Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda
(shikastlanishda);
sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda;
karantinda;
sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda;
mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish uchun
reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat
belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik
varaqasi) asos bo’ladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa
mehnat qobiliyati yo’qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-
mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga
qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda
ham beriladi.
Oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura,
aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda
ishga yuborilgan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan
boshlab beriladi. Ish haqi, sutkalik va ko’chish bo’yicha xarajatlarni olish
huquqiga ega bo’lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan
mehnatga qobiliyatsizlik kunlari uchun nafaqa to’lanadi. Xodimning mehnatga
qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’til davriga to’g’ri kelgan
hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlar
uchun nafaqa to’lanadi.
Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo’shimcha ta’til
xodimning sanatoriyda davolanishi uchun etarli bo’lmasa, nafaqa beriladi.
Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo’llanma,
davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo’shib, ammo xodimning
yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi. Asosiy va qo’shimcha
ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo’lsa ham nafaqa uni chiqarib
tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning etmaydigan vaqti uchun
xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi.
419
1941-1945-yillardagi urush nogironlariga, baynalminal jangchilarga,
Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga,
shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash
muassasalaridan o’tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan
yurakning aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik
kasalligi, o’n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o’t pufagini olib
tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan
og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi.
O‘n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan
biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha
davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda
parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi.
Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani
parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani parvarishlashga qurbi
etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila
a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa
beriladi.
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo’lgan, lekin 7
kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. O‘n to’rt yoshga etmagan bemor
bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish
kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari
tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini
olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo’lsa nafaqa berilad i.Sil kasalligi yoki kasb
kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni
bajarish imkoniga ega bo’lib, u tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) xulosasi
(bunday komissiyalar bo’lmagan joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash
muassasasining bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan xulosasi) asosida
vaqtincha boshqa ishga o’tkazilishi mumkin.
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to’lanadigan ishga o’tgan vaqt uchun,
lekin ikki oydan ortiq bo’lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo’yicha
yangi ishda beriladigan ish haqiga qo’shilganda avvalgi ishidagi to’liq ish haqidan
oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to’lanadi. Bunda kasb kasalligi oqibatida
boshqa ishga o’tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonun hujjatlariga
binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi o’rtasidagi farqni korxonadan olish
huquqiga ega bo’lmasa beriladi. Basharti, kasallik varaqasida ko’rsatilgan
muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib berolmagan bo’lsa, u holda
420
shuning oqibatida bekor o’tgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda
to’lanadi.
Reabilitatsiya muassasalarida bo’lgan barcha vaqt uchun va unga kelib-
ketish vaqti uchun nafaqa to’lanadi. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band
bo’lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa
umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to’g’risida
tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan ish kunlari doirasida to’lanadi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha
nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-
ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
Ishlayotgan 1941-1945-yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan
ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki
uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq
sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari)
ketma-ket to’rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi
mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la
sog’aygunga yoki mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan bog’liq
nogironlik guruhi qayta ko’rib chiqilgunga qadar to’lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa
shaxs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10 oyga beriladi. Xodim sil
kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb
topilganda nafaqa ko’pi bilan 6 oyga beriladi. TMEK ko’rigidan belgilangan
muddatda qayta o’tmagan nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan
muddatlarga to’lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda
nafaqa to’lanmaydi:
ish haqi saqlanmagan ta’til;
bolani parvarishlash bo’yicha ta’til;
ish vaqtincha to’xtatilgan;
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib
qo’yilganligi sababli ishlamagan;
harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’ini;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish
munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til.
421
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik
nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan
boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z
salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka solganda;
giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida, shuningdek,
spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka
chalinganda (jarohatlanganda);
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan
tashqari);
hibsda bo’lgan davrda;
sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan
qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to’lanadi:
ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga;
baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch yoki undan
ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan
xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan
evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari
(o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o’smalar bilan bog’liq
kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga
qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan
o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha
hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan
davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi:
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish haqining 100
foizi miqdorida;
umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 80
foizi miqdorida;
422
umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi
miqdorida.
Yuqorida ta’kidlangan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to’lanadi:
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga hamda 21
yoshga etmagan chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi
miqdorida.
Tayinlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi
miqdorlarda to’lanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli xizmatdan
bo’shatilgandan so’ng bir oy ichida kasal bo’lib qolgan sobiq harbiy
xizmatchilarga — respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida;
boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha hollarda
belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan
ish haqidan yuqori bo’lmasligi lozim. Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga
berilgan boshqa hujjat, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan
berilgan ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |