Запросmenyusidan Добавление buyrug‘i ishga tushiriladi. Natijada ochilgan Добавление muloqot
oynasida foydalanuvchi so‘rov yozuvlarining natijaviy to‘plamidan olingan natijalarni qo‘shishni
xohlagan jadval nomining mos maydonlarini berishi zarur. Muloqot oynasini ОК tugmasi yordamida
yopganimizda Access so‘rov blankiga Добавление qatorini qo‘shadi. Bu qatorga avtomatik ravishda
(yoki foydalanuvchi tomonidan) so‘rov maydoni nomi bilan mos keluvchi maqsad jadvalning maydon
nomlari qo‘yiladi. So‘ngra uskunalar panelidagi Запуск tugmasini bosib so‘rovni bajarishga to‘g‘ri
keladi. Access maxsus muloqot oynasida maqsad jadvalga nechta yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va bu
amalni bajarishni ta’kidlashni talab qiladi.