Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

19-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va 

Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent 

shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari 

belgilangan 

normativlarga 

muvofiq umumdavlat 

soliqlari, shu jumladan 

mahalliy soliqlar va 

boshqa majburiy 

to’lovlar, shu 

jumladan: 

yuridik va jismoniy 

shaxslardan, 

shuningdek chet 

davlatlardan tushgan 

qaytarilmaydigan pul 

tushumlari 

bozorlardan tushadigan 

daromadlar 

boshqa daromadlar 

hisobidan 

shakllantiriladi 

− yuridik 

shaxslardan 

olinadigan foyda solig’i; 

− yagona soliq to’lovi; 

− jismoniy 

shaxslardan 

olinadigan daromad solig’i; 

− tadbirkorlik faoliyatining 

ayrim turlari bo’yicha qat’iy 

belgilangan soliq; 

− qo’shilgan 

qiymat 


solig’i; 

− aktsiz solig’i; 

− yer 

qa’ridan 



foydalanganlik uchun soliq

− suv 


resurslaridan 

foydalanganlik uchun soliq. 

 

− mol-mulk solig’i; 



− yer solig’i; 

− yagona yer solig’i; 

− ayrim 

turdagi 


tovarlar bilan chakana 

savdo  qilish  huquqi 

va 

ayrim 


turdagi 

xizmatlarni ko’rsatish 

uchun yig’im 

 



330 

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga 

muvofiq  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  respublika  byudjeti,  viloyatlarning 

viloyat  byudjeti,  Toshkent  shahri  shahar  byudjeti  hamda  tumanlar  va  shaharlar 

byudjetlari  o‘rtasida  qayta  taqsimlanishi  mumkin.  Mahalliy  soliqlar  mahalliy 

byudjetlar  tarkibida  birinchi  moliyaviy  manba  sifatida  qaralsa  ham,  bu  soliqlar 

mahalliy  byudjetga  biriktirilgan  xarajatlarini  moliyalashda  etarli  moliyaviy 

manba  bo‘la  olmaydi.  Byudjet  parametrlarini  belgilash  vaqtida  umumdavlat 

soliqlaridan  ajratmalar  belgilanadi.  Bu  jarayon  har  yili  byudjet  parametrlarini 

tasdiqlash paytida ishlab chiqiladi va Prezident qaroriga muvofiq belgilanadi va 

tasdiqlanadi

87

.  Umumdavlat  soliqlaridan  ajratmalar  ulushi  har  yili  mahalliy 



byudjetlarning  o‘z  daromadlarining  tushumi  hamda  ular  tomonidan  amalga 

oshiriladigan xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirilib boriladi. Umumdavlat 

soliqlarining  muhim  xususiyati  shundaki,  respublika  byudjetiga  tushadigan 

soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi 

mumkin.  Agar  kelgusi  yili  mahalliy  byudjetlarning  o‘z  daromad  manbalari 

(soliqlari)  ko‘payib  qolsa,  umumdavlat  soliqlaridan  ajratma  berishning  hojati 

qolmaydi.  Mahalliy  soliqlar  va  yig‘imlar  mahalliy  hukumatlar  bajaradigan. 

vazifalarga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy 

hukumatlar  asosan  ijtimoiy  masalalarni,  ya’ni  maktab,  sog‘liqni  saqlash, 

madaniyat,  maorif,  shaharlar  va  qishloqlar  obodonchiligi  kabi  vazifalarni 

bajaradi. Qariyb aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining 100 foizga yaqini 

mahalliy  byudjetlar  tomonidan  moliyalashtiriladi.  Qayd  etish  joizki,  mahalliy 

soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlarni talab etiladigan moliyaviy resurslarini 

asosan 30-40 foizga yaqinini qoplaydi.  

Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlar salmog‘ini 50-

60  foizga  etkazish  kabi  hukumat  qarorlari mavjudki, bu  ayni  jamiyat  va  davlat 

qurilishini  erkinlashtirish  kabi  vazifaga  monanddir

88

.Mahalliy  byudjetlar 



daromadlarini  shakllantirishda  tartibga  soluvchi  daromadlar  ham  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  munosabat  bilan  hozirgi  paytda  amaldagi  tartibga 

muvofiq  ravishda  mahalliy  byudjetlar  daromad  bazalarining  barqarorligini 

ta’minlashda 

quyidagilardan 

tartibga 

soluvchi 

daromadlar 

sifatida 

foydalanilayotganligini qayd etib o‘tishimiz mumkin: qo‘shilgan qiymat solig‘i, 

aktsizlar,  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‘i,  savdo  va  umumiy 

ovqatlanish  korxonalari  uchun    yagona  soliq  to‘lovidan  Davlat  byudjetiga 

ajratmalar,  mikrofirma  va  kichik    korxonalarni    qo‘shib  hisoblaganda  yagona 

soliq  to‘lovidan  Davlat  byudjetiga  ajratmalar,  jismoniy  shaxslarning 

daromadlaridan  olinadigan  soliq,  er  osti  boyliklaridan  foydalanganlik  uchun 

                                                           

87

Po‘latov D.X, Nurmuxamedova B.I. G‘aznachili k. Darslik. – T.: “Sano-standart”, 2014. – 63- b. 



88

Srojiddinova Z.X. O‘zbekiston  Respublikasi byudjet tizimi. Darslik. – T.: “infoCOM.UZ”, 2010. – 59- b..



 


331 

soliqva boshqalar. Tartibga soluvchi daromadlar – bu yuqori byudjetlardan quyi 

byudjetga,  ularning  daromad  va  xarajatlarini  boshqarib  turish  (balanslashtirish) 

maqsadida beriladigan pul mablag‘lari majmuasidir. O‘zbekiston  Respublikasi 

“Byudjet  kodeksi”ga  muvofiq,  tartibga  soluvchi  daromadlar-  byudjet  tizimi 

byudjetlari o‘rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari 

va  boshqa  majburiy  to‘lovlar,  shuningdek  soliq  bo‘lmagan  to‘lovlar.  Soliq 

bo‘lmagan to‘lovlarga byudjet tizimi byudjetlariga kelib tushadigan soliqlar va 

boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lmagan to‘lovlar kiradi

89



Biriktirilgan daromadlar ko‘rsatkichining yuqori darajada bo‘lishi mahalliy 

byudjetning  moliyaviy  imkoniyatlarining  oshishiga  va  ular  daromadlari 

barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Tartibga soluvchi daromadlar ham o‘z 

navbatida  ma’lum  bir  me’yorda  mahalliy  byudjetlar  daromadlari  va  xarajatlari 

o‘rtasidagi balanslikni ta’minlashga yordam berib, ular ham mahalliy byudjetlar 

moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga yordam beradi. 

O‘zbekiston    Respublikasi  “Budjet  kodeksi”ning  71-moddasiga  muvofiq, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  respublika  budjeti,  viloyatlarning  viloyat 

budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga 

oshiriladi: 

1)  ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  xarajatlari,  shu 

jumladan: 

–  umumiy  o‘rta  ta’lim,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi,  maktabdan 

tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa 

yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 

–  bolalar  uylari,  davlat  bolalar  shaharchalarini  saqlab  turish,  qonun 

hujjatlarida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  respublika  budjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  budjetlari  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan 

moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  ta’lim  tizimidagi  yordamchi  xizmatlar  va 

maqsadli tadbirlar xarajatlari;  

–  Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va 

ixtisoslashtirilgan  tibbiyot  markazlarini,  ixtisoslashtirilgan  kasalxonalar  va 

dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish 

va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va 

sud-tibbiyot  ekspertizasi  muassasalarini,  Salomatlik  va  tibbiyot  statistikasi 

instituti  filialini,  hududiy  sog‘liqni  saqlashni  boshqarish organlari  tasarrufidagi 

boshqa  davolash-profilaktika  muassasalari  va  yordamchi  tashkilotlarni  saqlab 

turish,  shuningdek  qonun  hujjatlarida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 

respublika  budjeti,  viloyatlarning  viloyat  budjetlari  va  Toshkent  shahrining 

                                                           

89

O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi” 3-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda 




332 

shahar  budjetidan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  xizmatlarga  haq  to‘lash 

xarajatlari; 

–  qabul  qilingan  davlat  dasturlariga  muvofiq  fuqarolarning  sog‘lig‘ini 

saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;  

–  hududiy  madaniyat  va  sportni  boshqarish  organlari  tasarrufidagi 

madaniyat,  jismoniy  tarbiya  va  sport  muassasalarini  saqlab  turish,  shuningdek 

madaniyat  va  sportni  rivojlantirishga  doir  maqsadli  tadbirlarni  amalga  oshirish 

xarajatlari;  

–  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 

shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;  

–  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 

shahar  hokimliklari  tasarrufidagi  qariyalar  va  nogironlarning  internat-uylari, 

pansionatlari  va  sanatoriylari,  nogironlarni  reabilitatsiya  qilish  markazlarini, 

boshqa  muassasalarni  saqlab  turish  xarajatlari,  shuningdek  aholini  ijtimoiy 

muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 

–  shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni 

cheklangan  tariflar  bo‘yicha  tashish,  shuningdek  alohida  toifadagi  fuqarolarni 

imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash 

xarajatlari; 

2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: 

–  qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu 

jumladan  hayvonlar  kasalliklariga  qarshi  kurashuvchi  muassasalar  xizmatlariga 

haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;  

–  uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;  

–  suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish; 

–  aholi punktlarini obodonlashtirish;  

–  shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo 

qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;  

–  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  o‘rmon  xo‘jaligini  saqlab  turish 

xarajatlari; 

3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 

shahar  hokimliklari  buyurtmachi  bo‘lgan  markazlashtirilgan  investitsiyalarni 

moliyalashtirish xarajatlari; 

4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: 

–  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini; 

–  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 

Toshkent  shahar  hokimliklari,  ularning  boshqarmalari  va  bo‘limlarini  saqlab 

turish xarajatlari; 



333 

5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 

budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  budjetining  zaxira  jamg‘armalarini 

shakllantirish xarajatlari; 

6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi 

munosabati  bilan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  etkazilgan  zararning  o‘rnini 

qoplash xarajatlari; 

7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 

budjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  budjetining  mablag‘lari  hisobidan 

moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  respublika  budjetidan,  viloyatlarning 

viloyat  budjetlaridan  va  Toshkent  shahrining  shahar  budjetidan  tumanlar  va 

shaharlar  budjetlariga  budjet  ssudalari,  dotatsiyalar,  subventsiyalar  va  o‘tkazib 

beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin. 

O‘zbekiston    Respublikasi  “Budjet  kodeksi”ning  72-moddasiga  muvofiq, 

tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 

1)  ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  xarajatlari,  shu 

jumladan: 

–  tumanlar  (shaharlar)  xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyatini  uslubiy 

jihatdan  ta’minlash  va  tashkil  etish  bo‘limlarini,  shuningdek  ular  tasarrufidagi 

maktabgacha  ta’lim,  umumiy  o‘rta  ta’lim,  maktabdan  tashqari  ta’lim 

muassasalarini  saqlab  turish  hamda  qonun  hujjatlarida  tumanlar  va  shaharlar 

budjetlaridan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  ta’lim  tizimidagi  tadbirlar 

xarajatlari;  

–  tumanlar  (shaharlar)  tibbiyot  birlashmalari  tasarrufidagi  davolash-

profilaktika  muassasalarini  hamda  davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati 

tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 

–  qabul  qilingan  davlat  dasturlariga  muvofiq  fuqarolarning  sog‘lig‘ini 

saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; 

–  tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi 

madaniyat,  jismoniy  tarbiya  va  sport  muassasalarini  saqlab  turish,  shuningdek 

madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;  

–  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  tomonidan  kam 

ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va 

moddiy  yordam  hamda  tabiiy  ofatlardan  jabrlangan  oilalarga  moddiy  yordam, 

uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda 

ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan 

pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 

2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:  



334 

–  veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish 

stantsiyalarini saqlab turish; 

–  shaharlarning  va  boshqa  aholi  punktlarining  ko‘chalarini,  shuningdek 

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;  

–  uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;  

–  aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;  

3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish 

xarajatlari;  

4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; 

5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar 

budjetlaridan  moliyalashtirilishi  nazarda  tutilgan  ayrim  tashkilotlar  va 

tadbirlarning xarajatlari. 

Budjet  resurslarini  taqsimlashda  jahon  amaliyotida  quyidagi  mezonlar  hamda 

ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi

90



–  aholi jon boshiga kura budjet resurslarining taqsimlanishi

–  iqtisodiy potentsialdan foydalanish darajasiga qarab budjet resurslarining 

taqsimlanishi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish