So‘rovlarni taxrirlash konstruktor holatida amalga oshiriladi. Bu holat ma’lumotlar bazasi
oynasidagi Конструктор tugmasini bosish orqali o‘rnatiladi. So‘rovga maydon qo‘shish uchun uni
konstruktor oynasining yuqori qismidagi maydonlar ro‘yxatidan spesifikasiya sohasining uni qo‘yish
zarur bo‘lgan ustuniga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu ustunda joylashgan maydon va undan o‘ngda
joylashgan barcha maydonlar bir ustun o‘ngga suriladi. Maydonni o‘chirish uchun u belgilanadi va
[Del] tugmasi bosiladi yoki Правка menyusining Удалить buyrug‘i bajariladi. Joylashishi
o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan maydon ham oldindan belgilanadi. Maydonni ko‘chirishda oldindan
tanlangan pozisiyada joylashgan maydon hamda undan o‘ngda joylashgan barcha maydonlar o‘ngga
suriladi.
TATU NF
Access 2003 Laboratoria ishi
Bobojonov Elmurod
92-bet