Nerv jarayonlarining uyg„unligi.
Markaziy nerv sistemasdi bir guruh neyronlar yoki ayrim nerv markazlar \kо‗zg‗alganda,
ikkinchi nerv markazlari tormozlangan holatda baholadi. , Bir guruh muskullarning nerv
markazlari tormozlanadi. Masalan, qо‗l panjasini musht qilganda yelka oldining oldingi orka
tomonidagi muskullar bо‗shashadi, ya‘ni bukuvchi muskularning nerv markazlari qо‗zg‗alib,
yozuvchi muskularning nerv marazlari tormozlanadi. Nerv sistemasidagi qо‗zg‗alib va .
tormozlanish jarayonlarining bu xildagi о‗zaro ta‘siri uyg‗unlik deyiladi. Chap oyokni bukganda
о‗ng oyoqning tizza bо‗gimi yoziladi va aksincha.
Dominanta.
Nerv markazlaridagi dominanta xususiyatini 1923 yilda A. A.Uxtomskiy isbotlagan.
Bir butun refleks apparati bir xil sharoitda ishlab turganda kuchli ta‘sir natijasida
impulslarning nerv markazlarida vaqtinchalik tо‗planib, ustunlik kilishi dominanta deyiladi.
Optimal kuch va optimal ritmdagi qо‗zg‗alish imdulslari nerv markazlarida yuqori qо‗zlalish
chogini keltirib chiqaradi. Nerv markazlari gumoral ta‘sir natijasida ham qо‗zg‗aladi. Yota
qо‗zg‗alish nerv markazida yetiladi. Shunday qilib, ustunlik qiladigan qо‗zg‗alish о‗chog‗i
paydo bо‗ladi.
Dominantada о‗ta qо‗zg‗algan nerv markazi boshqa nerv markazlaridan ustunlik qiladi.
Masalan, agar tizza refleksi tekshirilayotgan odamda tizza refleksi yaxshi chiqmayotgan bо‗lsa,
unga о‗ng qо‗li panajasini chap qо‗li bilan tortish buyuriladi, shu vaqtda tizza refleksi yaxshi
natija beradi. Dominanta markazi markaziy nerv sistemasining barcha bо‗limlari faoliyatiga
ta‘sir etadi. Qо‗zg‗aluvchanlik qancha kuchli bо‗lsa, dominanta markazi ham shuncha turgun
bо‗ladi, hamda shu nerv markaziga kelgan impulslar shunchalik kо‗p tо‗planadi. Nerv
markazlari aktivligi doimo bir xilda bо‗lmaydi, reflektor reaksiyaning uygun bо‗lishida bir
guruh, nerv markazlarga qaraganda , boshka nerv markazlrari aktiv bо‗ladi. Dominantaning
asosiy xususiyati • qо‗zg‗aluvchanlikni nerv markazlarida yuqori bо‗lishi,
qо‗zg‗alishning turg‗unligi, chetki ta‘sirining tо‗planishi va dominatning befarq bо‗lishidir.
Dominantaning vujudga kelishidagi muhim shartlardan biri nerv hujayralarining о‗ta
qо‗zgaluvchanligi hisoblanadi. Dominanta uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Lekin hamma
markazlar ham dbminanta holatiga kelavermaydi.
Dominanta bitta nerv markazida emas, balki nerv sistemaning turli sohalarida paydo bо‗lishi
mumkin. Muskul ishi dominantasida miya pо‗stlogining turli qismlarida, pо‗stloq osti qismlarida
kuchli qо‗zg‗alish vujudga keladi. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning ruhiyatiga bog‗liq
bо‗ladi albatta.
Dominanta markazidan tashqaridagi reflekslarni vujudga keltiruvchi boshqa ta‘sirlovchilar
dominantaga xalaqit bermaydi, aksincha shu dominanta markazining qо‗zg‗aluvchanligini
yanada oshiradi, binobarin, refleks xalqalarida tormozlanishini kuchaytiradi. Nerv markazlari
dominantasi pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga ega. О‗qituvchilar
о‗quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak.
Irradatsiya, induksiya, qо‗zg‗alish, tormozlanish, dominantaning yeshga xos xususiyatlari.
Bola tug‗ilganidan keyin markaziy nerv sistemasi tashqi muhit ta‘siri va hulq-atvor, nutq
tufayli rivojlanib boradi. Yangi tug‗ilg‗an va kichik bog‗cha yoshidagi bolalarning nerv
sistemasida qо‗zg‗alish jarayoni tormozlanish jaroyonidan ustun turadi. Harakat markazlari orqa
va bosh miyada qо‗zg‗alish xususiyatiga ega, shu sababli bu yoshdagi bolalar serharakat va xis-
hayajonga tо‗la bо‗ladi.
Bolalarda shartli refleks hosil bulayotgan davrda qо‗zg‗alish shu shartli refleksni hosil
qiluvchi analizator markaziga hamda qо‗zg‗ashni analizator markazlarig‗a tarqaladi. Shartli
refleksning hosil bо‗lishi va mustahkamlanishi bilan shartli ta‘sirlovchiga taaluqli markazlarga
tarqalmaydi. Masalan, bolada birorta tovushga shartli refleks paydo bо‗lsa, shu tovushga yaqin
tovushlar ham shartli ta‘sirlovchi kabi ta‘sir etib, shartli refleks hosil qiladi. Shartli refleks
qancha mustahkam bо‗lsa, qо‗zg‗alish shuncha kam tarqaladi.
Gо‗daklarda qо‗zg‗alish bog‗cha yoshidagi bolalardagiga nisbatan ancha keng tarqaladi.
Bog‗cha yoshidagi bolalarda qо‗zg‗alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu
yoshdagi bolalarning xarakati va diqqati beqaror bо‗ladi, uzoq davom etmaydi. Bolaning yoshi
orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qо‗zg‗alish barqaror bо‗lib, uzoq vaqt
qо‗zg‗alib turadi hamda ta‘sirlar yig‗indisi ortib boradi. Yangi tug‗ilgan bolada ovqatga
dominanta paydo bо‗ladi. Asta-sekin ayrim ta‘sirga dominanta markazlari vujudga kela
boshlaydi. Dominanta markazlari turg‗un bо‗lmaydi va dominanta uzoq davom etmaydi.
Orqa miyaning tuzilishi orqa miya umurtqa kanalida birinchi bо‗yin umurtqasi bilan 2-bel
umurtqasi oralig‗ida joylashgan bо‗lib, katta odamda og‗irligi 30-40 g. uzunligi 45 sm. Yangi
tug‗ilgan bolada og‗irligi 6-10 g uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang,
nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |