7.3.4 Yangilashga so‘rov
Yangilashga so‘rovdan foydalanib, foydalanuvchi ma’lum mezonlar asosida ajratib olingan
yozuvlar guruxini o‘zgartirishi mumkin. Yangilashga so‘rovni tuzishda avvalotanlovga so‘rov
yaratiladi va tekshiriladi. So‘ngra konstruktor holatida Zapros menyusining Обновление buyrug‘i
ishga tushiriladi. Natijada Access jadval maydonlarining yangi qiymatlarini ko‘rsatish uchun
mo‘ljallangan Обновление qatorini so‘rov blankiga qo‘shadi. Bu maqsadda hisoblanuchi ifodalarni
ham ishlatish mumkin. Запуск tugmasi bosilgandan so‘ng Access maxsus muloqot oynasida
jadvalning nechta yozuvi o‘zgartirilishini va o‘zgarishini ta’kidlashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |