Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 150-172
bet mazmun
va moxiyatidan foydalanildi
Orqa miya funksiyalari. Orqa miya qо‗zg‗alishlarni о‗zidan yuqoridagi bosh
MIYANINR
bо‗laklariga о‗tkazuvchi markaziy organ hisoblanadi. Orqa miya reflektor va о‗tkazuvchanlik
funksiyasini bajaradi. Orqa miya asosan harakat sezish funksiyasini boshqaradi. Odamda bosh'
miya juda yaxshi rivojlanganligi tufayli muskul harakatlarini kо‗pchiligi bosh miya katta
yarim sharlar pо‗stlog‗i ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Orqa miyaning har bir segmenti muayyan
skelet muskullari va terining tegishli qismlari bilan boglangan. Orqa miya reflekslari bosh miya
reflekslariga qaraganda ancha sodda hisoblanadi. Orqa miyaning orqa ustunchalarida joylashgan
о‗tkazuvchi yullari qо‗zgalishni bosh miyaning turli qismlariga о‗tkazadi. Orqa miyaning oldingi
va yon ustunchalaridagi utkazuvchi yо‗llardan bosh miyaning turli bо‗limlaridan qо‗zgalish yoki
tormozlanish impulslari orqa miyaga kelib turadi.
Orqa miyada ba‘zi reflektor funksiyalar embrionning ona qornida rivojlanish davrida yuzaga
keladi. Ona qornida xomila 2-3 oylikda harakatlana boshlaydi. 9 oylik homila oyeq panjasining
tagi ta-sirlansa 2-3 minutdan sо‗ng oyoq panjasida bukish reaksiyasi hosil bо‗ladi. Bu refleks
bola tug‗ilganidan sо‗ng 6 oygacha yaxshi funksiyalanib, sо‗ng yо‗qoladi.
Bola 9-10 oyligidan yura boshlaydi. Bunda orqa miyadagi harakat markazlarini funksiyasi
ortadi, orqa miya nervlari miyelinlashadi. Orqa miya nervlarini mielinlashuvi bolaning 3
yoshgacha davom etadi. Yangi tugilgan va kо‗krak yoshidagi bolalarda ogri • ni hosil qiluvchi
ta‘sirotlarga teri-himoya reflekslari hosil bо‗lganini kuzatish mumkin.
Bosh miY.
Yangi tugilgan bolaning bosh miyasining ogirligi 340-400 g bо‗lib tana ogirligining 1/8-1/9
qismini tashkil etadi. Katta odamda esa 1/40 qismini tashkil etadi. Bolaning 7 yoshigacha bosh
miya tez о‗saboradi. Bosh miya odamning 20-30 yoshdagina о‗sib tugaydi. Bola hayotining 1-2
yoshlarda bosh miya orqa miyaga nisbatan tezroq о‗saboshlaydi, sо‗ng orqa miya tezroq о‗sa
boshlaydi.
1-jadval
Yoshga qarab bosh miya ogirligining о‗zgarishi
Yosh
Bosh miya ogirligi (grammda)
Yangi tugilgan bola
400
1 yosh
800
3 yosh
1170
7 yosh
1250
13 yosh
1300
15 yosh
1350
18 yosh
1380
Katta odma
1400
Bosh miya ham orqamiya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning
kulrang moddasi turli xil neyronlardan tashkil topgan. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayralari
joylashgan. Bundan tashqari bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi.
Neyrologiya himoya qiluvchi va ushlab turuvchi tayanch tо‗qima hisoblanadi. Neyrogliyada
gormonlar va gormonga о‗xshash moddalar hosil bо‗ladi. Bosh miya uzunchoq miya va Voroliy
kо‗prigi, miyacha, о‗rta miya, oraliq miyadan iborat bо‗lib bu qismlarni bosh miya . sopi deb
yuritiladi. Bu qismlarni miya katta yarim sharlari qoplab turadi.
Uzunchoq miY. Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bо‗lib, uzunligi 3-3,5 sm. Uzunchoq
miya va Voroliy kо‗prigida reflektor va о‗tkazish funksiyalari amalga -oshiriladi. Uzunchoq
miya ham oq va kulrang moddadan tuzilgan.
Reflektor funksiyalarida bosh miya nervlaridan 5 dan 12 gacha bо‗lgan * nervlarning
yadrolari ishtirok etadi.
Uzunchoq miyadan chiqqan uchlamchi nerv yuz terisi kо‗z, burun, tilni 2-3 qismi va
tishlardan sezuvchi impulsni о‗tkazib beradi. Bundan tashqari uzunchoq miyada nafas, qon tomir
devori harakati nerv markazi, qusish, yutish, ter ajratish, sо‗lak ajratish, kо‗z yoshi ajratish,
qovoqlarni yumish, aksa urish, yо‗talishni nerv markazlari bor. Uzunchoq miyaning reflektor
funksiyalari bosh miyaning yuqori bо‗limlari bilan boshqarib turiladi.
Uzunchoq miyaning morfologik tomondan shakllanishi bilan nafas olish, yurak tomirlari,
ovqat hazm qilish va boshqa funksiyalari takomillashib boradi. Uzunchoq miya hujayralari va
nerv markazlari bolaning hayoti mobaynida rivojlana boradi. Bolaning 1,5- yoshida adashgan
nerv markazining hujayralari kо‗payadi va uzunchok miya hujayralari defferensiyalanadi.
Neyron aksonlarini uzunligi ortadi. 7 yoshda adashgan nerv yadrosi kattalarnikidek shakllanib
tugaydi. Bola tugilgashida kо‗prikdagi yadrolar shakllanib tugaydi. Uzunchoq miya va
kо‗prikdagi yadrolarni shakllanib. borishi bilan ularning funksiyalari pam shakllanib boradi.
Odam embrionining 5-6 oyligidan boshlab dastlabki Yarakatlar vujudga kela boshlaydi.
Xomilaning 16-17 paftalarida uzunchoq miyada nafas olish nerv markazi shakllanadi, 21-22
haftalarida nafasni chiqarish nerv markazlari shakllanib tugaydi. Yangi tugilgan chaqaloq nafas
himoya reflekslar (aksa urish, yо‗tal va b.) rivojlangan bо‗ladi. Ueunchoq miya va kо‗prikni
rivojlanishi tonik va vestibulyar reflekslar bilan boqlik.
Yangi tug‗ilgan bolada ovqatlanishga bо‗lgan shartsiz reflekslar: sо‗rish, yutish va boshqalar
yaxshiroq rivoklangan bо‗ladi. Vestibulyar va tana. holatini tonusi reflekslari uzunchoq
miya va miya kо‗prigini. rivojlanishi bilan bog‗liq bо‗ladi. Miyachaning tuzilishi va
funksiyalari.
Miyacha bolalarda biroz yuqoriroq joylashgan katta odam bosh miya qutisining ensa qismini
tо‗ldirib turadi. Miyachada ikkita yarim shar bо‗lib, bular bir-biri bilan chuvalchangsimon qism
orqali birikib turadi. Miyacha funksional jihatdan muskullarni uygunlashib qisqarishida va
harakat' aktlarida, bir gruppa muskullarni ma‘lum tarangligini saqlashda va boshqa funksiyalarda
yshtirok etadi.
Hayvonda miyachaning bir tomoni shikastlansa, hayvon shu miyachasi
shikastlangan tomoniga qarab og‗ib, yiqilib ketaveradi. Bir necha kundan sо‗ng hayvon
xarakatlari normallashadi. Agarda hayvon miyachasining ikkala yarim sharlari olib tashlansa,
hayvon butunlay nogiron bо‗lkb qoladi. Nogironlikning birinchi kunlarida hayvon
о‗rnidan turolmaydi, oddiy harakatlarni ham bajara olmaydi. Odamda miyacha faoliyati izdan
chiqsa harakatlar koordinatsiyasi buziladi. Odam tez charchab, oyeqlarini juda kerib, gandiraklab
va qaltirab yuradi. Bir necha oydan sо‗ng harakatlar tiklanadi, chunki muskul harakatlari
koordinetsiyasida katta yarim sharlar pо‗stlogi ishtirok etadi. Miya yarim sharlari miyacha
orqali skelet muskullarining tonusini va koordinatsiyasini reflektor yо‗l bilan boshqarib turadi.
Ung yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlari funksiyasini, chap yarim sharlar esa о‗ng
yarim sharlari funksiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ
funksiyalar-yurak, qon tomirlar faoliyatini, ovqat hazm qilish va boshqa funksiyalarni
boshqaradi, chunki miyachada juda kо‗p vegetativ markalar joylashgan.
Yangi tugilgan bola miyachasining og‗irligi 20,5-23 g 6 oylikda 62-65 g bо‗ladi. Bolada
miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tez rivojlanib 7-6 yoshida tugaydi.
Miyachada reflektor funkpiyalar shakllanishi uzunchoq miya, о‗rta va oraliq miyani shakllanishi
bilan bog‗liq.
О‗rta miY. О‗rta miya 4 ta tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan.
Bundan tashqari qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan 3-4 juft kо‗z olmasini
harakatga keltiruvchi va 4 juft g‗altaksimon nervlarning yadrolari bor.
О‗rta :miya yadrolari faoliyatiga qarab ikkiga - sezuvchi va haraxat yadrolariga bо‗linadi.
harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga tо‗g‗ridan-tutri ta‘sir etadi. Agarda hayvon
bosh miyasini ochib, uzunchoq miya bilan о‗rta chegarsidan 45° qilib qirqilsa, operatsiyasidan
sо‗ng hayvon boshi orqaga qarab ketadi, dumi kо‗tariladi. Agar miya sopi о‗rta miyaning
yuqorisidan kesilsa, bunday holat kelib chiqmaydi. Sezuvchi yadrolar eshitish va
kо‗rish funksiyalarida ishtirok etadi. О‗rta miyasi shikastlangan odamda faqat
tо‗g‗rilovchi reflekslar buziladi, lekin muskullar tonusi saqlanib qoladi. Chunki, odamda
muskullar tonusini boshqarilishi bosh miya ishtirokida amalga oshiriladi. Shuningdek, о‗rta
miyada katta yarim sharlariga boradigan о‗tkazuvchi yо‗llar jomlashgan. О‗rta miya
ishtirokida vujudga keladigan reflekslar xomilani ona qornida rivojlanishida shakllana
boshlaydi. Yangi tug‗ilgan bolada qorachig‗ refleksi yaxshi rivojlangan bо‗ladi. Tovush va teri
ta‘sirotlariga kо‗z qorachigini kengayishi bolaning 10 haftaligidayeq , vujudga keladi.
Bolaning 2-3 oyligidan boshlab labirint resfleksi yaxshi */ namoyon bо‗ladi. Bola yoshi
ortishi bilan fazoda tana holatini ushlab turish refleksi ham yaxshi rivojlanib boradi. О‗rta
miyaning о‗sishi va funksional rivojlanishi miya sopining boshqa qismlarini taraqqiyoti bilan
bogliq.
Yangi tug‗ilgan bolada о‗rta miyaning vazni 2,5 g. Qizil yadro yaxshi rivojlangan bо‗ladi.
Shuningdek qora substansiya ham taraqqiy etgan bо‗lib hujayralari differensiyalashgan bо‗ladi.
О‗rta miya ishtirokida embrionning ona qorniadayoq turli reflekslar . shakllangan bо‗ladi,
tonik labirint, ximoya va boshqalar.
Yangi tug‗ilgan bolada qorachig‗ refleksi yaxshi rivojlangan bо‗ladi, Bola bir yoshigacha
qorni tomonga ag‗darilish, emaklash, о‗tirishga о‗rganadi.
Oraliq miY. Oraliq miya о‗rta miya yukorisida joylashgan. Oraliq miyaga qо‗rquv
dumboqari, dumboq osti qismi va tizzasimon tana kiradi. Dumboq ostki qismi yadrolari bilan
bolani turli yosh muddatlarida taraqqiy etadi. ; Bola hayoti mobynida hujayralar
differensiyalashadi. Bu differensiyalanish 7 yoshda tugaydi. Jinsiy voyaga yetish davrida esa
dumboq ostki qismi bosh miyaning turli bо‗laklari bilan aloqasi kengayadi. Organizmdashi
barcha • markazga intiluvchi nerv tolalari kо‗rish dumboqlari bilan bog‗langan, shuning
uchun barcha markazga intiluvchi nerv tolalari kо‗ruv dumboqlariga keladi. Kо‗ruv bо‗rtiklari
ya‘ni dumboqlari shikastlansa, kо‗rish butunlay yoki qisman yо‗qoladi, bosh ogriydi, paralich
yuz beradi, uyqu buziladi. Bо‗rtiq . ostki qism funksional jihatdan oqsil, yog‗, tuz va
suv almashinuvi boshqarilishi bilan bog‗liq.
Bundan tashqari bо‗rtiq ostki qism nerv markazlari organizmda ter ajralishi, issiqlikni
boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta‘sir etadi.
Hayvon bosh miyasining kо‗ruv dumboqlarining ostki qismi shikastlansa tana temperaturasi
birdek saqlanmaydi, uglevodlar almashinuvi buziladi. Tanada turli-yaralar paydo bо‗ladi,
tishlar tо‗kilib ketadi, va boshqa
о‗zgarishlar yuzaga keladi.
Gipotalamus
yadrolari
2-3
yoshda shakllanadi. Kulrang bо‗rtiq hujayralari
differensiyalashuvi kechrok 13-17 yoshda tugaydi. Gipotalamus bosh miya katta yarim sharlarga
nisbatan tezroq shakllanishi kuzatiladi. Yangi tug‗ilgan bolada taktil, maza bilish, hidlash,
temperatura va ogriq ta‘sirlariga reflektor reaksiya vujudga keladi. Bolada achchik, nordon,
shо‗r, shirin mazalarga reaksiyalar vujudga keladi.
Bog‗cha yoshi davrining sо‗ngida pо‗stloq va pо‗stloq osti harakat nerv . markazlarini
mexanizmini ma‘lum darajada mutanosibligi vujudga keladi. Bola uyg‗unlashgan harakatlarni
bajaraboshlaydi. Kо‗ruv bо‗rtiqlari 4 yoshda intensiv rivojlanadi. О‗smirning 13 yoshida esa
о‗lchamlari kattalarnikidek bо‗ladi. Yangi tugilgan va 1 yoshgacha bо‗lgan bolalarda issiqlik
boshqaruvchi nerv markazlari yaxshi takommilashmagan bо‗ladi. Bolalarda maza bilish, -
temperatura, og‗riq va boshqa turli ta‘sirotlarga javob qaytarish reaksiyasi yoshi kattalashishi
bilan ortib boradi.
Vegetativ nerv sistemaning tuzilishi.
,
Vegetetiv nerv sistema ikki neyronli bо‗lishi bilan somatik nerv sistemasidan farq qiladi.
Vegetativ nerv sistemasining tolalari nerv^ markazlaridan chiqqach, organga uzilib, gangliy
hosil qiladi. Gangliydan chiqqan nerv tolalari organga yetib boradi. Nerv sistemasi simpatik
qismining markazlari orqa miya kо‗krak-bel qismlarining yon tarmoqlarida joylashgan. Orqa
miya oldidan ikkinchi neyron boshlanib, uning tanasi joylashgan qism umurtqa pog‗onasi oldi
simpatik tugunlar hosil qiladi. har ikki tomondagi simpatik stvolda 3 ta bо‗yin, 10-12 kо‗krak, 5
bel, 4 ta dumg‗aza va 1 ta dum tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan chiqqan nerv tolalari yurak,
qizilо‗ngach, bronxlar, о‗pka, va boshqa ichki organlarni nervlar bilan taminlaydi.
Nerv sistemasi parasimpatik qismining markazlari orqa miyaning yuqorigi dumg‗aza qismida,
uzunchoq о‗rta miyada joylashagan. Uzunchoq miyadan chiqqan adashgan nerv tolalari
qalqonsimon bez, yurak, bronxlar, о‗pka, qizilungach, oshqozon, ichaklar, me‘da osti bezi, jigar
va buyraklarni ta‘minlaydi. Yorta miyadan chiqqan parasimpatik nerv tolalari kо‗z qorachig‗ini
toraytiruvchi muskullarni va kо‗zning kipriksimon muskullarini ta‘minlaydi. Vegetetiv nerv
sistemasining funksiyalari.
Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi turli xil funksional xossalarga ega. Ular turli organ
funksiyalariga nisbatan qarama-qarshi ta‘sir etadi. Masalan, simpatik nerv sistemasi
ta‘sirlanganda yurak qisqarish soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, oshqozon-ichak
traktining harakat funksiyalari susayadi, kо‗z qorachig‗i kengayadi, moddalar almashinuvi
ortadi. Parasimpatik nerv sistemasi ta‘sirlanganda yurak faoliyati tormozlanadi, ba‘zi qon
tomirlari kengayadi, oshqozon ichak traktining harakat funksiyalari ortadi va kо‗z qorachig‗i
torayadi.
Vegetativ nerv sistemasining‗ funkiiyalari bosh miyaning turli qismlari va bosh miya katta
yarim sharlar pо‗stlog‗i bilan boshqarilib turiladi. Vegetetiv nerv sistemasi ham о‗z navbatida
bosh miya faoliyatiga ta‘sir etadi. Turli yoshdagi bolalarda vegetativ norv sistemasining
rivojlaniish xususiyatliri yaxshi о‗rganilmagan. Yangi tug‗ilgan chaqaloqda yurak minutiga 120-
140 marta qisqaradi va bolaning yoshi ortishi bilan qisqarishning soni kamayib boradi. Bu
protsess bolada yurakka parasimpatik nerv sistemasi ta‘siri ortib borishi bilan boqliq.
Vogetativ nerv sistemasi funksiyalari rivojlanishi bolaning harakat funksiyalari rivojlanishi
bilan bogliq, chunki skelet muskullarinnng qisqarishi reflektor ravishda yurak faoliyatiga ovqat
hazm qilishga, nafas olishga, siydik ayirishga, qon bosimi va boshqa funksiyalarni ortishiga
sabab bо‗ladi, veg‗yetativ nerv sistemasi funksiyalarini I.P.Pavlov, L.A.Orbeli, A.G.
Genetsinskiy, I.M.Bikov va A.A. Arshavskiy va boshqa kо‗pgina olimlar tomonidan о‗rganilgan.
Ekstrimal (favqulodda) sharoitlarda vegetativ nerv sistemasi tashqi ta‘sirlarga javob
berib, ayniqsa, turli emotsionalreaksiyalarda qon aylanish, nafas, hazm, ayiruv, ichki
sekretsiya organlarining funksional holatini о‗zgartirib yuborish hususiyatiga eg‗a. Bunda yurak
ritmi, nafas tezlashadi, ter ajralib chiqishi, almashinuv jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.
Vegetativ nerv sistemasining organizm ichki muhiti doimiyligini saqlashda ishtiroki ayniqsa
muhim ahamiyatga ega. a Chunonchi, masalan, havo haroratining kо‗tarilishi, ter ajralishining
kuchayishi, shuningdek periferik qon tomirlar sistemasining kengayishi hisobiga issiqlik ajratish
bilan о‗tadi. Bularning hammasi tana xaroratini doimiy darajada tutib turish imkonini beradi va
organizmning issiqlab ketishiga tо‗siqlik qiladi. Kо‗p qon yо‗qotish xollarida yurak ritmining
tezlashuvi kuzatiladi, tomirlar torayadi va umumiy qon aylanishi doirasiga tо‗qimalar va
organlardan normal qon aylanishni ta‘minlaydigan taloqdagi depolangan qon otilib chiqadi.
Organizmning ana shu va boshqa kо‗pgina reaksiyalari markaziy nerv sistemasining (MNS)
oliy bо‗limlarida shakllanadi va vegetetiv nerv sistemasi orqali rо‗yobga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |