balki boshqalar manfaati uchun harakat qilishi)
uslubini qo'llash zaruriyatini qo'yadi.
Bu jihat - pedagog bolaning ustidan hukmronlik qilishdan,
uni nazorat qilish, zo'ravonlik, kuch ishlatishdan voz kechib,
tarbiyalanuvchiga uning xohishiga ko'ra erkin tanlash huqu-
qini beradi.
Bunda:
Kattalarning hissiy-shaxsiy muloqotini shakllantirish;
Bola va pedagog o'rtasidagi hissiyot shaxsiy munosabatla-
rini rivojlantirish;
Munosabatlar tizimining o'zaro hurmat tarzda shakllanti-
rishga e'tibor qaratiladi.
III. Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili:
Bolaning tengqurlari va kattalar bilan munosabatining
o'zaro hurmat doirasida bo'lishi bolaning tizimli o'zaro mu-
nosabatlarda o'zining "Men" mezoni bo'yicha shaxsiy rivoj-
lanishinmg ijtimoiy faolligi ko'rsatkichida muhim omil hisob
lanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich - oiladagi muhit. Bolani o'rab turgan muhit bi
lan o'zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga
(ota-ona, enaga va boshqalar) to'liq qaram ekanligi bilan aniq-
lanadi. Bolaning faolligi muhitga bo'lgan ehtiyojni qondirishiga
yo'naltiriladi.
2-bosqich - vaziyatdagi voqelik - bolani bo'lib o'tayotgan
hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to'liq qaram-
ligi bilan tavsiflanadi. Bunda muhit alohida ahamiyatga ega
bo'ladi.
3-bosqich - vaziyat ustidagi voqelik - bolani vaziyatlar oqi-
mi ta'siridan chiqish va o'zining aqli yordamida vaziyatni tu-
shunib ish tutishi bilan xarakterlanadi.
4-bosqich - o'zidagi voqelik - bola o'z vaziyatlari modelini
tayyorlab, atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan ish yuzasi
dan munosabatlar o'rnatib, o'z "men’lni namoyish etadi.
5-bosqich - bolaning boshqadagi voqelik va o'zining qadr-
qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi.
63
Ijtimoiy pedagogik yondashuvning mazmuni - bola to
monidan insoniyat o'zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanish-
ni amalga oshirishdir. Bunday yondashuv ta'lim berish jara
yonini yakuniy natijasiga bola shaxsining axloqiy, ma'naviy
o'zgarishlarini tubdan isloh qilishdir.
IV. Psixologik yondashuv asoslari - bola shaxsini rivoj-
lantirishda
- psixologik qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu yondashuv - bolaning muammolarini tushu-
nishi, qabul qilish va uni hal qilishda yordam berishdir. Uning
asosiy maqsadi - bola va kattalar o'rtasidagi kundalik peda
gogik munosabatlarda yuzaga keladigan hissiy-shaxsiy muno-
sabatlarni rivojlantirishdir.
Psixologik yondashuv jarayonida tarbiyachi-pedagog:
- Bolaga o'ziga va pedagogga bo'lgan ishonchni oshira borib,
unga samimiylik, g'amxo'rlik va mehr-muhabbat namoyon eta
di;
- Bolaning o'z-o'zini baholashni mustahkamlash va aha-
miyatni oshirish maqsadida uning yutuqlarini ongli ravishda
ta'kidlaydi;
- Bolada xato qilish qo'rquvini bartaraf qilib, unda ijobiy his
siy bo'shliq yaratadi;
- Bolaning omadsizliklariga diqqatni to'xtatmay tushunib
(norozilik bilan emas} qaraydi, uning yechimini topishda bo
la bilan birga harakat qiladi. Bunday yondashuv asosida shaxs
ga yo'naltirilgan o'zaro munosabatlar tizimida “katta bola" mu
nosabatlar yo'nalishlaridan biri bo'lib, har bir inson va ayniqsa,
ta'lim oluvchilar xatolar va ularni to'g'irlash huquqiga egadir
lar.
- Bolani tarbiyalamaydi, balki uning muammolarini birga
hal qilib yo'l ko'rsatadi.
Psixologik qo'llab-quvvatlash pedagog va bola o'rtasidagi
hissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi.
V. Tubdan o'zgartirilgan o'qitish tamoyili. Bola va pe
dagogning hamkorlikdagi tubdan o'zgartirilgan (ko'rgazmali
- rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbi-
yalashga yo'naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunini
hayotiy bo'shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo'lgan, pedagog
va bolaning universallashtirilgan tizimi.
Tubdan o'qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
- Ijtimoiy pedagogik yondashuv;
- Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o'qitish jarayoni
mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan
anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi)
- Psixologik yondashuv - insonning rivojlanishi va bilim
larni o'zlashtirishi psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib
chiqadi.
- Aqliy faoliyat yondashuvi: (P.Ya. Galnerin, N. F. Talo'zin) -
rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi;
- Akmeologik yondashuv - (grekcha so'zdan olingan bo'lib,
yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o'qish degan ma'noni
bildiradi)
Uning asl mohiyati - o'qitish shaxsning hayotiy dunyosiga,
pedagog va bolaning mavjud hayotiy mazmunini o'zgartiradi,
o'ziga xoslik takrorlanmaslik kabi amaliy vazifalarni bajara-
di. Hmni o'rgatishga o'tish - bu inson tafakkuri uchun obyektiv
bo'lgan olamni anglashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |