Davlatiy moliya


-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

24-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING 

MOLIYAVIY RESURSLARI 

REJA: 

1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali. 

2. Xo’jalik  yurituvchi  subyekt  moliyaviy  resurslaridan  foydalanish 

samaradorligi. 

1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali 

XYSlarning  moliyaviy  resurslari ular  umumiy  resurslarining    pul shaklida 

harakat qiladigan bir qismi hisoblanadi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi 

moliyaviy  resurslar  mohiyatan  tavsifining  ajralmas  qismi    hisoblanib,  bu  narsa 

ularni  XYSning  boshqa  resurslari  ko’rinishlaridan,  xususan,  ishlab  chiqarish 

vositalari  (dastgohlar,  mashinalar,  xomashyo  va  materiallar,  ishlab  chiqarishga 

mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan 

holda  XYS  vositalarining  “pul  shakli”  va  “pul  qiymati”  tushunchalarini 

farqlamoq  lozim.  “XYS  vositalarining  pul  qiymati”  tushunchasi,  odatda,  pul 

mablag’larining o’zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo’ljallangan vositalar 

va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. 

Pulga  sotib  olinganligiga  qaramasdan ishlab  chiqarish  vositalari  (yuqorida 

qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga 

mo’ljallangan  binolar  va  shunga  o’xshashlar)  haqiqatda    pul  emas  va  pul 

hisoblanmaydi.  Ishlab  chiqarish  fondlarini  qaytadan  pul  shakliga  aylantirish 

uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o’z navbatida,  mol-mulkning 

balansda  aks  ettirilgan    qiymat  jihatidan  baholari  emas, balki    amal-dagi  bozor 

baholari  harakat  (ish)ga  tushadi.  Moliyaviy  qiyinchiliklar  va  bankrotlik  xavfi 

ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYSni yomon oqibatlarga, xususan, 

mablag’lar  va  resurslarni  yo’qotib  qo’yishiga  olib  kelishi  mumkin.  Holbuki, 

xalqaro  amaliyotdagi  ma’lumot-larga  ko’ra,  bankrotga  uchragan  XYS 

tugatilayotgan  paytda  unga  tegishli  bo’lgan  aktivlar  qiymatining  40%dan  ortiq 




428 

bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan 

hatto,  sog’lom  bozor  aylanmasida,  ya’ni  talabga  ega  bo’lgan  tayyor  mahsulot 

realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonini  yangidan  boshlash  va  rivoj-lantirishga 

mo’ljallangan XYSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. 

Mehnat  vositalari,  predmetlari  va  natijalariga  aylangan  moddiy-buyumlashgan 

kapital,  ishlab  chiqarish  jarayoni  ishtirokchilarining  jismoniy  va  intellektual 

qobiliyat-laridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining 

boshqa  pulsiz  shakllari  hisoblanadi.  Prinsip  jihatidan,  takror  ishlab  chiqarish 

jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi 

har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin. 

Tijoriy XYSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis 

kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va 

tashki-lotlardan  maqsadli  moliyalashtirish  va  subsidiyalar  ko’rinishida  kelib 

tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul 

shaklida  bo’lmagan  qismi  (sanoat  va  intellektual  mulk  obyektlari,  ulardan 

foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar 

ular  pul  ko’rinishida  qo’yilmagan  bo’lsa,  ularni  XYSning  moliyaviy  resurslari 

tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. 

Dastlabki  (birlamchi)  kapitalning  ishlab  chiqarishga  investitsiya  qilinishi 

tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning  pul 

shaklidagi  yakuni  (natijasi)  sifatida  XYSning  tushumi  maydonga  chiqadi.  O‘z 

navbatida,  tushum  xarajatlarni  moliyalashtirish  va  kengaytirilgan  takror  ishlab 

chiqarish  jarayonini  davom  etttirishni  ta’minlovchi  bir  necha  pul  mablag’lari 

fondlariga bo’linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash 

mumkin: 

𝑻 = 𝑭


𝒂𝒂

+ 𝑭


𝒎𝒙𝒎

+ 𝑭


𝒊𝒉

+ 𝑭


𝒇


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish