Viloyat, tuman,
shaharning
moliyaviy
resurslari
Byudjetdan tashqari
fondlar
Aniq maqsadga
yo'naltirilgan
fondlar
kredit resurslari
Mahlliy byudjet
mablag'lari
Respublika byudjetidan
subvensiyalar va dotatsiyalar
338
qonunlarga muvofiq davlat idoralari tomonidan moliyaviy faoliyat davlat va
jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi bir qator tamoyillarga, aniq qoidalarga
muvofiq ravishda olib boriladi. Bu tamoyillar moliya, kredit, soliq va bank
sohasidagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
Mamlakatimizda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan mahalliy
soliqlar orasida mol-mulk solig‘i ham o‘ziga xos o‘ringa egadir. Bu soliq
xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo mol-mulk tushunchasi, uning turlari,
obyekti va subyektlari tarkibini tadqiq etish lozimdir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra mol-mulk fuqarolik
huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas va ko‘char mulkka bo‘linib, ko‘chmas
mulk yer uchastkalari va yer osti boyliklari, ko‘p yillik daraxtlar, shuningdek,
binolar va inshoatlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasida “Bozor
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiyotning, O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat
iste’molchilarning huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng
huquqiyligini va huquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishi kafolatlanadi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir”
94
deb belgilab qo‘yilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi kunda mamlkatimizda
byudjetlararo munosabatlarni amalga oshirishda mahalliy hokimliklarni
boqimandalikdan chiqarish maqsadida byudjet dotatsiyasidan voz kechilgan.
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish
va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish
hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim
shartlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy
o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat
muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator
tizimli muammolarni ko‘rsatdi.
Ushbu muammolar hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni qabul
qilindi. Farmonga ko‘ra quyidagi muammolarni hal qilish dolzarb masala qilib
milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son.
94
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son.
339
belgilandi
95
:
- umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki darajasining
yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan
tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq
yuki darajasidagi farqning sezilarliligi;
- qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq
to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol
mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda
yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik
qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi;
- soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va mehnatga haq
to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi soliq
stavkalarining yuqoriligi;
- imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha
ta’sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog‘lom raqobatni ta’minlashga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq va bojxona, shu
jumladan individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga qo‘llab-
quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi;
- o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va
insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga
to‘sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil
qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi;
- mahalliy soliq va yig‘imlarning ma’muriyatchiligi mexanizmlarining
samarasizligi oqibatida ularning yig‘iluvchanlik darajasi yetarli emasligi,
shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va
qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyunda “Mahalliy
byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ PF-5075-son Farmoni
qabul qilindi. Farmonga asosan aholining real daromadlari, turmush darajasi va
sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror
moliyalashtirilishini ta’minlash, markaz byudjetiga qaramlikni keskin
kamaytirish, byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy
byudjetlar mablag‘larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining
mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat byudjet siyosatining asosiy
vazifalari etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy
davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy
byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya
95
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
konseptsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
30.06.2018-y., 06/18/5468/1420-son.
340
organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 5283-sonli Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan
mustahkamlash
va
nomarkazlashtirish
asosida
hududlarni
kompleks
rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada
takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga
ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash,
muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal
rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini
oshirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
1) quyidagilar mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining
ustuvor vazifalari etib belgilandi:
- mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda
qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib
qo‘yish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash;
- viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subvensiyadan chiqarish,
ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma-
bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va
mas’uliyatini oshirish;
- deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy
byudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni
ta’minlash;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesida, viloyatlar, Toshkent
shahri va respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari
sessiyalarida shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq,:
a) quyidagilar yil choraklari kesimida atroflicha ko‘rib chiqiladi va
tasdiqlanadi:
- daromadlar manbalari va xarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlarining
(shaharlarining) mahalliy byudjetlari parametrlari;
- mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash
bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari;
- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, byudjetning
daromadlar bazasini oshirish va yangi ish joylari barpo etish bo‘yicha chora-
tadbirlar;
341
- qo‘shimcha
manbalar, shu jumladan, mahalliy byudjetlarning
daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan
xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan bog‘lagan
holda;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri,
shuningdek, respublikaning tegishli tumanlarida (shaharlarida) deputatlik va
jamoat nazoratini amalga oshirish uchun yuqori turuvchi byudjetlar va davlatning
maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar va loyihalar ma’qullanadi;
c) har chorakda:
- hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha
birinchi o‘rinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini
amalga oshirish, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari
barpo etish bo‘yicha;
- hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari
bo‘yicha o‘rinbosarining investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini
amalga oshirish bo‘yicha;
- moliya boshqarmalari (bo‘limlari) rahbarlarining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlari (shaharlari) byudjetlari ijrosi
to‘g‘risida, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy
byudjetlarning daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda
qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy
byudjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida;
- davlat soliq boshqarmasi (inspeksiyasi) rahbarining Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular
tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek,
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda
to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida hisobotlari tinglanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli va 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy
byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5075-sonli farmonlarini
ijro etish yuzasidan, shuningdek mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini
kengaytirish va yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha
mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi “Mahalliy byudjetlarning daromadlar
bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari
342
to‘g‘risida”gi 445-sonli Qarori qilindi. Ushbu qaror biln uchta Nizom tasdiqlandi:
1) moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga
tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga
yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va
o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom;
2) tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini
ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-
tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
3) tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz
bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini
kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet
mo‘ljallari
to‘g‘risida”gi
PQ-4086-sonli
Qarorini
qabul
qilinishi,
mamlakatimizda birinchi marta o‘rta muddatli byudjetni prognozlashtirish
bo‘yicha qilingan ishlarning debochasi bo‘ldi. Bu esa yurtimizda olib
borilayotgan davlat moliyaviy siyosatini yangi bosqichga chiqqanligini
ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |