Kam ta’minlangan va bolali oilalar uchun nafaqalar. Ushbu nafaqalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013 yil 15 fevral kuni “Kam
ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash
tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 44-son Qaroriga muvofiq
424
tayinlanadi. Ushbu Nizom fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga
to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga
moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibini belgilaydi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi
bo’yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to’lgan oydan
keyingi oyga o’tmasligi kerak. gar tug’ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka
qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola
parvarishi bo’yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to’lgunga qadar bir baravar
miqdorda to’lanadi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam
tayinlash va to’lash to’g’risidagi qaror fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi
– posyolka, qishloq va ovul, shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar
yig’ini (vakillar yig’ilishi) yoki bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar
yig’ini tomonidan vakolat berilgan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya fuqarolar yig’ini tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organi hududida istiqomat qiluvchi obro’-e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar
orasidan saylanadi. Komissiyaga fuqarolar yig’inining raisi boshchilik qiladi.
Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig’ini raisi esa – uning butun
vakolati davriga saylanadi. Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat
bo’lishi kerak. Komissiya a’zosi vakolatlarining amal qilishi davrida a’zolikdan
chiqqan taqdirda, fuqarolar yig’ini Komissiya a’zolarini qaytadan saylaydi.
Komissiya qarori, uning yig’ilishida tasdiqlangan tarkibning kamida uchdan ikki
qismi ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi. Fuqarolar yig’ini tomonidan ehtiyojmand
deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish
huquqiga ega.
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqalar va
moddiy yordam to’lovlarini mablag’ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
mahalliy byudjetlar mablag’lari;
byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg’armalari,
korxonalarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar).
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam
har bir oila a’zosiga o’rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad
aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5
baravardan ortiq bo’lmagan oilalarga tayinlanadi.
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va
moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:
ota-onasining ikkisini ham yo’qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa
qarindoshlar shug’ullanayotgan oilalar;
425
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo’lgan oilalar;
14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan,
boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
nogiron bolasi (bolalari) bo’lgan oilalar;
bolani (bolalarni) to’liq bo’lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar).
Bunda bolaning amalda to’liq bo’lmagan oilada ona (ota) tomonidan
tarbiyalanishini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi belgilaydi;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish izlovchi sifatida
bandlikka ko’maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
yolg’iz pensionerlar.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam
ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning
keyingi oyidan boshlab to’lanadi. Bola parvarishi bo’yicha nafaqani kelgusida
ham olishga muhtojligi bo’lgan taqdirda uni olgan shaxs to’lovlarning avvalgi o’n
ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to’lgunga qadar
ushbu nafaqani uzluksiz to’lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun
belgilangan tartibda fuqarolar yig’iniga takroran murojaat etish huquqiga ega.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to’lashning belgilangan muddati
tugagandan so’ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to’lashni yangi
muddatga davom ettirilishini so’rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda
tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to’lash muddati tugayotgan oydan keyingi
oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko’rib chiqish umumiy belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy
yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organi tomonidan oila boshlig’i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining
yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki
uning o’rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda,
oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam
oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi
raisining taqdimnomasi bo’yicha tayinlanishi mumkin. Bolali oilalarga nafaqa va
moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi
bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig’i
yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola
parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o’rnini bosuvchi
shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, oilada muomalaga
layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining
426
yozma arizasisiz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining
taqdimnomasi bo’yicha tayinlanishi mumkin.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam
tayinlash to’g’risidagi ariza uch bosqichda ko’rib chiqiladi.
Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab uch
kun muddatda ariza beruvchi tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to’g’ri keladigan
o’rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi.
Agar oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad miqdori
joriy davrda belgilangan eng kam ish haqining 1,5 barobaridan kam bo’lsa,
maxsus komissiya oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish sanasini
belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab o’n
kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganib chiqadi, shundan
keyin tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish
to’g’risidagi xulosani fuqarolar yig’iniga yoki Komissiyaga kiritadi.
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan kechikmay,
maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda, ariza tegishli nafaqa yoki
moddiy yordamni tayinlash va to’lash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi
masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig’ini yoki Komissiya tomonidan ko’rib
chiqiladi.
Oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga
nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun
murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning
mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini oila
tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo’lingan holda aniqlanadi.
Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik
daromadlari to’g’risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad summasi
ko’rsatilmagan bo’lsa yoki eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam
summa ko’rsatilgan bo’lsa, u holda oilaning o’rtacha oylik jami daromadini
hisoblash uchun daromadni normativdan past ko’rsatgan yoki daromadi
mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har
biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam
oylik ish haqining 2,5 baravariga teng bo’lgan normativ daromad miqdori qabul
qilinadi. Ushbu qoida bola ikki yoshga to’lgunga qadar uning parvarishi bilan
band bo’lgan onalarga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga), ta’lim
muassasalarida o’qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga
oshirish hollari bundan mustasno), ishlamaydigan pensionerlarga, amalda shaxsiy
yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritish bilan band bo’lgan oila a’zosiga, tuman
427
(shahar) bandlikka ko’maklashish markazlarida ishsiz sifatida ro’yxatga olingan
fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam
fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to’lanadi.
Tegishli nafaqalar va moddiy yordamni to’lash Xalq bankining bo’linmalarida
(filiallarida) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus bank
hisob raqamlariga o’tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettirilgan holda mahalliy
byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |