'quvchi tomonidan
yig'ilgan reyting ko'rsatkichlari hamda pedagogik-psixologik
tashxis markazlarining tavsiyalariga asosan akademik litsey
va kasb-hunar kollejlarida muayyan yo'nalish bo'yicha o'qishni
davom ettiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: