19-MAVZU: MAHALLIY BYUDEJTLAR
REJA:
1. Mahalliy budjetlarning mohiyati.
2. Mahalliy budjetlardagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish.
1. Mahalliy byudjetlarning mohiyati
So‘nggi o‘n yilliklar davomida bir qator mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarning hududiylashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayonlarni boshqarish
funktsiyalari tobora ko‘proq markaziy hokimiyat organlaridan hududiy boshqaruv
organlariga o‘tib bormoqda. XX asrning so‘nggi yillariga kelib butun dunyoda
davlat tuzumi va boshqaruvida demokratik tamoyillarning rivojlanishi
jadallashdi. Ko‘pgina mamlakatlarda demokratik davlat tuzumining majburiy
tarkibiy qismi – mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish bo‘lib, uning mohiyatini aholi
qatlamlarining o‘zi ular tomonidan erkin asosda saylangan vakillik organlari
orqali boshqarishi tashkil qiladi. Xududiy vakillik va ijroiya organlariga
yuklatilgan funktsiyalarni to‘laqonli bajarish uchun ular ma’lum darajada mulkiy
va moliyaviy-byudjet huquqlariga egadirlar. Bu huquqlarning amalga oshirilishi
doirasida hududiy moliyaning o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda.
Bizga ma’lumki, mahalliy moliya – O‘zbekiston Respublikasi mahalliy
ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va
oqimlari yig‘indisi bo‘lib, mahalliy xo‘jalik ehtiyojlarini normal darajada
ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni
pul mablag‘lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga
oshirish quroliga aylanib bormoqda.
Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo‘g‘inlar kiradi:
1) mahalliy byudjetlar;
2) mahalliy mahsus fondlar;
3) mahalliy korxonalar moliyasi.
Mahaliy hokimiyat organlari faoliyatining asosiy moliyaviy bazasini
mahalliy byudjetlar tashkil qiladi. Mahalliy byudjetlar milliy daromadni ko‘p
325
pog‘onali qayta taqsimlash mahsulini aholiga etkazishning muhim kanallaridan
biridir. Mahalliy byudjetlardan ma’lum darajada mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari,
hududni obodonlashtirish, keng aholi qatlamlarining normal hayotiy faoliyatini
ta’minlovchi xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa bir qator soha va tarmoqlar
xarajatlari moliyalashtiriladi.
Mamlakat byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning 50
foizidan ko‘proq qismi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy
byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda,
xususan, jamiyat ijtimoiy infratuzilmasini saqlash va rivojlantirishga
mo‘ljallangan umumdavlat mablag‘larini qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga
ega bo‘lib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |