7.2.8 So‘rov natijalarini aks ettirish
Tayyor so‘rov Конструктор запросов uskunalar panelida joylashgan undov belgisi tasviri
tushirilgan tugmani bosgandan so‘ng bajariladi. So‘rovni bajarish uchun ma’lumotlar bazasining
Открыть tugmasidan yoki tanlangan so‘rov nomida sichqonning chap tugmasini ikki marta bosishdan
foydalanish mumkin. Access mijoz jadvalidan ko‘rsatilgan mezonlarga mos ravishda ajratilib olingan
natijaviy yozuvlar to‘plamini ekranda aks ettiradi. Agar so‘rov blankiga o‘zgartirish kiritishzarurati
tug‘ilsa, u holda uskunalar panelida chapdan birinchi joylashgan tugma yordamida so‘rovlar
konstruktori holatiga o‘tish yoki Вид menyusining Конструктор optsiyasini o‘rnatib bajarish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |