Bu turdagi so‘rovlar jadvaldan ma’lum tanlash mezonlariga mos yozuvlar guruhini o‘chirish
uchun xizmat qiladi. So‘rov yordamida o‘chirilgan yozuvlarni tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham
tanlash mezoni har tomonlama tashkil qilinishi zarur. Avvalo Условие отбора satrida mezon
ko‘rsatilib o‘chiriluvchi yozuvlarni tanlashga so‘rov yaratilishi zarur. Berilgan mezonlarning
to‘g‘riligini tekshirish uchun bu so‘rov bajariladi va konstruktor holatiga o‘tiladi. Undan so‘ng Запрос menyusining Удаление buyrug‘ini ishga tushurish kerek bo‘ladi. Access so‘rov blankiga Удаление qatorini qo‘shadi va yacheykaga Uslovie ning qiymatini kiritadi. Bu foydalanuvchi qo‘shimcha tanlash
mezonlarini o‘rnatish mumkinligini bildiradi. So‘ng uskunalar panelidagi undov belgisi tushirilgan
tugmani bosib, so‘rovni bajarish kerak bo‘ladi. Access maxsus muloqot oynasida jadvaldan nechta
yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va o‘chirishni ta’kidlashni talab qiladi.