optimallashtirish;
aktivlar qiymatini baholash;
portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Moliya”ning mustahkam
poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element larning yadrosi qator
tub qonunlar va prinsiplardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida
qo‘llaniladi.
“Moliya” fanining nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda
yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan
amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga
ega bo‘lmoq lozim:
1. “Moliya” fanining ta’rifi nimalardan iborat?
2. Nima uchun “Moliya” fanini o‘rganish kerak?
3. “moliya” fani olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” kuchlar kim
(nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qanday turli
ko‘rinishlari mavjud?
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish
quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
1. “Moliya” fani ta’rifi va uni o‘rganishning zarurligi;
10
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
3. “Moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi
(daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga moliya
deyiladi.
Demak, “Moliya” shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul
resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
Moliyaviy qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirimlar va chiqimlar:
a) vaqt oralig‘ida tarqatilgan;
b) odatda, ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na
boshqa biror bir odam bashorat qila olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni
ochishni baholar ekansiz, barcha xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona
anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz
shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha
yildan keyin olishni rejalashtirgan noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak
daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) aniq hisobga olish kerak.
“Moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy
tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-
kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan
iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, barcha
darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga
hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan.
“Moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar
talabalarga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash
masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida
barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib,
hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi. Mazkur
asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning
barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish
imkoniyatini
baholashda,
yirik
kompaniyaning
moliyaviy
direktori
telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda,
yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini
moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
Misol uchun, mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy
qarorlar qabul qilishning barcha bosqichlarida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish
yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning
moliyaviy direktori telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini
belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik
elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda
11
qo‘llaniladi.
“Moliya” fanining obyekti. Moliya sohasi va moliya sohasida yuzaga
keladigan moliyaviy munosabatlar “Moliya” fanining obyekti hisoblandi.
“Moliya” fanining predmeti. Moliya sohasida vujudga kelgan va keladigan
turli moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayoni hamda ularning nazariy-
huquqiy asoslari “Moliya” fanining predmeti bo’lib hisoblandi.
“Moliya” fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat,
moliyaviy munosabatlar, pul oqimlari harakati, moliyaviy boshqaruv, moliya
nazariyalari, moliyaviy hisobotlar, moliyaviy riskalar, davlat va nodavlat
moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, davlat byudjeti, davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlari, byudjet jarayoni, byudjetlararo munosabatlar, davlat
krediti, ijtimoiy himoya, sug‘urta va xalqaro moliya munosabatlari kabi
moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka
shakllantirish hisoblanadi
Fanining vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:
– talabalarga “Moliya” fanining predmeti, obyekti va boshqa fanlar bilan
aloqadorligi, moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi, moliyaviy
qarorlar, moliyaviy siyosat, uy xo‘jaliklar moliyasi, moliyaviy boshqaruv haqida
tasavvur ega bo’lishiga yordamlashish,
– talabalarga moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat,
moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari, ijtimoiy ta’minot, xalqaro
moliya munosabatlari, moliyaviy muassasalar moliyaviy faoliyat jarayonini
bilishi va ulardan foydalana olishni o’rgatish;
– talabalarga davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjetlararo
munosabatlar, sug‘urta munosabatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy
jihatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va
rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo‘llashni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |