19-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari
belgilangan
normativlarga
muvofiq umumdavlat
soliqlari, shu jumladan
mahalliy soliqlar va
boshqa majburiy
to’lovlar, shu
jumladan:
yuridik va jismoniy
shaxslardan,
shuningdek chet
davlatlardan tushgan
qaytarilmaydigan pul
tushumlari
bozorlardan tushadigan
daromadlar
boshqa daromadlar
hisobidan
shakllantiriladi
− yuridik
shaxslardan
olinadigan foyda solig’i;
− yagona soliq to’lovi;
− jismoniy
shaxslardan
olinadigan daromad solig’i;
− tadbirkorlik faoliyatining
ayrim turlari bo’yicha qat’iy
belgilangan soliq;
− qo’shilgan
qiymat
solig’i;
− aktsiz solig’i;
− yer
qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq;
− suv
resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq.
− mol-mulk solig’i;
− yer solig’i;
− yagona yer solig’i;
− ayrim
turdagi
tovarlar bilan chakana
savdo qilish huquqi
va
ayrim
turdagi
xizmatlarni ko’rsatish
uchun yig’im
330
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning
viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar
byudjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. Mahalliy soliqlar mahalliy
byudjetlar tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar
mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda etarli moliyaviy
manba bo‘la olmaydi. Byudjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat
soliqlaridan ajratmalar belgilanadi. Bu jarayon har yili byudjet parametrlarini
tasdiqlash paytida ishlab chiqiladi va Prezident qaroriga muvofiq belgilanadi va
tasdiqlanadi
87
. Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy
byudjetlarning o‘z daromadlarining tushumi hamda ular tomonidan amalga
oshiriladigan xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirilib boriladi. Umumdavlat
soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan
soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi
mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o‘z daromad manbalari
(soliqlari) ko‘payib qolsa, umumdavlat soliqlaridan ajratma berishning hojati
qolmaydi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy hukumatlar bajaradigan.
vazifalarga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy
hukumatlar asosan ijtimoiy masalalarni, ya’ni maktab, sog‘liqni saqlash,
madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni
bajaradi. Qariyb aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining 100 foizga yaqini
mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtiriladi. Qayd etish joizki, mahalliy
soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlarni talab etiladigan moliyaviy resurslarini
asosan 30-40 foizga yaqinini qoplaydi.
Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlar salmog‘ini 50-
60 foizga etkazish kabi hukumat qarorlari mavjudki, bu ayni jamiyat va davlat
qurilishini erkinlashtirish kabi vazifaga monanddir
88
.Mahalliy byudjetlar
daromadlarini shakllantirishda tartibga soluvchi daromadlar ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan hozirgi paytda amaldagi tartibga
muvofiq ravishda mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini
ta’minlashda
quyidagilardan
tartibga
soluvchi
daromadlar
sifatida
foydalanilayotganligini qayd etib o‘tishimiz mumkin: qo‘shilgan qiymat solig‘i,
aktsizlar, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga
ajratmalar, mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘shib hisoblaganda yagona
soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, jismoniy shaxslarning
daromadlaridan olinadigan soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun
87
Po‘latov D.X, Nurmuxamedova B.I. G‘aznachili k. Darslik. – T.: “Sano-standart”, 2014. – 63- b.
88
Srojiddinova Z.X. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. Darslik. – T.: “infoCOM.UZ”, 2010. – 59- b..
331
soliqva boshqalar. Tartibga soluvchi daromadlar – bu yuqori byudjetlardan quyi
byudjetga, ularning daromad va xarajatlarini boshqarib turish (balanslashtirish)
maqsadida beriladigan pul mablag‘lari majmuasidir. O‘zbekiston Respublikasi
“Byudjet kodeksi”ga muvofiq, tartibga soluvchi daromadlar- byudjet tizimi
byudjetlari o‘rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari
va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar. Soliq
bo‘lmagan to‘lovlarga byudjet tizimi byudjetlariga kelib tushadigan soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lmagan to‘lovlar kiradi
89
.
Biriktirilgan daromadlar ko‘rsatkichining yuqori darajada bo‘lishi mahalliy
byudjetning moliyaviy imkoniyatlarining oshishiga va ular daromadlari
barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Tartibga soluvchi daromadlar ham o‘z
navbatida ma’lum bir me’yorda mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari
o‘rtasidagi balanslikni ta’minlashga yordam berib, ular ham mahalliy byudjetlar
moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 71-moddasiga muvofiq,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat
budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga
oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu
jumladan:
– umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan
tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa
yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
– bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun
hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan,
viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va
maqsadli tadbirlar xarajatlari;
– Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va
dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish
va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va
sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi
instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi
boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab
turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining
respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining
89
O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi” 3-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda
332
shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash
xarajatlari;
– qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
– hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish
xarajatlari;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari,
pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini,
boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy
muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
– shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni
cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni
imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash
xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
– qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu
jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga
haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;
– uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
– suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
– aholi punktlarini obodonlashtirish;
– shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo
qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;
– qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish
xarajatlari;
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab
turish xarajatlari;
333
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini
shakllantirish xarajatlari;
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi
munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini
qoplash xarajatlari;
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va
shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib
beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 72-moddasiga muvofiq,
tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu
jumladan:
– tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy
jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar
budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar
xarajatlari;
– tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-
profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
– qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
– tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam
ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va
moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam,
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda
ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan
pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
334
– veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish
stantsiyalarini saqlab turish;
– shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
– uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
– aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish
xarajatlari;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar
budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va
tadbirlarning xarajatlari.
Budjet resurslarini taqsimlashda jahon amaliyotida quyidagi mezonlar hamda
ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi
90
:
– aholi jon boshiga kura budjet resurslarining taqsimlanishi;
– iqtisodiy potentsialdan foydalanish darajasiga qarab budjet resurslarining
taqsimlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |